• 48d); 49d); 50d); 51d); 52c); 53c); 54a); 55a); 56b); 57b); 58c); 59c);60d); 61d); 62b); 63a).
  • Iqtisodiyot nazariyasi




    Download 305.08 Kb.
    bet7/31
    Sana25.05.2023
    Hajmi305.08 Kb.
    #64608
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
    Bog'liq
    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
    Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
    JAVOBLAR
    1a); 2d); 3c); 4d); 5a); 6d); 7d); 8a); 9c); 10); 11c); 12b); 13b);14b);15b); 16c); 17c); 18a); 19c); 20b); 21b); 22c); 23c); 24c);25b);226c); 27d); 28c); 29d); 30d); 31d); 32a); 33b); 34b); 35d);36c); 37c); 38c); 39c); 40c); 41c); 42d); 43b); 44d); 45a); 46b); 47c);
    48d); 49d); 50d); 51d); 52c); 53c); 54a); 55a); 56b); 57b); 58c); 59c);60d); 61d); 62b); 63a).


    6-mavzu. BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI
    VA UNING O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
    1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekiston modelining o‘ziga
    xos tomonlari qaysi tamoyillarda o‘z aksini topgan?
    a) iqtisodiyotning, siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi;
    qonunlar ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli
    ijtimoiy siyosat yuritish; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish;
    b) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi;
    erkin narxlar ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli
    ijtimoiy siyosat yuritish; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish;
    c) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; Davlat – bosh islohotchi;
    qonunlar ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida erkin narxlar
    siyosatini yuritish; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish;
    d) siyosatning iqtisodiyotdan ustuvorligi; Qonunlar ustuvorligi;
    bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosati yuritish;
    bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish;
    e) siyosatning iqtisodiyotdan ustuvorligi; Qonunlar qabul qilish
    ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat
    yuritish; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.
    2. Iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligi
    qaysi tamoyilda o‘z aksini topgan?
    a) iqtisodning siyosatdan ustuvorligida;
    b) Davlat – bosh islohotchiligida;
    c) qonunlar ustuvorligida;
    d) bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritishda;
    e) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishda.
    3. Nima sababdan O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jara-
    yonida aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berildi?
    a) ishsiz qolgan aholini daromad bilan ta’minlash maqsadida;
    b) ko‘p bolali oilalarga yordam berish maqsadida;
    c) aholi turmush darajasining haddan tashqari pasayib ketishiga
    yo‘l qo‘ymaslik uchun;
    d) bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish
    tamoyilini amalga oshirish uchun;
    e) qariyalarni inflyatsiya oqibatlaridan himoya qilish uchun.
    4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni amalga oshiruvchi bosh
    islohotchi, bu –
    a) jamoat tashkilotlari;
    76
    b) siyosiy partiyalar;
    c) kasaba uyushmalari;
    d) davlat;
    e) xotin-qizlar tashkilotlari.
    5. Prezidentimiz I.A.Karimov «Besh tamoyilning hammasi ham
    demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib
    borishda birday muhim ahamiyatga egadir, shu bilan birga …
    a) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi;
    b) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
    c) iqtisodiyotni mafkuradan batamom holi qilish ustuvorligi;
    d) bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
    e) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida
    e’tiborga loyiq. Bu yetakchi tamoyillardan biridir. U iqtisodiy
    islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xarakterini
    belgilab beradi», – deb ta’kidlaydi.
    6. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida ikkita hal
    qiluvchi vazifa birdaniga amalga oshirildi. Birinchisi, ma’muriy
    buyruqbozlik tizimi oqibatlarini yengish; tanglikka barham berish;
    iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi, respublikaning o‘ziga
    xos sharoit va xususiyatlarini hisobga olgan holda:
    a) institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish;
    b) bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;
    c) agrar islohotlarni amalga oshirish;
    d) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
    e) o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish.
    7. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning klassik yo‘li:
    a) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli, korporativ
    iqtisodiyot modeli;
    b) aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ
    iqtisodiyot modeli;
    c) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor
    iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;
    d) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor
    iqtisodiyoti modeli;
    e) sotsial bozor iqtisodiyoti modeli, aralash yoki erkin bozor
    iqtisodiyoti modeli, neoklassik modeli.
