• 3-mavzu. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA
  • JAVOBLAR 1c); 2d); 3a); 4d); 5c); 6a); 7a); 8c); 9a); 10d); 11d); 12d); 13d)




    Download 305.08 Kb.
    bet4/31
    Sana25.05.2023
    Hajmi305.08 Kb.
    #64608
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
    Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot
    JAVOBLAR
    1c); 2d); 3a); 4d); 5c); 6a); 7a); 8c); 9a); 10d); 11d); 12d); 13d);
    14d); 15c); 16d); 17d); 18b); 19c); 20c); 21b); 22b); 23b); 24d); 25c);
    26b); 27b); 28b); 29d); 30d); 31a); 32b); 33c); 34c); 35d); 36c); 37c);
    38b); 39c); 40c); 41b); 42c) 43d); 44b); 45d); 46b); 47d); 48a); 49b).
    35
    3-mavzu. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA
    MULKCHILIK MUNOSABATLARI
    1. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomo-
    nidan yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
    a) markazdan boshqariladigan iqtisodiyot;
    b) bozor iqtisodiyoti;
    c) natural xo‘jalik;
    d) aralash iqtisodiyot;
    e) an’anaviy iqtisodiyot hisoblanadi.
    2. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechi-
    ladi?
    a) to‘la bandlikni qanday ta’minlash mumkin?
    b) nima va qancha ishlab chiqarish zarur?
    c) inflyatsiyadan qanday qutulish mumkin?
    d) iqtisodiy o‘sishni qanday rag‘batlantirish mumkin?
    e) yalpi daromad va yalpi xarajatlarni qanday muvozanatga
    keltirish mumkin?
    3. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi
    kim?
    a) Alfred Marshall;
    b) Uolter Rostou;
    c) Ronald Kouz;
    d) Artur Pigu;
    e) Karl Marks.
    4. Sivilizatsion yondashuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bos-
    qichga bo‘linib, u quyidagilardan iborat:
    a) o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, industrial
    jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati, kommunistik jamiyat;
    b) an’anaviy jamiyat, industrial jamiyatga o‘tish, feodalizm,
    industrial jamiyat, kommunistik jamiyat;
    c) an’anaviy jamiyat, quldorlik, industrial jamiyatga o‘tish,
    industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
    d) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga
    o‘tish, industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati;
    e) an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, kommunistik jamiyat,
    industrial jamiyat, ommaviy iste’mol jamiyati.
    5. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablari
    formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?
    36
    a) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab
    chiqarish munosabatlarining mos kelishi;
    b) ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi;
    c) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqa-
    rish munosabatlarining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat;
    d) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ustqurmaning
    mos kelmasligi;
    e) ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash orqali.
    6. Iqtisodiy tizim nima?
    a) jamiyatning asosiy yo‘nalishi;
    b) ishlab chiqarishni tashkil etish shakli;
    c) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosi;
    d) ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir;
    e) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
    7. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
    a) ishlab chiqarishni reja asosida yurgazishga asoslangan;
    b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga
    asoslangan;
    c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va
    iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan;
    d) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida
    tashkil etishga qaratilgan;
    e) ishlab chiqarish xususiy mulk asosida tashkil qilinadigan.
    8. Aralash iqtisodiyot nima?
    a) turli mulk shakllariga va ularning teng huquqligiga asoslangan
    iqtisodiyot;
    b) ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot;
    c) xususiy va jamoa mulkiga asoslangan iqtisodiyot;
    d) buyruqli va bozor iqtisodiyoti qo‘shilishi natijasida vujudga
    kelgan iqtisodiyot;
    e) an’ana va udumlarga asoslangan iqtisodiyot.
    9. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning
    ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi?
    a) buyruqli iqtisodiyotda;
    b) sof kapitalizmda;
    c) aralash iqtisodiyotda;
    d) an’anaviy iqtisodiyotda;
    e) yuqoridagilarning barchasida.
