Iqtisodiyot nazariyasi




Download 305.08 Kb.
bet2/31
Sana25.05.2023
Hajmi305.08 Kb.
#64608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
1-mavzu. IQTISODIYOT NAZARIYASIFANINING
PREDMETI VA BILISH USULLARI
1. Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana
boshlagan?
a) kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;
b) XVII–XVIII asrlar orasida;
c) XIX asrda;
d) A.Smitning «Xalqlar boyligi...» kitobi chop etilishi bilan;
e) o‘rta asrlarda.
2. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini
ifodalaydi?
a) iqtisodiy prognozlash;
b) iqtisodiy tamoyillar majmuasi;
c) iqtisodiy jarayon va hodisalarning obyektiv xususiyatlariga va
tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib
ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;
d) iqtisodiyot va siyosatning ideal tipi bo‘lib, uni amalga oshirish
uchun zarur;
e) iqtisodiy bilish usullari.
3. Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq
miqdor bilan o‘lchash mumkin?
a) iqtisodiy kafolat;
b) iqtisodiy erkinlik;
c) to‘la bandlik;
d) daromadlarni adolatli taqsimlash;
e) ijtimoiy himoya.
4. Pozitiv iqtisodiy nazariya:
a) iqtisodiy hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligiga o‘rganadi;
b) iqtisodiy hodisalar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi;
c) iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiyalarni o‘rganadi;
d) bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi;
e) iqtisodiy tahlillarni umumlashtiradi.
5. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga
asoslansa, u holda bunday tahlil usuli:
a) bayon qilish;
b) qiyosiy tahlil;
c) tarixiy;
d) deduktiv;
5
e) induktiv hisoblanadi.
6. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida
olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:
a) normativ;
b) pozitiv;
c) ilmiy abstraktiv;
d) mikroiqtisodiy;
e) makroiqtisodiy bo‘ladi.
7. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan
iborat?
a) insonlar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi
ta’kidlangan;
b) “ehtiyoj” tushunchasi ta’riflangan va jamiyat hayotida moddiy
ehtiyojlar ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
c) musulmonlar qardoshligi g‘oyasi ilgari surilgan, mulk
muqaddasligi qayd qilingan, savdoga katta o‘rin berilgan va jamiyat
tengsizligi azaldan deb tan olingan;
d) moddiy boylik yaratishda mehnat va mehnat qurollarining o‘rni
belgilab berilgan;
e) yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.
8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va
asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) klassik burjua iqtisodiy maktabi;
d) marksistik nazariya;
e) marjinalizmda.
9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy
vositasi pul deb hisoblanadi?
a) keynschilar;
b) monetarizm;
c) institutsionalizm;
d) liberalizm;
e) yangi iqtisodiy oqimlarda.
10. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
a) ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdan;
b) siyosiy munosabatlarni o‘rganishdan;
c) iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali
6
yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;
d) huquqiy munosabatlarni o‘rganishdan;
e) tashkiliy munosabatlarni o‘rganishdan.
11. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar
jumlasiga kiradi?
a) qiymat qonuni;
b) talab qonuni;
c) taklif qonuni;
d) ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
e) yuqoridagilarning barchasi.
12. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan
asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya
tomon borishni bildiradi?
a) ilmiy abstraksiya;
b) deduksiya;
c) induksiya;
d) empirik;
e) mantiqiy usul.
13. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq
aks ettiradi?
a) mehnat vositalari va ishchi kuchi;
b) kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
c) tabiiy va inson resurslari;
d) ishlab chiqarishning moddiy omillari;
e) tabiiy omillar.
14. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan
xususiyat nimadan iborat?
a) mutlaq cheklanganlik;
b) inson mehnatining natijasi;
c) nisbatan cheklangan yoki kamyob;
d) qiymatga ega;
e) tabiat mahsuli.
15. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
a) iqtisodiy fanlar;
b) siyosiy fanlar;
c) ijtimoiy fanlar;
d) ijtimoiy-gumanitar fanlar;
e) tabiiy fanlar.
16. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi?
7
a) ijtimoiy tuzumlarni;
b) kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
c) ishlab chiqarish kuchlarini;
d) moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni;
e) kishilarning xulq-atvorini.
17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar
yaratgan?
a) merkantilistlar;
b) fiziokratlar;
c) klassik siyosiy iqtisodchilar;
d) keynschilar;
e) marjinalistlar.
18. Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
a) obyektiv;
b) subyektiv;
c) ham obyektiv, ham subyektiv;
d) huquqiy;
e) ijtimoiy.
19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning
asosiy va aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga
bo‘linishini kim asoslagan?
a) U. Petti;
b) F. Kene;
c) A. Smit;
d) K. Marks;
e) A. Tyurgo.
20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga
asoslanadi?
a) mutloq iqtisodiy miqdorlarni;
b) o‘rtacha iqtisodiy miqdorlarni;
c) keyingi (qo‘shilgan) iqtisodiy miqdorlarni;
d) nisbiy iqtisodiy miqdorlarni;
e) o‘zgaruvchan iqtisodiy miqdorlarni.
21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?
a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) taqsimlash sohasi;
d) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
e) takror ishlab chiqarish sohasi.
8
22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?
a) ayriboshlash sohasi;
b) ishlab chiqarish sohasi;
c) ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
d) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;
e) ijtimoiy sohalar.
23. F. Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u
qaysi tarmoq yoki sohada yaratiladi?
a) savdoda;
b) qishloq xo‘jaligida;
c) sanoatda;
d) ijtimoiy sohada;
e) qurilishda
24. Bozor munosabatlarigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy
qarashlarda qanday soha yoki munosabatlar ideallashtirilgan?
a) bozor munosabatlari;
b) natural-xo‘jalik sohalari;
c) savdo-sotiq bitimlari;
d) sudxo‘rlik;
e) agrar munosabatlar.
25. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?
a) Aristotel;
b) F. Akvinskiy;
c) A. Monkreten;
d) A. Smit;
e) K. Marks.
26. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai
nimaning oqibati?
a) xorijiy investitsiyalar o‘sishi;
b) importning eksportdan ortib ketishi;
c) eksportning importdan ortib ketishi;
d) investitsion faollikning ortishi;
e) iqtisodiy faollikning o‘sishi.
27. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
a) cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini
to‘laroq qondirib borish mumkinligi;
b) ekologik muammolar;
c) iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilish muammosi;
d) ishsizlik muammosi;
9
e) ijtimoiy muammolar.
28. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy
voqeylikni aks ettiradi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) deduksiya;
d) induksiya;
e) ilmiy abstraksiya.
29. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy
o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
a) normativ;
b) pozitiv;
c) ilmiy abstraksiya;
d) matematik;
e) tarixiy va mantiqiy.
30. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy
hodisa va jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy
bosqichlarida, ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi?
a) matematik va statistik;
b) ilmiy abstraksiya;
c) analiz va sintez;
d) tarixiy va mantiqiy;
e) induksiya va deduksiya.
31. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy
hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib,
o‘zaro bir-biriga ta’sirida o‘rganadi?
a) matematik va statistik;
b) analiz va sintez;
c) tarixiy va mantiqiy;
d) induksiya va deduksiya;
e) normativ va pozitiv.
32. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usulida aniq iqtisodiy
hodisa yoki jarayon tanlanib, ular guruhlashtiriladi va o‘rtacha
miqdori (darajasi) chiqariladi?
a) analiz;
b) sintez;
c) matematik;
d) statistik;
e) normativ.
10
33. Iqtisodiy tahlilda nima uchun: “Boshqa sharoitlar
o‘zgarmay qolganda” degan farazdan foydalaniladi?
a) iqtisodiy hodisa yoki jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
ko‘plab omillardan bitta asosiysini ajratib olib, ularning mohiyatini va
o‘zgarishidagi asosiy tamoyillarni ochib berish uchun;
b) iqtisodiy hodisa yoki jarayonlardagi ustuvor tamoyillarni aniqlash
uchun;
c) iqtisodiy hodisa yoki jarayonlardagi ichki nomutanosibliklarni
aniqlash uchun;
d) iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning bir-biridan farqini chiqarish
uchun;
e) iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligini
aniqlash uchun.
34. Iqtisodiy modelning ta’rifini toping:
a) iqtisodiyotning matematik o‘lchamlar orqali ifodalanishi;
b) iqtisodiyot, iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi
o‘zgarish va bog‘liqliklarning soddalashtirilgan manzarasi;
c) iqtisodiy hodisa va jarayonlarning grafik tasviri;
d) iqtisodiy kategoriyalarning ko‘rgazmali tasviri;
e) iqtisodiy qonunlarining amal qilish mexanizmi tasvirlanishi.
