• Ключевые слова
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet180/452
    Sana27.06.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #265988
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   452
    Bog'liq
    QarMII konf 26-27 may 2023 (1)

    Kalit sо‘zlar: audit, auditorlik faoliyati, davlat auditi, hisob sudi, hisob palatasi, 
    milliy audit boshqarmasi, bosh auditor. 
    Аннотация: В данной статье рассмотрена аудиторская деятельность 
    развитых стран, органы регулирования аудиторской деятельности и их 
    особенности. В частности, описаны аудиторская деятельность в Америке и 
    странах Азии, Национальная аудиторская служба Великобритании, ее 
    структура и состав, деятельность Счетной палаты Франции, основные 
    направления 
    деятельности 
    и 
    задачи 
    Счетной 
    палаты 
    Германии. 
    Проанализирована 
    и 
    изучена 
    многоуровневая 
    система 
    аудиторской 


    366 
    деятельности этих стран. 
    Ключевые слова: аудит, аудиторская деятельность, государственный 
    аудит, счетная палата, счетная палата, национальное ревизионное 
    управление, главный ревизор. 
    Kirish 
    Ma’lumki, mustaqil va xolis auditorlik faoliyatining о‘rni beqiyosdir. Bozor 
    munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda auditorlik faoliyatini tizimli tarzda 
    takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Ushbu jarayonni evolyusion 
    rivojlanishi auditorlik faoliyati bilan bog‘liq meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va 
    ulardan amaliyotda foydalanishni nazorat qiluvchi audit institutining turli tegishli 
    qо‘mitalari mavjud. 
    Auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan о‘rni bozor infratuzilmasi 
    elementlari ichida alohida ahamiyatga ega. Angliya, AQSH, Kanada, Fransiya va 
    boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari 
    bozor infratuzilmasi elementlarining zanjirli tizimida asosiy halqalardan biri bо‘lib 
    hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xо‘jalik 
    yurituvchi 
    tuzilmalarning 
    ishlab 
    chiqarish, 
    moliya-xо‘jalik 
    faoliyatida 
    muomalalarning tо‘g‘ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga 
    bо‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
    Bozor infratuzilmasining eng muhim elementlaridan biri sifatida auditorlik 
    tashkilotlari mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
    mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. 
    Butun dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va transmilliy kompaniyalarning 
    rivojlanishi sharoitida moliyaviy hisobot auditi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
    Rivojlangan mamlakatlarda kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari jiddiy va 
    tanqidiy tahlil etilmoqda. Investorlar korporativ boshqaruvning turli jabhalarini 
    chuqur tahlil qilib, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining yanada ishonchliligini talab 
    etmoqda. Moliyaviy hisobotlar bо‘yicha qat’iy nazorat о‘rnatish va xolis auditorlik 
    xulosasini tuzish maqsadida AQShda 404-sonli Sarbeynz-Oksli qonuni qabul 