    37
    10. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari
    qaysi tizimga aloqador?
    a) faqat totalitar tizimlarga yoki markazlashgan rejalashtirish
    hukmron bo‘lgan jamiyatlarga;
    b) faqat bozor iqtisodiyotiga;
    c) faqat an’anaviy iqtisodiyotga;
    d) sotsial-iqtisodiy va siyosiy tashkil qilinishidan qat’iy nazar, har
    qanday jamiyatga;
    e) aralash iqtisodiyotga.
    11. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari,
    xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro
    uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
    a) iqtisodiyot;
    b) iqtisodiy tizim;
    c) iqtisodiy tizim modeli;
    d) jamiyat;
    e) xo‘jalik.
    12. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri
    uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
    a) iqtisodiy munosabatlar;
    b) texnologiya;
    c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari;
    d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;
    e) iqtisodiy siyosat.
    13. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi
    ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
    a) iqtisodiy munosabatlarni;
    b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
    c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
    d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
    e) iqtisodiy tizimni.
    14. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti,
    uning ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning
    to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan
    munosabatlarni toping:
    a) ishlab chiqarish munosabatlari;
    b) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
    c) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
    d) ijtimoiy munosabatlar;
    38
    e) siyosiy munosabatlar.
    15. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
    ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan
    munosabatlar qanday nomlanadi?
    a) tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar;
    b) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar;
    c) ishlab chiqarish munosabatlari;
    d) ijtimoiy munosabatlar;
    e) siyosiy munosabatlar.
    16. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqa-
    ruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi
    nimani tashkil qiladi?
    a) ishlab chiqarish vositalarini;
    b) ishlab chiqarish usulini;
    c) jamiyat ustqurmasini;
    d) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani;
    e) iqtisodiy tizimni.
    17. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma
    birgalikda nima deb ataladi?
    a) iqtisodiy tizim;
    b) xo‘jalik yuritish shakli;
    c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya;
    d) milliy xo‘jalik;
    e) iqtisodiyot.
    18. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir
    usullari qanday nomlanadi?
    a) ixtisoslashish;
    b) kooperatsiya;
    c) texnologiya;
    d) integratsiya;
    e) mehnat taqsimoti.
    19. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror
    ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishga qaratilgan chora-
    tadbirlari qanday siyosatni anglatadi?
    a) ijtimoiy siyosat;
    b) iqtisodiy siyosat;
    c) ijtimoiy–iqtisodiy siyosat;
    d) daromadlar siyosati;
    e) moliyaviy siyosat.
    39
    20. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uy-
    g‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli
    bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
    a) ibtidoiy jamoa;
    b) bozor iqtisodiyoti;
    c) industrial jamiyat;
    d) ommaviy iste’mol jamiyati;
    e) neolitik jamiyat.
    21. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘-
    yicha turkumlangan turini aniqlang:
    a) buyruqli iqtisodiyot;
    b) feodalizm;
    c) oddiy kooperatsiyaga asoslangan iqtisodiy tizim;
    d) toindustrial jamiyat;
    e) ommaviy iste’mol jamiyati.
    22. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga keli-
    shi va rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
    a) an’anaviy iqtisodiyot;
    b) feodalizm;
    c) industrial jamiyat;
    d) ommaviy iste’mol jamiyati;
    e) antik-temir asri.
    23. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga
    ko‘ra turkumlangan turini aniqlang:
    a) aralash iqtisodiyot;
    b) kapitalizm;
    c) manifakturaga asoslangan iqtisodiy tizim;
    d) o‘tkinchi jamiyat;
    e) neolitik jamiyat.
    24. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniq-
    lang:
    a) bozor iqtisodiyoti;
    b) quldorlik;
    c) industrial jamiyat;
    d) o‘tkinchi jamiyat;
    e) poliiqtisodiyot.