    8. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga asos qilib
    olingan tamoyillardan qaysi biri ijtimoiy muammolar keskinlashuvining
    oldini olishga qaratilgan?
    77
    a) iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish;
    b) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
    c) qonunlarning ustuvorligi;
    d) ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini oldindan amalga oshirish;
    e) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.
    9. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bos-
    qichida isloh qilishning muhim yo‘nalishini aniqlang:
    a) o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohot-
    larning qonuniy asosini mustahkamlash;
    b) aralash iqtisodiyotni shakllantirish;
    c) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish;
    d) iqtisodiyotni sanoatlashtirish;
    e) agrar islohotlarni amalga oshirish.
    10. Iqtisodiy islohotlar nima?
    a) ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
    tadbirlar;
    b) iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan
    chora-tadbirlar;
    c) siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
    tadbirlar;
    d) ma’naviy va maishiy o‘zgarishlarga qaritilgan tadbirlar;
    e) ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirkorlik.
    11. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalish-
    laridan qaysi biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitini
    vujudga keltiradi?
    a) mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
    b) boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
    c) moliya-kredit va narx-navo islohoti;
    d) agrar islohotlar;
    e) narx-navo islohoti.
    12. Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil
    qiladi?
    a) yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilish;
    b) davlat korxonalarini jamoa xo‘jaliklariga va mulkchilikning
    boshqa shakllariga aylantirish;
    c) shaxsiy tomorqalarni kengaytirish;
    d) ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish;
    e) almashlab ekishni joriy qilish.
    78
    13. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda islohotlar qachon sezilarli
    samara beradi?
    a) milliy valyuta muomalaga kiritilganda;
    b) chinakam mulkdorlar sinfi shakllanganda;
    c) mulk davlat tasarrufidan chiqarilganda;
    d) ijtimoiy himoya tizimi yaratilganda;
    e) boshqarish tizimi takomillashtirilganda.
    14. Respublikada bozor munosabatlari qaror topishining asosiy
    belgisi nimada namoyon bo‘ladi?
    a) xususiy mulkning paydo bo‘lishida;
    b) ko‘p ukladli iqtisodiy tizim va mulkdorlar sinfining shakllanishida;
    c) bozor infratuzilmasi shakllanishida;
    d) aholi daromadlarining oshishida;
    e) omilli daromadlar shakllanishida.
    15. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning qaysi tamoyili
    bozor munosabatlariga o‘tishning izchilligini ta’minlaydi?
    a) iqtisodiyotning mafkuradan ustunligi;
    b) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
    c) qonunlarga asoslanish;
    d) bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish;
    e) kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi.
    16. Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida
    qanday vazifa amalga oshirildi?
    a) ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi;
    b) kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;
    c) chek vositasida xususiylashtirish amalga oshirildi;
    d) ko‘p ukladli iqtisodiyot real shakllandi;
    e) davlat mulki aksiyadorlik mulkiga aylantirildi.
    17. Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila
    boshlandi?
    a) 1991 yildan;
    b) 1992 yildan;
    c) 1993 yildan;
    d) 1994 yildan;
    e) 1995 yildan.
    18. “Ijtimoiy bozor xo‘jaligi” tushunchasi ilk bor kim
    tomonidan ishlatilgan?
    a) Dj.M. Keyns;
    b) A. Myuller–Armak;
    79
    c) M. Fridmen;
    d) P. Samuelson;
    e) K. Menger.
    19. Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor
    iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon madaniy jihatdan rivojlangan
    bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli?
    a) rivojlanayotgan mamlakatlarga;
    b) sobiq sotsial mamlakatlarga;
    c) rivojlangan mamlakatlarga;
    d) Osiyo qit’asi mamlakatlariga;
    e) Afrika qit’asi mamlakatlariga.
    20. Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zlarining qoloq
    xo‘jaligi va an’anaviy iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi
    qanday nomlanadi?
    a) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
    b) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
    c) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
    d) Osiyo mamlakatlari yo‘li;
    e) Yevropa mamlakatlari yo‘li.