35. Optimallashgan iqtisodiy modelni toping:
a) yalpi talab va yalpi taklif modeli;
b) daromadlar va xarajatlar modeli;
c) iste’mol va jamg‘arma modeli;
d) doiraviy aylanishlar modeli;
e) ish haqi modeli.
36. Muvozanatlashgan iqtisodiy modelni toping:
a) daromadlar modeli;
b) xarajatlar modeli;
c) ish haqi modeli;
d) narx modeli;
e) yalpi talab va yalpi taklif modeli.
37. Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:
a) ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi;
b) iqtisodiy resurslar cheklanganligi;
c) aholi farovonligining o‘sib borishi;
d) ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;
e) ishlab chiqarishning o‘sib borishi.
38. Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol qilishga qaratilgan, bir-
biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday nomlanadi?
a) ishlab chiqarish faoliyati;
b) taqsimlash sohasidagi faoliyat;
c) ayriboshlash sohasidagi faoliyat;
d) iqtisodiy faoliyat;
e) ijtimoiy sohadagi faoliyat.
39. Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘x-
tovsiz takrorlanib turishi nimani anglatadi?
a) takror ishlab chiqarishni;
b) ishlab chiqarishni;
c) iqtisodiy o‘sishni;
d) iqtisodiy rivojlanishni;
e) iqtisodiy faoliyatni.
40. Ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan, bir me’yorda takror-
lanib turishi qanday takror ishlab chiqarishni bildiradi?
a) qisqarib boruvchi;
b) oddiy;
c) kengaytirilgan;
d) o‘sib boruvchi;
e) taqchil.
41. Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichla-
riga kirmaydi?
a) iqtisodiy faoliyat;
b) ishlab chiqarish;
c) taqsimlash;
d) ayirboshlash;
e) iste’mol.
42. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi
hamda kishilar yashash va turmush kechirishining umumiy shart-
sharoitini tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi?
a) infratuzilma;
b) ishlab chiqarish infratuzilmasi;
c) ijtimoiy infratuzilma;
d) bozor infratuzilmasi;
e) iqtisodiy infratuzilma.
43. Quyidagilardan qaysi biri infratuzilma tarkibiga kirmaydi?
a) ishlab chiqarish infratuzilmasi;
b) ijtimoiy infratuzilma;
12
c) bozor infratuzilmasi;
d) qishloq infratuzilmasi;
e) iqtisodiy tarkibiy tuzilmasi.
44. Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishning qaysi yo‘li
aholi turmush farovonligi o‘sishini cheklashga olib keladi?
a) iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirish;
b) resurslar unumdorligini oshirish;
c) resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng
samaralisini tanglash;
d) resurslarni samarali uyg‘unlashtirish;
e) jamiyat ehtiyojlarini cheklash.
45. Milloddan avvalgi davrdagi mutafakkirlar (Xamurapi, Manu,
Konfutsiy, Ksenofont, Platon, Aristotel, Varron, M.Katon, Kolumella
va boshqalar)ning iqtisodiy qarashlarida nimalar o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan?
a) tovar ishlab chiqarish va pulning vujudga kelishi;
b) raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va ishlab chiqaruvchilar
tabaqalanishi;
c) sudxo‘rlikning paydo bo‘lishi va ishlab berish rentasining qaror
topishi;
d) yaratilgan mahsulotning taqsimlanishi, boylikning vujudga
kelishi, mehnatni tashkil qilish va yerga mulkchilik masalalari;
e) dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi va hunarmand-
chilikning paydo bo‘lishi.
46. Milloddan keyingi ming yillikda Sharqning qaysi mutafakkir-
lari qarashlarida insonlarning ishlab chiqarish faoliyati, mehnat va
uning jamiyatdagi roli, tovar qiymati va iste’moli qiymati, ayirbosh-
lash jarayoni, tarixiy-ijtimoiy taraqqiyot prinsiplari kabi masalalar
alohida o‘rin tutgan?
a) Ibn Sino;
b) Farobiy;
c) Abu Rayhon Beruniy;
d) Yusuf Xos Hojib;
e) Ibn Xoldun.
47. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan kimning qarashlarida inson
ehtiyojlariga munosabat bildirilgan?
a) A.Navoiy;
b) Farobiy;
c) Ibn Sino;
13
d) Abu Rayhon Beruniy;
e) Ibn Xoldun.