    25. Iqtisodiy tizimning jamiyatning siklli rivojlanish sivilizatsi-
    yasi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:

    1. buyruqli iqtisodiyot;

    2. 40

    b) feodalizm;
    c) ommaviy iste’mol jamiyati;
    d) monoiqtisodiyot;
    e) neolitik.
    26. Iqtisodiy tizimning amal qilish darajasiga ko‘ra turkum-
    langan turini aniqlang:
    a) buyruqli iqtisodiyot;
    b) feodalizm;
    c) o‘tkinchi jamiyat;
    d) neolitik;
    e) makroiqtisodiyot.
    27. Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axbo-
    rotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish birgalikda nimani tashkil
    qiladi?
    a) ishlab chiqarish usulini;
    b) texnologik usulni;
    c) formatsiyani;
    d) iqtisodiy tizimni;
    e) ishlab chiqarish vositalarini.
    28. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni ba-
    jaruvchilar mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi
    qanday nomlanadi?
    a) oddiy kooperatsiya;
    b) manifaktura;
    c) mashinalashgan ishlab chiqarish;
    d) natural xo‘jalik;
    e) ixtisoslashish.
    29. Manifakturaga uyushgan xodimlar mehnatiga mashinalar-
    ning joriy qilinishi natijasida qanday ishlab chiqarish vujudga
    keladi?
    a) oddiy kooperatsiya;
    b) manifaktura;
    c) mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish;
    d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
    e) ijtimoiy ishlab chiqarish.
    30. Oddiy kooperatsiyaga birlashgan ishlab chiqaruvchilar o‘r-
    tasida mehnat taqsimoti joriy qilinishi qanday nomlanadi?
    a) oddiy kooperatsiya;
    b) ixtisoslashish;
    41
    c) manufaktura;
    d) mashinalashgan ishlab chiqarish;
    e) natural ishlab chiqarish.
    31. Toindustrial (industriallashgan davrgacha mavjud bo‘lgan)
    jamiyatning quyidagi belgilaridan qaysisi tovar–pul munosabatlari
    mavjud bo‘lishini cheklaydi?
    a) aholining asosan qishloq xo‘jaligida bandligi;
    b) qo‘l mehnatining ustuvorligi;
    c) mehnat taqsimoti sayozligi;
    d) natural xo‘jalik hukmronligi;
    e) barter ayriboshlash o‘z o‘rniga ega bo‘lishi.
    32. Industriallashgan jamiyatning qaysi belgisi urbanizatsiya
    jarayonlarini kuchaytiradi?
    a) ishlab chiqarishning mashinalarga asoslanganligi;
    b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi;
    c) shahar aholisining nisbatan tezroq ko‘payishi;
    d) mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
    e) tovar xo‘jaligi ustuvorligi.
    33. Yuqori darajada industriallashgan (postindustrial) jamiyat-
    ning qaysi belgisi resurslarni tejash imkonini beradi?
    a) xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori darajada rivojlanganligi;
    b) bandlikning asosiy qismi (60-70%)ning xizmat ko‘rsatish
    sohalariga to‘g‘ri kelishi;
    c) iqtisodiyotda kompyuter va yangi informatsion texnologiyalar
    keng qo‘llanilishi;
    d) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib borishi;
    e) yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi.
    34. An’anaviy jamiyatning qaysi belgisi monopoliyalar hukm-
    ronligini ta’minlaydi?
    a) qishloq xo‘jaligi ustuvorlikka egaligi;
    b) ishlab chiqarish yirik yer egalari hukmronligiga asoslanganligi;
    c) mehnat qurollari oddiy yoki primitivligi;
    d) mehnat unumdorligi nihoyatda pastligi;
    e) barter ayriboshlash ustuvorligi.
    35. O‘tkinchi jamiyatning qaysi belgisi investitsion faollikka be-
    vosita ta’sir ko‘rsatadi?
    a) markazlashgan davlat qaror topishi;
    b) mehnat taqsimoti chuqurlashishi;
    c) hunarmandchilikning vujudga kelishi;
    42
    d) tadbirkorlik shakllari rivojlana boshlashi;
    e) iqtisodiy jamg‘arish jarayoni boshlanishi.