    21. Bir-biriga butunlay qarama-qarshi bo‘lgan bir iqtisodiyot-
    dan boshqasiga, ya’ni markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlik-
    ka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
    tizimiga o‘tish qaysi mamlakatlarga xos?
    a) rivojlangan mamlakatlarga;
    b) rivojlanayotgan mamlakatlarga;
    c) sobiq sotsial mamlakatlarga;
    d) Osiyo mamlakatlariga;
    e) Yevropa mamlakatlariga.
    22. Bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o‘tishda «karaxt qilib,
    davolash» usuli keng qo‘llanilib, qayta to‘ntarishlar taqozo qilinsa, u
    qaysi yo‘lga tegishli bo‘ladi?
    a) evolyutsion yo‘l;
    b) revolyutsion yo‘l;
    c) g‘arbcha yo‘l;
    d) G‘arbiy Yevropa mamlakatlari yo‘li;
    e) G‘arbiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari yo‘li.
    23. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan
    ko‘zlangan maqsad nima?
    a) bozor iqtisodiyotiga o‘tish;
    80
    b) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish;
    c) huquqiy demokratik davlat barpo qilish;
    d) fuqarolik jamiyatini qaror toptirish;
    e) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, ochiq tashqi siyosatga
    ega huquqiy demokratik davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish.
    24. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tubdan isloh etishga asos qilib
    olingan tamoyillardan qaysi biri iqtisodiyotni tartibga solishda
    davlat o‘z o‘rniga ega bo‘lib qolishini anglatadi?
    a) iqtisodiyotni mafkuradan ustunligi;
    b) davlat bosh islohotchi bo‘lishi;
    c) qonunlarning ustuvorligini ta’minlash;
    d) kuchli ijtimoiy himoya chora-tadbirlarini qo‘llash;
    e) bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
    25. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bos-
    qichida qaysi vazifalarni birdaniga hal qilishni maqsad qilib qo‘ydi?
    a) totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham
    berishni;
    b) tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirishni;
    c) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor munosabatlarining negiz-
    larini shakllantirishni;
    d) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, davlat mulkini xususiylash-
    tirishni;
    e) bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish, ko‘p ukladli
    iqtisodiyot asoslarini shakllantirishni.
    26. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida isloh qilish
    yo‘nalishlaridan qaysi biri bevosita jahon bozoriga kirib borishni
    ta’minlaydi?
    a) iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini barpo etish;
    b) davlat mulkini xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodiyot
    asoslarini shakllantirish;
    c) institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshqaruvning
    ma’muriy buyruqbozlik tizimini tugatish;
    d) narxlarni erkinlashtirish va bozor infratuzilmasini shakllantirish;
    e) tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va jahon iqtisodiy
    hamjamiyatiga qo‘shilish.
    27. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustuvor yo‘nalishlari-
    dan qaysi biri iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratiladi?
    a) xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish;
    b) raqobatchilik muhitini shakllantirish;
    81
    c) makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
    d) milliy valyuta qadrini oshirish;
    e) chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish.
    28. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining shakllantirishga
    qaratilgan chora-tadbirlar qanday islohotlarni anglatadi?
    a) iqtisodiy islohotlar;
    b) ijtimoiy islohotlar;
    c) siyosiy islohotlar;
    d) ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar;
    e) muassasaviy islohotlar.
    29. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
    asosiy yo‘nalishlaridan qaysi biri iqtisodiyotning real sektorida tub
    o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi?
    a) agrar islohotlar;
    b) moliya-kredit va narx-navo islohotlari;
    c) boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
    d) tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
    e) ijtimoiy islohotlar.
    30. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustuvorlik
    berilishining sabablaridan qaysi biri moliyaviy barqarorlikni
    ta’minlashga ham ta’sir ko‘rsatadi?
    a) iqtisodiyotda agrar soha ustunlikka egaligi, aholining ko‘pchiligi
    qishloq xo‘jaligida bandligi;
    b) iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan agrar tarmoqning ahvoliga
    bog‘liqligi;
    c) ko‘pgina sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari bevosita
    qishloq xo‘jaligiga bog‘liqligi;
    d) tarmoq mahsulotlari valyuta resurslari, mamlakatlar uchun zarur
    mahsulotlar, texnika va texnologik uskunalarni chetdan sotib olish uchun
    moliyaviy ta’minlash manbai ekanligi;
    e) qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi
    ahamiyati ortib borishi.
