• 7-mavzu. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI.
  • Iqtisodiyot nazariyasi




    Download 305.08 Kb.
    bet8/31
    Sana25.05.2023
    Hajmi305.08 Kb.
    #64608
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
    Bog'liq
    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
    Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
    JAVOBLAR
    1a); 2a); 3c); 4d); 5d); 6b); 7b); 8d); 9a); 10b); 11a); 12a); 13b);14b); 15d); 16b); 17b); 18b); 19c); 20a); 21c); 22b); 23d); 24b); 25c);26d); 27c); 28a); 29a); 30d); 31c); 32a); 33d); 34b); 35b); 36c); 37d);38d); 39a); 40a); 41c); 42d); 43b); 44d); 45d); 46c); 47d); 48c).
    87
    7-mavzu. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI.
    BOZOR MUVOZANATI
    1. Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashuvi
    a) muvozanat narxining o‘sishiga;
    b) taklif egri chizig‘ining chapga siljishiga;
    c) taklif egri chizig‘ining o‘ngga siljishiga;
    d) talab egri chizig‘ining o‘ngga siljishiga;
    e) talab egri chizig‘ining chapga siljishiga olib keladi.
    2. Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda
    tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq yuqori narx belgilashga
    majbur bo‘lishdi, u holda ...
    a) talab qisqaradi;
    b) talab ortadi;
    c) taklif kamayadi;
    d) taklif ortadi;
    e) talab o‘zgarmaydi.
    3. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarning xarid qilish-
    ga bo‘lgan xohishini va uning haq to‘lash qobiliyatlarini ifodalaydi?
    a) ehtiyoj;
    b) o‘zini ko‘rsatish;
    c) zaruriyat:
    d) xohish;
    e) talab.
    4. Odamlarning mahsulotlarni qo‘shimcha ravishda arzon
    sotib olishga tayyorligi, nisbatan ...
    a) o‘rnini bosish samarasida;
    b) me’yoriy naflikning pasayishida;
    c) daromad samarasida;
    d) taklif qonunida;
    e) T. Veblen samarasida to‘laroq ifodalanadi.
    5. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo‘ladi, agar...
    a) talab taklifga teng bo‘lsa;
    b) narx va foydaga teng bo‘lsa;
    c) texnologiya darajasi sekinlik bilan o‘zgarsa;
    d) talab hajmi taklif hajmiga teng bo‘lsa;
    e) tovarlar sifati talabga javob bersa.
    6. Agar tovarga taklif va talab ortsa, u holda ...
    a) tovarning umumiy miqdori ortadi;
    88
    b) narx ko‘tariladi;
    c) narx barqaror bo‘ladi;
    d) jamiyatning farovonligi oshadi;
    e) tovarlarning umumiy miqdori kamayadi.
    7. Agar tovar narxi talab egri chizig‘i bilan taklif egri chizig‘i
    kesishgan nuqtadan past bo‘lsa, u holda:
    a) ortiqcha miqdorda tovarlar hosil bo‘ladi;
    b) tovar taqchilligi yuz beradi;
    c) xom ashyo ortiqchaligi kuzatiladi;
    d) xom ashyo yetishmovchiligi kelib chiqadi;
    e) resurslar narxi ko‘tariladi.
    8. Talab va taklifning narxni tartibga solishdagi rolini tushunti-
    rish uchun misol qilib qaysi bozorni ko‘rsatish mumkin?
    a) tovar bozorini;
    b) resurslar bozorini;
    c) valyuta bozorini;
    d) har qanday bozorni;
    e) xizmatlar bozorini.
    9. Agar ikki tovar bir-birini o‘rnini bossa, u holda birining
    narxining o‘sishi...
    a) ikkinchi tovarga talabning pasayishiga;
    b) ikkinchi tovarga talabni o‘zgarmasligiga;
    c) ikkinchi tovarga talab hajmining ortishiga;
    d) ikkinchi tovarga talab hajmining pasayishiga;
    e) ikkinchi tovarga talabning ortishiga olib keladi.
    10. Tovarning narxi 1,5 ming so‘mdan 2 ming so‘mga ko‘tarildi,
    talab hajmi esa 1000 dan 900 donaga tushdi, deylik. U holda narxga
    nisbatan talab egiluvchanligi nimaga teng?
    a) 3,00;
    b) 2,71;
    c) 0,37;
    d) 0,33;
    e) 1,5.