    36. Industrial jamiyatga o‘tishning qaysi belgisi iqtisodiyot sa-
    noat tarmog‘ining favqulodda tez o‘sishiga olib keladi?
    a) mehnat qurollari takomillashishi;
    b) sanoat to‘ntarishi yuz berishi;
    c) mehnat unumdorligi o‘sishi;
    d) ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlana boshlashi;
    e) jamg‘arishning nisbatan tezroq o‘sib borishi.
    37. Industrial jamiyatning qaysi belgisi sanoatda mashinalash-
    gan ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlaydi?
    a) yirik mashinalashgan ishlab chiqarish qaror topishi;
    b) og‘ir sanoatning rivojlanishi;
    c) urbanizatsiya jarayoni kuchayishi;
    d) jamg‘arishning jadal borishi;
    e) mehnat unumdorligi tez o‘sishi.
    38. Ommaviy iste’mol jamiyatining qaysi belgisi faqat ungagina
    xos emas?
    a) keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ustuvorlikka ega bo‘ladi;
    b) xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi;
    c) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
    ustuvor o‘rin egallay boradi;
    d) iste’mol tovarlari bozori rivojlanadi;
    e) yalpi talabda shaxsiy iste’mol o‘sib boradi.
    39. Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiq-
    tisodiyotni nisbatan to‘liq ifodalamaydi?
    a) sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyoti;
    b) quldorlik jamiyati;
    c) feodalizm;
    d) sof kapitalizm;
    e) aralash iqtisodiyot.
    40. Alohida mulk shakli ustuvorligi inkor qiladigan va turli–
    tuman mulk shakllariga asoslangan iqtisodiy tizim qanday nom-
    lanadi?
    a) monoiqtisodiyot;
    b) poliiqtisodiyot;
    c) mikroiqtisodiyot;
    d) makroiqtisodiyot;
    e) mezoiqtisodiyot.
    43
    41. Davlat mulki ustuvorlikka ega bo‘lgan hamda iqtisodiy
    jarayonlar bir markazdan turib boshqariladigan va uyg‘unlash-
    tiriladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
    a) an’anaviy iqtisodiyot;
    b) aralash iqtisodiyot;
    c) bozor iqtisodiyoti;
    d) buyruqli iqtisodiyot;
    e) super makroiqtisodiyot.
    42. Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jara-
    yonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadigan iqtisodiyot
    qanday nomlanadi?
    a) buyruqli iqtisodiyot;
    b) bozor iqtisodiyoti;
    c) aralash iqtisodiyot;
    d) an’anaviy iqtisodiyot;
    e) makroiqtisodiyot.
    43. Mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo‘lgan va
    iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomonidan
    ham tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nom bilan ataladi?
    a) buyruqli iqtisodiyot;
    b) bozor iqtisodiyoti;
    c) aralash iqtisodiyot;
    d) an’anaviy iqtisodiyot;
    e) makroiqtisodiyot.
    44. Mulkchilik munosabatlarida merosxo‘rlik va sulolalar mav-
    qei hukmron bo‘lgan, iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar,
    an’analar va turli tartiblar (ijtimoiy, diniy) yordamida boshqa-
    riladigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?
    a) buyruqli iqtisodiyot;
    b) bozor iqtisodiyoti;
    c) aralash iqtisodiyot;
    d) an’anaviy iqtisodiyot;
    e) mikroiqtisodiyot.
    45. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qaysi mulk
    shakli eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi?
    a) aksionerlik jamiyati;
    b) kooperativ;
    c) xususiy mulk;
    d) jamoa;
    44
    e) qo‘shma korxonalar.
    46. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari
    qanday o‘zlashtiriladi?
    a) resurslar kimning mulki ekanligiga ko‘ra;
    b) mehnat omili tomonidan;
    c) moddiy resurs egalari tomonidan;
    d) menejerlar tomonidan;
    e) davlat tomonidan.