    31. Respublikada amalga oshirilgan agrar islohotlarning asosiy
    yo‘nalishlaridan qaysi biri ayni vaqtda qishloq aholisi turmush
    farovonligini o‘stirishga ham xizmat qiladi?
    a) yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilish;
    b) davlat qishloq xo‘jalik korxonalarini mulkchilikning boshqa
    shakllariga asoslangan xo‘jaliklarga aylantirish;
    c) shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, sug‘oriladigan yerlarni
    82
    dehqon xo‘jaligi, bog‘, dala hovli va uchastkalarga ajratish;
    d) tarmoqda band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini bo‘shatib olish va
    ularni boshqa tarmoqlarga jalb qilish;
    e) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish.
    32. Moliya-kredit sohasini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari-
    dan qaysi biri ayni vaqtda davlat qarzlarini kamaytirib borishga
    ham imkon beradi?
    a) davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish;
    b) dotatsiya va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish;
    c) iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsion kreditlardan keng foyda-
    lanish;
    d) banklar mustaqilligi va pul muomalasi uchun javobgarlikni oshirish;
    e) ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish.
    33. Narxlarni isloh qilishning qaysi yo‘nalishi turli tarmoq mah-
    sulotlari narxlari o‘rtasidagi mutanosiblikka erishishga olib keladi?
    a) narxlarni erkinlashtirish;
    b) davlat xarid narxlari doirasini qisqartirish;
    c) ichki narxlarni jahon narxlariga muvofiqlashtirib borish;
    d) narxlar bilan aholi va korxona daromadlari o‘rtasidagi
    mutanosiblikka erishish;
    e) xom ashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari bilan ishlab
    beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar mahsuloti narxlari o‘rtasidagi
    nomutanosiblikka barxam berish.
    34. Qaysi yilda keng doiradagi investitsion tovarlar, ayrim tur
    iste’mol mollari, bajarilgan ish va xizmatlarning kelishilgan
    narxlariga o‘tildi?
    a) 1991 y;
    b) 1992 y;
    c) 1993 y;
    d) 1994 y;
    e) 1995 y.
    35. Qaysi davrda aholini himoyalash maqsadida cheklangan
    doirada oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi
    belgilab qo‘yildi?
    a) 1991 y;
    b) 1992 y;
    c) 1993 y;
    d) 1994 y;
    e) 1995 y.
    83
    36. Qaysi davrda kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomoni-
    dan tartibga solish to‘lig‘icha to‘xtatildi?
    a) 1991 y;
    b) 1992 y;
    c) 1993 y;
    d) 1994 y;
    e) 1995 y.
    37. Qaysi yilda keng iste’mol tovarlari asosiy turlarining
    narxlari erkin qo‘yib yuborildi?
    a) 1991 y;
    b) 1992 y;
    c) 1993 y;
    d) 1994 y;
    e) 1995 y.
    38. Respublikada boshqarish tizimini isloh qilishga tegishli
    bo‘lmagan yo‘nalishni toping:
    a) ko‘plab ma’muriy tuzilmalar o‘rniga yangi boshqarish
    bo‘g‘inlari shakllantirildi;
    b) Davlat soliq va Bojxona qo‘mitalari tuzildi;
    c) Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
    qo‘mitasi tuzildi;
    d) tarmoq vazirliklari uyushmalar, konsernlar, korporatsiya va
    boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi;
    e) Davlat mulki mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi.
    39. Respublikada bozor infratuzilmasini vujudga keltirishning
    qaysi yo‘nalishi brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vosita-
    chi firmalar paydo bo‘lishiga olib kelgan?
    a) mehnat, tovar, xom ashyo birjasi tizimini rivojlantirish;
    b) kapital bozorini vujudga keltirish;
    c) auditorlik xizmati tizimini shakllantirish ;
    d) yuridik xizmatni yo‘lga qo‘yish;
    e) konsalting firmalar tizimini qaror toptirish.