48. Quyidagi mutafakkirlardan kim pulning kelib chiqish sabab-
lariga o‘z qarashlarini bayon qilgan?
a) Ibn Sino;
b) Farobiy;
c) Abu Rayhon Beruniy;
d) A. Navoiy;
e) Ibn Xoldun.
49. Jamiyatda mehnatning roli, moddiy ne’matlarning xususi-
yatlari, pul va uning vazifalari kabi masalalar qaysi mutafakkir
qarashlarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan?
a) Farobiy;
b) Yusuf Xos Hojib;
c) A. Navoiy;
d) Ibn Sino;
e) Abu Rayhon Beruniy.
50. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, davlat moliyasi, so-
liqlarni belgilash tartibi kabi masalalar qaysi alloma qarashlariga
tegishli?
a) Ibn Sino;
b) A. Navoiy;
c) Farobiy;
d) Abu Rayhon Beruniy;
e) Yusuf Xos Hojib.
51. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit
tizimi sifatida “Siyosiy iqtisod” nomi bilan mustaqil fan sifatida
qachon shakllana boshlagan?
a) XII–XIV asrlarda;
b) X–XI asrlarda;
c) XVI–XVII asrlarda;
d) XVIII–XIX asrlarda;
e) XV–XVI asrlarda.
52. “Siyosiy iqtisod” tushunchasi shakllangan grekcha “politi-
kos”, “oykos”, “nomos” so‘zlari qanday ma’noni anglatadi?
a) ijtimoiy, uy xo‘jaligi, qonun;
b) jamiyat, davlat, qonun;
c) iqtisodiy, xonadon xo‘jaligi, qonun;
d) davlat, uy, qonun;
14
e) siyosiy, oila xo‘jaligi, qonun.
53. Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda,
asosan, tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash
qaysi g‘oyaviy oqimga tegishli?
a) merkantilizmga;
b) fiziokratlarga;
c) klassik siyosiy iqtisodga;
d) marjinalizmga;
e) keynschilikga.
54. “Jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi”
degan qarash qaysi g‘oyaviy oqim vakillariga tegishli?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) marjinalizm;
d) keynschilik;
e) klassik siyosiy iqtisod.
55. Boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat,
transport, qurilish va boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalarida
yaratiladi degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga taalluqli?
a) merkantilizm;
b) klassik siyosiy iqtisod;
c) fiziokratlar;
d) marjinalizm;
e) keynschilik.
56. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani
holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya
kimga tegishli?
a) U. Petti;
b) A. Smit;
c) D. Rikardo;
d) F. Kene;
e) T. Man.
57. Talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida
bozorning o‘z-o‘zidan tartibga solishi (“ko‘rinmas qo‘l”) hamda
insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaat ekanligi
g‘oyasini kim ilgari surgan (“Odamlar boyligining tabiati va
sabablari to‘g‘risida tadqiqot” asarida)?
a) U. Petti;
b) A. Smit;
15
c) D. Rikardo;
d) Sismondi;
e) F. Kene.
58. Qiymat va foydaning hamda turli sinf daromadlarining
yagona manbai mehnat ekanligi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?
a) A. Smit;
b) U. Petti;
c) F. Kene;
d) Sismondi;
e) D. Rikardo.
59. Qaysi g‘oyaviy oqim namoyondalari kapitalizmni tanqid
qilib, xususiy mulkchilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va
iste’molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum o‘rnatish talabi bilan
chiqadi?
a) fiziokratlar (F. Kene va boshqalar);
b) merkantalistlar (V. Stafford, T. Man, A. Monkreten, Jon Lou, G.
Skaruffi va boshqalar);
c) klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti, A. Smit, D. Rikardo va
boshqalar);
d) sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Sh.Fure, R.Ouen va boshqalar);
e) marjinalistlar (K. Menger, F. fon Vizer, E. fon Bem-Baverk, U.S.
Jevons va boshqalar).
60. Qaysi g‘oyaviy oqim jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jara-
yon sifatida qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to‘g‘risidagi ta’limot-
ni va qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratgan?
a) merkantilizm;
b) fiziokratlar;
c) marksizm;
d) monetarizm;
e) marjinalizm.
61. Keyingi (qo‘shilgan) tovar nafliligi va qo‘shimcha jalb
qilingan resurs unumdorligi pasayib borishi nazariyasi qaysi
g‘oyaviy oqim vakillari tomonidan ishlab chiqilgan?
a) keynschilik;
b) monetarizm;
c) marjinalizm;
d) merkantilizm;
e) klassik maktab.