    47. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
    a) davlat mulkini fuqarolarga sotish;
    b) davlat mulkini imtiyozli bo‘lib berish;
    c) davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish
    shakllariga aylantirish;
    d) davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish;
    e) davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish.
    48. Manfaatlarning bir tomondan obyektivligiga sabab ...
    a) har bir kishining inson sifatida ehtiyoji mavjudligi;
    b) ehtiyojlarning obyektivligi va uni qondirish zaruriyati;
    c) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning umumiyligi;
    d) kishilarning manfaati mos kelishi zaruriyati;
    e) shaxsiy, guruh, umumjamiyat manfaatlari mavjudligi.
    49. Manfaatlarning subyektivligiga sabab...
    a) insonning shaxs, mulk egasi sifatida manfaatlari mavjudligi;
    b) insonlar uchun umumbashariy qadriyatlarning mavjudligi;
    c) subyektning shaxsiy, oila, jamoa, jamiyat manfaatlarini mujas-
    samlashtirishi;
    d) manfaat doimo ikki subyektga tegishli;
    e) manfaat har bir insonning o‘zida mujassamlashgan.
    50. Aksionerlik jamiyatida mulk egalari kim?
    a) jamiyatning prezidenti;
    b) boshqaruv a’zolari;
    c) nazorat kengashi;
    d) aksionerlar;
    e) ijrochi direktor va menejerlar.
    51. Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik
    mavqeini ta’minlaydi?
    a) mulkka egalik qilish;
    b) mulkdan foydalanish;
    c) mulkni tasarruf qilish;
    45
    d) mulkni ijaraga berish;
    e) yuqoridagilarning barchasi.
    52. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday?
    a) mulkchilik – boylik manbai;
    b) mulkchilik – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar
    o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakterini belgilaydi;
    c) mulkchilik mulkka egalik munosabatini ifodalaydi;
    d) iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi;
    e) o‘ringa ega emas.
    53. Manfaatlar tizimi nima?
    a) ishlab chiqaruvchining manfaati;
    b) iste’molchining manfaati;
    c) shaxsiy, jamoa va davlat manfaati;
    d) iqtisodiy manfaat;
    e) oilaviy manfaat.
    54. Mulkning qaysi obyekti bevosita shaxsiy iste’mol qilinishi
    mumkin?
    a) ishlab chiqarish vositalari;
    b) tabiiy boyliklar;
    c) insonning mehnat qilish qobiliyati-ishchi kuchi;
    d) iste’mol tovarlari va xizmatlar;
    e) mehnat ashyolari.
    55. Quyidagilardan qaysi biri mulk subyekti tushunchasining
    mazmunini to‘laroq xarakterlaydi?
    a) mulk obyektini o‘zlashtiruvchilar;
    b) mulkdan foydalanuvchilar;
    c) mulkiy munosabat ishtirokchilari;
    d) ishlab chiqaruvchilar;
    e) iste’molchilar.
    56. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida Respublika iqtisodi-
    yotining negizini qanday mulk tashkil qiladi?
    a) davlat mulki;
    b) jamoa mulki;
    c) aralash mulk;
    d) xilma-xil mulk;
    e) chet elliklar mulki.
    57. Mulkning quyidagi shakllaridan qaysi biri alohida olingan
    mulk obyekti va uning natijalari turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashti-
    rilishini bildiradi?
    46
    a) xususiy;
    b) shaxsiy;
    c) jamoa;
    d) aralash;
    e) davlat.
    58. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning qaysi yo‘li erkin
    tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishni ko‘zda tutadi?
    a) hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
    b) jamoa mulkiga aylantirish;
    c) ijaraga berish;
    d) xususiylashtirish;
    e) chet elliklarga sotish.