    11. Qaysi holatda narxga nisbatan talab egiluvchanligi yuqori
    bo‘ladi?
    a) birinchi darajali zarur tovarlarga nisbatan zeb-ziynat buyumlariga;
    b) iste’molchilar mazkur tovardan eng samarali foydalanishsa;
    c) tovar ishlab chiqarish uchun muqobil xarajatlar ko‘p bo‘lsa;
    d) iste’molchiga tovar shuncha kam zarur bo‘lsa;
    89
    e) zeb-ziynat buyumlariga nisbatan eng zarur tovarlarga.
    12. Tovar taklifining qisqarishi nimaga olib keladi?
    a) o‘zaro o‘rin bosuvchi tovarlarga talabning ortishiga;
    b) agar narxga nisbatdan tovarga talab egiluvchan bo‘lsa, umumiy
    tushumning ortishiga;
    c) agar daromad bo‘yicha tovarga talab noegiluvchan bo‘lsa,
    umumiy tushumning ortishiga;
    d) bu tovarga talabning ortishiga;
    e) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlarga talabning ortishiga.
    13. Agar tovarning narxi 1 % ga tushishi unga bo‘lgan talabni
    2% ga ortishiga olib kelsa, u holda talab:
    a) noegiluvchan;
    b) egiluvchan;
    c) yagona egiluvchan;
    d) mutloq noegiluvchan;
    e) mutloq egiluvchan bo‘ladi.
    14. Agar narx 5%ga pasayishi umumiy taklif hajmining 8%ga
    qisqarishiga olib kelsa, u holda taklif:
    a) noegiluvchan;
    b) yagona egiluvchan;
    c) egiluvchan;
    d) mutloq noegiluvchan;
    e) mutloq egiluvchan.
    15. Har qanday tovar miqdori bir xil narx bo‘yicha sotilsa, u
    holda bunday tovarga talab:
    a) mutloq noegiluvchan;
    b) mutloq egiluvchan;
    c) egiluvchan;
    d) noegiluvchan;
    e) yagona egiluvchan.
    16. Taklif qonuni narxlarning o‘sishi, boshqa sharoit (omillar)
    o‘zgarmagani holda qachon namoyon bo‘ladi?
    a) taklifning o‘sishida;
    b) taklifning kamayishida;
    c) taklif hajmining o‘sishida;
    d) taklif hajmining kamayishida;
    e) taklifning o‘zgarmasligida.
    17. Talab qonuni nimalarni taqozo qiladi?
    a) taklifning talabga nisbatan ko‘pligi narxning pasayishini;
    90
    b) agar iste’molchilarning daromadi ortsa, tovarlarni ko‘proq sotib
    olishini;
    c) talab egri chizig‘ining keskin og‘ishini;
    d) tovar narxi tushganda, sotib olish rejalashtirilgan tovarlar hajmi
    ortishini;
    e) tovar narxi ko‘tarilganda taklifning kamayishini.
    18. Mahsulotning narxi tushishiga nimalar sabab bo‘lishi mumkin?
    a) xususiy tadbirkorlarga soliqlarning ortishi;
    b) iste’molchilar daromadining ortishi;
    c) bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar narxining o‘sishi;
    d) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar narxining tushishi;
    e) ishlab chiqarish resurslari narxining tushishi.
    19. Iqtisodiy hayotda shunday holat yuz berish mumkinki,
    ayrim tovarlarga narxlar o‘sishi bilan ularga bo‘lgan talab
    kamaymasdan balki ortib, boradi. Bu holat qanday nomlanadi?
    a) egiluvchanlik;
    b) Giffen samarasi;
    c) o‘rnini bosish samarasi;
    d) daromadlar samarasi;
    e) Fisher tenglamasi.
    20. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab to‘g‘ri mutanosiblikda
    o‘zgaradigan tovarlar qanday nomlanadi?
    a) o‘rnini bosuvchi tovarlar;
    b) past toifali tovarlar;
    c) oliy toifali tovarlar;
    d) nufuzli tovarlar;
    e) hayotiy zarur tovarlar.
    21. Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar qanday
    nomlanadi?
    a) o‘rnini bosuvchi tovarlar;
    b) past toifali tovarlar;
    c) oliy toifali tovarlar;
    d) nufuzli tovarlar:
    e) hayotiy zarur tovarlar.
    22. Narxning o‘zgarishi hisobiga talab qilinadigan tovarlar
    miqdorining o‘zgarishi nimani anglatadi?
    a) egiluvchanlikni;
    b) talabning narxli egiluvchanligini;
    c) talab funksiyasini;
    91
    d) talabning narxsiz egiluvchanligini;
    e) talabning vaqt omili hisobiga egiluvchanligini.
    23. Quyidagilardan qaysi biri talabning egiluvchanlik bo‘yicha
    farqlanishini anglatmaydi?
    a) qisqa davrda egiluvchanlik;
    b) uzoq davrda egiluvchanlik;
    c) kundalik iste’mol tovarlarga egiluvchanlik;
    d) uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga egiluvchanlik;
    e) ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgarishi.