    40. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
    tadbirlardan qaysi biri iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
    barcha davrida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi?
    a) daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam
    oshirib borish;
    b) ichki iste’mol bozorini himoya qilish;
    c) oziq-ovqat va sanoat tovarlari asosiy turlari iste’molini muayyan
    84
    darajada saqlab turish;
    d) aholining kam ta’minlangan tabaqalarini yalpi ijtimoiy himoyalash;
    e) aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini aniq yo‘naltiril-
    gan tarzda qo‘llab-quvvatlash.
    41. Makroiqtisodiyot darajasida muvozanatlikni ta’minlash,
    ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlik, pul
    qadrsizlanishining oldini olish hamda to‘lov balansini bir me’yorda
    saqlashga qaratilgan siyosat qanday nomlanadi?
    a) monetar siyosat;
    b) fiskal siyosat;
    c) makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati;
    d) ijtimoiy-siyosiy siyosat;
    e) ijtimoiy-iqtisodiy siyosat.
    42. Quyidagilardan qaysi biri makroiqtisodiy barqarorlashtiri-
    sh siyosati tarkibiga kirmaydi?
    a) makroiqtisodiyot darajasida muvozanatni ta’minlash;
    b) ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka
    yo‘l qo‘ymaslik;
    c) pul qadrsizlanishining oldini olish;
    d) to‘lov balansini bir me’yorda saqlash;
    e) pul-kredit siyosati.
    43. Barqarorlashtirish siyosatida pulning qadrsizlanish daraja-
    sini pasaytirib turishga, pul massasi va to‘lovga qodir bo‘lgan jami
    talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlash-
    tirishga qaratilgan yondashuv qanday nomlanadi?
    a) fiskal yondashuv;
    b) monetar yondashuv;
    c) iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan yondashuv;
    d) tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan yondashuv;
    e) ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan yondashuv.
    44. Barqarorlashtirish siyosatida monetar yondashuvning kam-
    chiligi nimadan iborat?
    a) pulning qadrsizlanishi darajasini ushlab turadi;
    b) pul massasini kamaytiradi;
    c) pul muomalasini barqarorlashtiradi;
    d) ishlab chiqarish hajmi kamayishiga va investitsion faollik
    susayishiga olib keladi;
    e) pulning xufyona aylanishini qisqartiradi.
    45. O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning
    85
    asosiy mezonlaridan qaysi biri aholini real daromadi o‘sishiga
    xizmat qiladi?
    a) ishlab chiqarish hajmi qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik;
    b) ustuvor tarmoqlarda ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun qulay
    sharoitlarni vujudga keltirish;
    c) davlat byudjeti bilan korxonalar moliyaviy ahvoli barqarorligini
    ta’minlash;
    d) pulning qadrsizlanishini to‘xtatish;
    e) to‘lov balansi va davlat valyuta zaxiralarining holatini yaxshilash.
    46. O‘zbekistonda o‘tish davrida milliy valyuta barqarorligini
    ta’minlash vazifalaridan qaysi biri o‘zida tejamkorlik tamoyillarini
    ifodalaydi?
    a) milliy valyutaning tovarlar bilan barqaror ta’minlanishiga erishish;
    b) yetarlicha barqaror valyuta zaxiralariga ega bo‘lish;
    c) ishlab topilgan har bir so‘mni qadrlash;
    d) iqtisodiyotga sarflangan har bir so‘mning foyda bilan qaytishiga
    erishish;
    e) inflatsiyaga qarshi puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazish.
    47. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashti-
    rishning qaysi vazifasi mamlakatning xalqaro hamjamiyatda
    iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga qaratiladi?
    a) xo‘jalik yurituvchi subyektlar erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini
    oshirish;
    b) amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;
    c) xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun shart-sharoit, kafolat va
    iqtisodiy omillarni kuchaytirish;
    d) mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish va jahon iqtisodiy
    tizimiga integratsiyasini ta’minlash;
    e) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda
    ustuvor o‘rin olishiga erishish.
    48. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va
    fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan
    qaysi biri iqtisodiyot sohasiga tegishli?
    a) mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlab
    borish;
    b) mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatning hududiy
    yaxlitligini, tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash;
    c) bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilma-
    sini yaratish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etib borish;
    86
    d) sud-huquq sohasini isloh qilishni davom ettirish;
    e) kuchli ijtimoiy siyosat olib borish.

    Download 305.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




    Download 305.08 Kb.