    59. O‘zbekistonda xususiylashtirishga yondashishning muhim
    xususiyati nimadan iborat?
    a) dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi;
    b) adresli yo‘naltirilganligi;
    c) chet el tajribasi bo‘yicha;
    d) vaucher orqali;
    e) to‘lovliligi.
    60. Mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi
    va yaratilgan boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli mulkchi-
    likning qaysi jihatini tashkil qiladi?
    a) egalik qilish;
    b) foydalanish;
    c) tasarruf etish;
    d) foydalanish va tasarruf etish;
    e) egalik qilish va foydalanish.
    61. Daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida
    mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda
    qo‘llanilishi uning qaysi jihatini tashkil etadi?
    a) egalik qilish;
    b) foydalanish;
    c) tasarruf etish;
    d) o‘zlashtirish;
    e) ijaraga berish.
    62. Mulk obyektlarini sotish, meros qoldirish, hadya qilish,
    ijaraga berish kabi yo‘llar bilan uning taqdirini mustaqil hal qilish
    mulkchilikning qaysi jihatini tashkil qiladi?
    a) egalik qilish;
    47
    b) foydalanish;
    c) tasarruf etish;
    d) o‘zlashtirish;
    e) ijaraga berish.
    63. Mulkdor o‘z mol-mulkidan ishlab chiqarish jarayonida foy-
    dalanish orqali daromad olsa yoki bu mulk uning shaxsiy iste’molini
    qondirishga xizmat qilsa, u qanday kategoriya sifatida chiqadi?
    a) iqtisodiy;
    b) huquqiy;
    c) ijtimoiy;
    d) iqtisodiy, huquqiy;
    e) ijtimoiy, huquqiy.
    64. Mulk tadbirkorlik faoliyatining biror bir turi orqali ro‘yob-
    ga chiqarilmasa, ya’ni iqtisodiy faoliyatda foydalanilmasa, bunda u
    qanday kategoriya sifatida qoladi?
    a) iqtisodiy;
    b) huquqiy;
    c) ijtimoiy;
    d) iqtisodiy, huquqiy;
    e) ijtimoiy, huquqiy.
    65. Quyidagilardan qaysi biri mulkchilikning huquqiy me’yor-
    larini aks ettirmaydi?
    a) ishlab chiqarish vositalariga egalik;
    b) yaratilgan ne’matlarning muayyan shaxslarga tegishli ekanligi;
    c) mulk egalarining qonun bilan himoyalanadigan vakolatlari;
    d) mol-mulkni himoya qilish usullari;
    e) mol-mulkdan iqtisodiy faoliyatda foydalanish.
    66. Mulkchilik mehnatga majbur qilish yo‘li bilan ro‘yobga
    chiqarilsa, xususiy mulkning qanday turi mavjud bo‘ladi?
    a) quldor yoki feodal;
    b) mayda tovar ishlab chiqaruvchi;
    c) korporativ;
    d) kapitalistik;
    e) sotsialistik.
    67. Mulkchilikni ro‘yobga chiqarish mulkdorning o‘z mehnati
    yordamida amalga oshirilsa qanday turdagi xususiy mulk paydo
    bo‘ladi?
    a) quldor;
    b) feodal;
    48
    c) mayda tovar ishlab chiqaruvchi;
    d) korporativ;
    e) kapitalistik.
    68. Mulk obyekti yollanma mehnatga asoslanib harakatga
    keltirilsa, qaysi turdagi xususiy mulk vujudga keladi?
    a) quldor;
    b) feodal;
    c) kapitalistik;
    d) sotsialistik;
    e) ibtidoiy jamoa.
    69. Quyidagilardan qaysi biri mulk obyektlari mazmunini to‘-
    laroq ifodalaydi?
    a) mulkka aylangan barcha boylik turlari;
    b) ishlab chiqarish vositalari;
    c) tabiiy boyliklar;
    d) inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar;
    e) insonning mehnat qilish qobiliyati.