16
62. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini
cheklash g‘oyasini kim ilgari surgan?
a) M. Keyns;
b) M. Fridman;
c) D. Rikardo;
d) A. Marshall;
e) K. Menger.
63. Rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlatning yalpi talab
hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatish orqali
tartibga solib turish zarurligi g‘oyasi kimga tegishli?
a) K. Menger;
b) A. Marshall;
c) D. Rikardo;
d) M. Fridman;
e) M. Keyns.
64. Iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish
orqali amalga oshirish mumkinligini kim asoslagan?
a) A. Marshall;
b) M. Keyns;
c) L. Valras;
d) F. Xayek;
e) M. Fridman.
65. Xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga nafaqat
iqtisodiy balki noiqtisodiy omillar, jumladan, institutsional
o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko‘rsatish mumkinligi g‘oyasi qaysi
oqimga taalluqli?
a) monetarizm;
b) marjinalizm;
c) neoliberalizm;
d) institutsionalizm;
e) neoklassik.
66. Iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida
kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabatlar
qanday munosabatlar toifasiga kiradi?
a) ijtimoiy;
b) siyosiy;
c) iqtisodiy;
d) tashkiliy;
e) tashqi iqtisodiy.
17
67. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi?
a) ishlab chiqarish;
b) xizmat ko‘rsatish;
c) ayriboshlash;
d) inqiroz;
e) taqsimlash.
68. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy jarayon hisoblanadi?
a) ishsizlik;
b) inqiroz;
c) inflyatsiya;
d) ishlab chiqarish;
e) bandlik.
69. Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli
muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning
cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy muammo-
larini tadqiq qilish – bu “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining…
a) predmeti;
b) maqsadi;
c) vazifasi;
d) uslubi;
e) usuli.
70. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining quyidagi vazifalaridan qaysi
biri barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi?
a) ilmiy bilish;
b) uslubiy;
c) amaliy;
d) bashorat qilish;
e) yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
71. Xo‘jalik yuritishning oqilona usullari va asosiy qoidalarini
ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish “Iqtisodiyot nazariyasi”
fanining qaysi vazifasiga kiradi?
a) ilmiy bilish;
b) uslubiy;
c) amaliy;
d) bashorat qilish;
e) yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.
72. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takror-
lanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki
teskari ichki sabab-oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday
18
qonunning mohiyatini anglatadi?
a) iqtisodiy qonunning;
b) iqtisodiy kategoriyaning;
c) yuridik qonunning;
d) tabiat qonunining;
e) jamiyat qonunlarining.
73. Iqtisodiy qonunlarning obyektiv xarakteri nimani anglatadi?
a) ularning mavjud bo‘lishi va amal qilishi kishilarning xohish-
irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi;
b) insoniyat jamiyati mavjud bo‘lganda, amal qiladi;
c) ishlab chiqarish bo‘lganda, amal qiladi;
d) kishilarning maqsadli iqtisodiy faoliyati orqali namoyon bo‘ladi;
e) tabiat qonunlariga bog‘liq bo‘lmasligini bildiradi.
74. Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining
barcha bosqichlarida amal qiladi?
a) maxsus iqtisodiy qonunlar;
b) oraliq yoki davriy iqtisodiy qonunlar;
c) umumiy iqtisodiy qonunlar;
d) maxsus va oraliq iqtisodiy qonunlar;
e) barcha iqtisodiy qonunlar.
75. Iqtisodiy tahlilning qaysi usuli “Iqtisodiyotni bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan turli tarkibiy qism-
lardan iborat yaxlit tizim bo‘lib, unda ro‘y beradigan hodisa va ja-
rayonlar doimiy o‘zgarishda va rivojlanishda (oddiydan murak-
kablikka, quyidan yuqoriga)” deb o‘rganadi?
a) ilmiy abstraksiya;
b) dialektika;
c) induksiya;
d) deduksiya;
e) eksperiment.
76. Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha mu-
him bo‘lmagan belgilarini e’tibordan chetda qoldirib, eng asosiy bel-
gilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish
qaysi usul orqali amalga oshiriladi?
a) induksiya;
b) deduksiya;
c) normativ;
d) pozitiv;
e) ilmiy abstraksiya.