    24. Talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillarga
    bog‘liqligi qanday nomlanadi?
    a) talabning narxli funksiyasi;
    b) talab egiluvchanligi;
    c) talab funksiyasi;
    d) talab o‘zgaruvchanligi;
    e) talab qonuni.
    25. Respublika aholisining iste’mol sarflari 2000-2013yillarda
    qanchaga oshgan?
    a) 6,5 barobarga;
    b) 7,0 barobarga;
    c) 8,5 barobarga;
    d) 9,5 barobarga;
    e) 7,5 barobarga;
    26. Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi-bu:
    a) narx o‘sganda talabning kamayishi;
    b) narx pasayganda talabning o‘sishi;
    c) iste’molchining narxning o‘zgarishiga nisbatan sezgirligi;
    d) talabning narxga to‘g‘ri bog‘liqligi;
    e) talabning narxga teskari bog‘liqligi;
    27. Daromadlar bo‘yicha egiluvchanlik – bu:
    a) talabning daromadlar darajasiga bog‘liqligi;
    b) tovar va xizmatlarga talab hajmi, foizdagi o‘zgarishining iste’-
    molchilar daromadlari foizli o‘zgarishiga nisbati;
    c) dastlabki va o‘zgargan daromadlar nisbati;
    d) daromadlarning o‘rtacha darajasi o‘zgarishi;
    e) tovarlar narxining daromadlar darajasiga bog‘liqligi;
    28. Normal tovarlar – bu:
    a) daromadlar o‘sganda, talab kamayadigan tovarlar;
    b) daromadlar o‘sganda, talab ham o‘sadigan tovarlar;
    92
    c) doimiy iste’mol qilinadigan tovarlar;
    d) daromadlar o‘sganda, talab o‘zgarmaydigan tovarlar;
    e) o‘rtacha daromadga ega oilalar iste’mol qiladigan tovarlar.
    29. Past toifali tovarlar – bu:
    a) daromadlar o‘sganda, talab kamayadigan tovarlar;
    b) daromadlar o‘sganda, talab ham o‘sadigan tovarlar;
    c) doimiy iste’mol qilinadigan tovarlar;
    d) daromadlar o‘sganda, talab o‘zgarmaydigan tovarlar;
    e) o‘rtacha daromadga ega oilalar iste’mol qiladigan tovarlar.
    30. Iste’molchining moliyaviy imkoniyati, ya’ni iste’molchi pul
    daromadining ma’lum miqdorida va narxning mavjud darajasida
    sotib olinishi mumkin bo‘lgan ikki tovar uyg‘unlashuvi qanday
    nomlanadi?
    a) sotib olish layoqati;
    b) byudjet chizig‘i;
    c) farqsiz egri chizig‘i;
    d) iste’molchilik muvozanati;
    e) farqsiz egri chiziqlar xaritasi.
    31. Iste’molchiga ehtiyojni qondirishning bir xil hajmini beruv-
    chi, iqtisodiy ne’matlar har xil uyg‘unlashuvini bog‘lovchi nuqtalar-
    dan hosid bo‘lgan egri chiziq qanday nomlanadi?
    a) sotib olish layoqati;
    b) byudjet chizig‘i;
    c) farqsiz egri chizig‘i;
    d) iste’molchilik muvozanati;
    e) farqsiz egri chiziqlar xaritasi.
    32. Quyidagilardan qaysi biri naflilikning har xil darajasini
    ko‘rsatadi?
    a) sotib olish layoqati;
    b) byudjet chizig‘i;
    c) farqsiz egri chizig‘i;
    d) iste’molchilik muvozanati;
    e) farqsiz egri chiziqlar xaritasi.
    33. Grafikda byudjet chizig‘i farqsizlik xaritasi joylashtirilgan-
    da quyidagilardan qaysi biri hosil bo‘ladi?
    a) sotib olish layoqati;
    b) byudjet chizig‘i;
    c) farqsiz egri chizig‘i;
    d) iste’molchilik muvozanati;
    93
    e) farqsiz egri chiziqlar xaritasi.
    34. Iste’molchining tovar va xizmatlarga talabi ularning
    daromadlari, didi va afzal ko‘rishini hisobga olib, shakllantirilish
    jarayoni – bu:
    a) iste’molchining afzal ko‘rishi;
    b) iste’molchining xulqi;
    c) iste’molchilik muvozanati;
    d) iste’molchining sotib olish layoqati;
    e) iste’molchilik byudjet chizig‘i;

    Download 305.08 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




    Download 305.08 Kb.