    70. Mulkiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni mulkni ta-
    sarruf qilish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini
    o‘zlashtirishda qatnashuvchilar qanday nomlanadi?
    a) mulkdorlar;
    b) mulkdan foydalanuvchilar;
    c) mulk subyektlari;
    d) mulkni tasarruf qiluvchilar;
    e) mulk obyektlari.
    71. Mulk subyektlaridan qaysi biri faqat investitsion tovarlarga
    talab bildiradi?
    a) davlat;
    b) korxona va xo‘jalik birlashmalari;
    c) uy xo‘jaliklari;
    d) chet el fuqarolari;
    e) xorijiy davlatlar.
    72. Davlat mulki nechta darajada mavjud bo‘ladi?
    a) 4;
    b) 3;
    c) 1;
    d) 2;
    e) 5.
    49
    73. Davlat mulkini hosil qilish yo‘llaridan qaysi biri mulk
    egaligi almashinishini taqozo etadi?
    a) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish;
    b) mulk milliylashtirilib, davlat qo‘liga o‘tishi;
    c) davlat korxonalariga investitsiyalar qo‘yish;
    d) aksiyalarining nazorat paketi davlat qo‘lida bo‘lgan ochiq
    turdagi jamiyatlarni yopiq turdagi jamiyatlarga aylantirish;
    e) ijaraga berilgan mulkni davlat qaytarib olishi.
    74. Ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o‘zlashtirish
    jamoa-guruh tavsifiga ega bo‘lganda, qanday mulk vujudga keladi?
    a) davlat mulki;
    b) xususiy mulk;
    c) jamoa mulki;
    d) aralash mulk;
    e) shaxsiy mulk.
    75. Jamoa mulkining qaysi shakli dividend va foiz shaklida
    daromad olish imkonini beradi?
    a) kooperativ mulk;
    b) ijara va jamoa korxonalar mulki;
    c) aksionerlik jamiyatlari mulki;
    d) xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar mulki;
    e) jamoat va diniy tashkilotlar mulki.
    76. Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan
    fuqarolar mulki qanday nom bilan ataladi?
    a) xususiy mulk;
    b) shaxsiy mulk;
    c) korporativ mulk;
    d) oilaviy mulk;
    e) xonadon mulki.
    77. Shaxsiy mulk manbalaridan qaysi biri davlat byudjeti mab-
    lag‘lari hisobiga shakllanadi?
    a) ishlab chiqarishdagi ishtiroki hisobiga olinadigan daromadlar;
    b) uy xo‘jaligi (oila, dehqon) ni yuritish hisobiga olinadigan
    daromadlar;
    c) dividend va foizli daromadlar;
    d) tadbirkorlik hisobiga olinadigan daromadlar;
    e) transfert to‘lovlari hisobiga kelib tushadigan daromadlar.
    50
    78. Shaxsiy mulk obyektlaridan qaysi biri fuqarolarning
    kelgusidagi iste’molini qondirish va turli tasodiflarni kafolatlashga
    xizmat qiladi?
    a) uy, turar-joy, bog‘ va dala hovli;
    b) transport vositalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari;
    c) xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari;
    d) xo‘jalik faoliyati natijasida olingan mahsulotlar;
    e) pul jamg‘armalari.
    79. Ayrim tadbirkorlarga tegishli, yollanma mehnatga asoslan-
    gan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulk qanday nomlanadi?
    a) shaxsiy mulk;
    b) xususiy mulk;
    c) korporativ mulk;
    d) oilaviy mulk;
    e) xonadon mulki.
    80. Alohida olingan mulk obyektlari va undan foydalanish
    natijalari turli mulkdorlar tomonidan o‘zlashtirilsa, qanday mulk
    qaror topadi?
    a) shaxsiy mulk;
    b) xususiy mulk;
    c) jamoa mulki;
    d) davlat mulki;
    e) aralash mulk.
    81. Davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini
    vujudga keltirish qanday jarayonni anglatadi?
    a) xususiylashtirish;
    b) milliylashtirish;
    c) davlat tasarrufidan chiqarish;
    d) erkinlashtirish;
    e) liberallashtirish.