19
77. Iqtisodiyotda amalga oshirish zarur bo‘lgan islohotlar va
chora-tadbirlarni iqtisodiyotning alohida tarkibiy qismlari va bo‘-
g‘inlarida qo‘llash qanday usul mazmunini anglatadi?
a) tarixiy;
b) mantiqiy;
c) eksperiment;
d) normativ;
e) pozitiv.
78. O‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlik nima yordami-
da ko‘rgazmali tarzda tasvirlanadi?
a) diagramma;
b) grafik;
c) jadval;
d) tenglama;
e) formula.
79. Resurslar cheklanganligi muammosini to‘liq yechish mumkin:
a) agar hamma odamlar resurslarni tejashsa;
b) agar hamma ixtiyoriy ravishda o‘z ehtiyojlarini cheklasa;
c) kelajakda fan va texnika taraqqiyoti tovar ishlab chiqarishni
ko‘paytirish imkonini bersa;
d) muammoni yechib bo‘lmaydi;
e) to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yuritilsa.
80. Quyidagi keltirilgan qaysi iqtisodiy tushunchalar ishlab
chiqarish imkoniyati egri chizig‘ini ifodalaydi?
a) talab va taklif;
b) yalpi talab va yalpi taklif;
c) ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi, murosali tanlov,
muqobil qiymat;
d) mavjud ishlab chiqarish imkoniyati darajasida ehtiyojlarni
qondirishning eng yaxshi usuli;
e) iste’mol va jamg‘arma.
81. Iqtisodiyotning asosiy muammolari quyidagi javoblardan
qaysi birida berilgan?
a) nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab
chiqarish?
b) nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim ishlab
chiqaradi?
c) nima ishlab chiqariladi, qanday iste’mol qilinadi, kim ishlab
chiqaradi?
20
d) nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim iste’mol
qiladi?
e) qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish?
82. Quyidagilarning qaysi biri birgalikda qondiriladigan ehtiyoj
hisoblanadi?
a) moddiy ehtiyoj;
b) madaniy-maishiy ehtiyoj;
c) ijtimoiy ehtiyoj;
d) ma’naviy ehtiyoj;
e) mehnat ehtiyoji.
83. Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran o‘sib va tarkiban yangila-
nib borishiga nima ta’sir ko‘rsatadi?
a) aholi sonining o‘sishi, fan-texnika taraqqiyoti;
b) mehnat unumdorligi;
c) reklama va aloqa kommunikatsiyasining rivojlanishi;
d) tovar sifati;
e) mehnat intensivligi.
84. Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqla-
nadi?
a) ularning talabi va ehtiyojlari taqqoslanadi;
b) aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi;
c) aholining pul daromadlari va talablari taqqoslanadi;
d) aholining real daromadlari va ehtiyojlari taqqoslanadi;
e) aholining nominal va real daromadlari taqqoslanadi.
85. Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umu-
miy xususiyatlari nimadan iborat?
a) tarkiban bir xil;
b) cheksiz va chegarasiz;
c) miqdoriy o‘lchamga ega;
d) nisbatan cheklangan;
e) miqdoran cheklangan.
86. Jamiyat a’zolari va iqtisodiyot subyektlarining hayotiy vosi-
talar hamda iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyati – bu:
a) talab;
b) jamiyat a’zolari ehtiyoji;
c) korxona ehtiyoji;
d) davlat ehtiyoji;
e) ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoj.
87. Iqtisodiy resurslarga, iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘l-
gan zaruriyat iqtisodiyotning qaysi subyekti ehtiyojini anglatadi?
a) jamiyat a’zolari (kishilar);
b) korxona (firma);
c) davlat;
d) tarmoq;
e) hudud.
88. Quyidagi omillardan qaysi biri jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlarining o‘sib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi?
a) mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim, tarixiy, milliy
an’analar va urf-odatlar;
c) tabiiy-geografik va iqlim sharoitlari;
d) aholi sonining o‘sishi va uning ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi;
e) xalqaro iqtisodiy aloqalar, xalqaro aloqa va kommunikatsiya
tizimlarining rivojlanish holati.
89. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi?
a) kishilar ehtiyoji ortib borishini;
b) korxonalar ehtiyoji ortib borishini;
c) davlatning ehtiyoji ortib borishini;
d) jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan
takomillashib borishini;
e) ehtiyojlarning ortishi aholining tabiiy o‘sishidan tez ro‘y
berishini.