    82. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish yo‘llaridan qaysi biri
    bu jarayonda butun jamiyat a’zolari ishtirokini taqozo etadi?
    a) davlat korxonasini hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
    b) davlat korxonasini jamoa mulkiga aylantirish;
    c) davlat mulkini cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul
    berish;
    d) mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga ma’lum
    shartlar bo‘yicha berish;
    e) chet elliklarga sotish yoki qarz hisobiga berish, kimoshdi savdosi
    orqali sotish.
    83. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda qay-
    si usulga ustuvorlik berildi?
    a) pulli yoki haqini to‘lash;
    b) pulsiz yoki tekin;
    c) imtiyozli;
    d) vaucherlar orqali;
    e) pulsiz va imtiyozli.
    84. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xu-
    susiylashtirishga bo‘lgan yondashuvning qaysi xususiyati iqtisodiy
    islohotlarning asosiy tamoyillaridan birini aks ettiradi?
    a) maqsadli yo‘naltirilganligi;
    b) manzilliligi;
    c) to‘lovliligi;
    d) dasturlar asosida bosqichma–bosqich amalga oshirilishi;
    e) manzilliligi va to‘lovliligi.
    85. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonining qaysi jihati
    qonunlarga amal qilishni taqozo etadi?
    a) xususiylashtirish jarayoni islohotlarning ichki mantig‘iga
    bo‘ysindirilishi;
    b) xususiylashtirish jarayonining davlat tomonidan boshqarilishi;
    c) xususiylashtirishning huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlanishi;
    d) maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi;
    e) bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
    86. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
    xususiylashtirish necha bosqichda amalga oshiriladi?
    a) 2 ta;
    b) 1 ta;
    c) 3 ta;
    d) 4 ta;
    e) 5 ta.
    87. Kichik xususiylashtirish, ayrim o‘rta va yirik korxonalarni ija-
    ra hamda jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari-
    ga aylantirish qaysi davrda amalga oshirilgan?
    a) 1991-1992 y.y.
    b) 1992-1993 y.y.
    c) 1993-1994 y.y.
    d) 1994-1995 y.y.
    52
    e) 1996 yildan boshlab.
    88. Qaysi davrdan davlat mulkchiligidagi o‘rta va yirik korxo-
    nalar aksonerlik jamiyatlariga aylantirildi, ochiq turdagi aksionerlik
    jamiyatlarini vujudga keltirish va davlat mulkini tanlov asosida
    sotish amaliyoti joriy qilindi hamda har xil mulkchilikka asoslangan
    kichik biznes korxonalari tashkil qilina boshlandi?
    a) 1991-1992 y.y.
    b) 1992-1993 y.y.
    c) 1993-1994 y.y.
    d) 1994-1995 y.y.
    e) 1996 yildan boshlab.
    89. Qachondan davlat ro‘yxatiga kirmagan barcha obyekt va kor-
    xonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, yopiq turdagi aksionerlik jami-
    yatlari keng aholi qatlami va chet el kapitali ishtirokini ta’minlaydigan
    ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirilib boriladi?
    a) 1992-1993 y.y.
    b) 1993-1994 y.y.
    c) 1994-1995 y.y.
    d) 1996 yildan boshlab;
    e) 1997 yildan boshlab.
    90. Barcha iqtisodiy tizimlarga xos bo‘lgan belgilardan qaysi
    biri mehnat taqsimotining namoyon bo‘lish shaklini ifodalaydi?
    a) ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash;
    b) yangi texnikadan keng miqyosda foydalanish;
    c) ishlab chiqarishning ixtisoslashishi;
    d) ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
    e) pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarni qo‘llash.

    Download 305.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 305.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    JAVOBLAR 1c); 2d); 3a); 4d); 5c); 6a); 7a); 8c); 9a); 10d); 11d); 12d); 13d)

    Download 305.08 Kb.