90. Quyidagi omillardan qaysi biri jamiyat ehtiyojlarining miq-
doran ortib borishiga olib keladi?
a) fan-texnika taraqqiyoti;
b) reklama;
c) aholining tabiiy o‘sishi;
d) xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi;
e) xalqaro kommunikatsiya tizimi rivojlanishi.
91. Quyidagi omillardan qaysi biri ehtiyojlarning sifat jihatdan
takomillashib borishiga olib keladi?
a) aholining tabiiy o‘sishi;
b) ishchi kuchi migratsiyasi;
c) fan-texnika taraqqiyoti va reklama;
d) aholi ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi;
e) mamlakat tabiiy va xom ashyo resurslari salohiyati ortishi.
92. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan
22
ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
a) o‘zaro uzviy;
b) teskari;
c) uzviy va teskari;
d) aks ettirmaydi;
e) ichki.
93. Ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir qiluvchi quyidagi
omillardan qaysi biri iqtisodiy inqirozlarni ham keltirib chiqaradi?
a) ishlab chiqarishning rivojlanish holati;
b) iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi;
c) jamiyatdagi mavjud hukmron munosabatlar;
d) favqulodda ro‘y bergan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizimlar
almashishi);
e) tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini va h.k.).
94. Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlar-
ning bir-birini taqozo qilishi nimani anglatadi?
a) bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqarishini;
b) barcha ehtiyojlarning o‘sib borishini;
c) bir ehtiyoj boshqa bir ehtiyojning o‘rnini bosishini;
d) bir ehtiyojning boshqa bir ehtiyojni cheklashini;
e) ehtiyojlarning cheksiz va chegarasizligini.
95. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami
va darajasini ifodalaydi?
a) umumjamiyat miqyosida yoki mamlakat darajasida qondiriladigan
ehtiyojlar;
b) moddiy ehtiyojlar;
c) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar;
d) madaniy-maishiy ehtiyojlar;
e) bevosita qondiriladigan ehtiyojlar.
96. Quyidagilardan qaysi biri ehtiyojlarning ashyoviy-buyum
vositalarida qondiriladigan turini anglatadi?
a) jamoa yoki guruh darajasida qondiriladigan ehtiyoj;
b) moddiy ehtiyojlar;
c) yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlar;
d) jamiyat darajasida qondiriladigan ehtiyojlar;
e) bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar.
97. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
a) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
b) moddiy ehtiyoj;
23
c) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
d) madaniy-maishiy ehtiyoj;
e) yakka tarzda qondiriladigan ehtiyoj.
98. Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur
vositalar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zebi-ziynat buyum-
lariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala hovli) bo‘lgan ehti-
yoj qanday nomlanadi?
a) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
b) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
c) moddiy ehtiyoj;
d) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
e) madaniy-maishiy ehtiyoj.
99. Insonning mehnat qilishga, axloqiy, ma’naviy, madaniy va
jismoniy kamol topishiga xizmat qiladigan ehtiyoj turini aniqlang:
a) moddiy ehtiyoj;
b) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
c) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
d) ijtimoiy-ma’naviy va madaniy-maishiy ehtiyoj;
e) yakka tarzda qondiriladigan ehtiyoj.
100. Kishilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qiladigan tovar va
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji qanday nomlanadi?
a) moddiy ehtiyoj;
b) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
c) madaniy-maishiy ehtiyoj;
d) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
e) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj.
101. Ishlab chiqarish maqsadlari uchun iqtisodiy resurslarga
bo‘lgan ehtiyojni aniqlang:
a) ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj;
b) madaniy-maishiy ehtiyoj;
c) moddiy ehtiyoj;
d) bevosita qondiriladigan ehtiyoj;
e) bilvosita qondiriladigan ehtiyoj.
102. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uni qondirish davriyligini
anglatadi?
a) mutloq va nisbiy;
b) minimal va maksimal;
c) qondirilishi muqarrar bo‘lgan va kechiktirib qondirilsa ham
bo‘ladigan;
24
d) joriy davrda va istiqbolda qondiriladigan;
e) birlamchi va ikkilamchi.
103. Haqiqiy iste’mol (I
h
)ning, umumiy ehtiyoj (E
u
)ga bo‘lgan
nisbati qanday ko‘rsatkichni ifodalaydi?
a) ehtiyojning mavjud darajasini;
b) ehtiyojning qondirilish darajasini;
c) aholi turmush darajasini;
d) aholi real daromadlari darajasini;
e) ehtiyojlarning o‘sish darajasini.

Download 305.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 305.08 Kb.