    367 
    qilingan. Bu esa moliyaviy hisobotlarning shaffofligini ta’minlash, ichki nazoratni 
    takomillashtirish va investorlar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. 
    Dunyoning kо‘pgina mamlakatlarida moliyaviy hisobot va auditning xalqaro 
    standartlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor 
    qaratilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan, moliyaviy hisobot va auditning xalqaro 
    standartlarini tо‘laqonli joriy etishda mazkur standartlarning mazmun va mohiyatini 
    chuqur о‘rganish, ularni amaliyotda qо‘llay olish, milliy standartlarni xalqaro 
    standartlarga muvofiqlashtirish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga 
    transformatsiyalash, ilg‘or xorij tajribasini mamlakatimiz iqtisodiyotiga joriy etish 
    kabi masalalarni hal etish uchun moliyaviy hisobot auditini yanada takomillashtirish 
    borasida kompleks tadqiqotlar olib borish zarurati kuchaymoqda. Rivojlangan 
    davlatlarda moliyaviy hisobot auditini takomillashtirishda muhimlik va risk 
    darajalarini aniqlash, auditorlik dalillarini tо‘plash, auditorlik fikrini shakllantirish, 
    xolis auditorlik xulosasini tuzish borasida keng tadqiqotlar olib borilmokda. 
    Mamlakatimiz auditorlik faoliyatidagi qator muammo va kamchiliklar 
    auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatmoqda. Shu 
    boisdan, mamlakatimizda jahonda umumqabul qilingan zamonaviy normalar, 
    standartlar, shu jumladan, moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlarini 
    bosqichma-bosqich joriy etish asosida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro 
    standartlarga moslashtirishni taqozo etmoqda. «2017-2021 yillarda О‘zbekiston 
    Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi»da yurtimizda investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat 
    iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy 
    investitsiyalarni faol jalb etish, korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va 
    usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini 
    kuchaytirish borasida muhim vazifalar belgilangan. 
    Keyingi yillarda dunyo mamlakatlarida auditorlik faoliyatining kо‘p pog‘onali 
    tizimini tashkil etuvchi davlat auditi, auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar, 
    ichki audit institutlari, xalqaro professional assotsiatsiyalar faoliyati takomillashib 


    368 
    bormoqda va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan auditorlar soni yildan-yilga ortib 
    bormoqda. Jumladan, “Sertifikatlangan jamoat buxgalterlari assotsiatsiyasi (The 
    Chartered Association of Certified Accountants-ACCA) 178 dan ortiq davlatlarda 700 
    mingta”
    16
    , “Amerika sertifikatlangan jamoat buxgalterlari instituti (American
    Institute of Certified Public Accountants ̶ AICPA) 143 dan ortiq davlatlarda 450 
    mingta”
    17
    , “Xalqaro ichki auditorlar instituti (The Institute of Internal Auditors, IIA) 
    150 dan ortiq davlatlarning auditorlik faoliyatini tartibga solish jarayonida faol ishtirok 
    etuvchi jamoatchilik tashkilotlari, shu bilan birga, ichki audit sohasida band bо‘lgan 
    180 mingdan ortiq a’zoni birlashtiradi”
    18
    . Ta’kidlash joizki, auditorlik faoliyatining 
    kо‘p pog‘onali tizimini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar qonunchiligi va 
    ilg‘or tajribasini amaliyotga joriy etish, auditorlik tashkilotlari va audit xizmatlar 
    bozorini tahlil qilish eng dolzarb va о‘rganilishi zarur bо‘lgan masalalardan sanaladi. 
    1.MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI 
    Audit institutlari va auditorlik faoliyatini turli iqtisodiy va ijtimoiy maktablar 
    hamda ilmiy yo‘nalishlar, shu jumladan, hisob, nazorat va audit sohasi vakillari 
    tomonidan ham tadqiq etilgan.
    Respublikamiz va xorijiy olimlar tomonidan rivojlangan mamlakatlarning 
    auditorlik faoliyatini bir qator olim va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib borganlar. 
    Iqtisodchi olim Dusmuratov
    19
    о‘zining doktorlik dissertatsiyasida quyidagicha 
    keltirgan: AQShda auditorlik faoliyatini huquqiy – meyoriy tartibga solishning liberal 
    tizimi shakllangan. Bu tizimda professional jamoat tashkilotlari yetakchi bо‘lib, ular 
    auditorlarni attestatsiyalash, auditorlik tekshiruvlar sifatini nazorat qilish, auditorlik 
    faoliyati standartlari va meyorlarini ishlab chiqadilar. 
    Terexov
    20
    tadqiqotlariga kо‘ra: AQShda auditor bо‘lib ishlashga litsenziya olish 
    uchun nomzod universitet ma’lumoti (kamida bakalavr darajasi) va auditorlik 
    16
    www.accaglobal.com 
    xalqaro axborot sayti. 
    17
    https://en.wikipedia.org/ 
    xalqaro axborot sayti.
    18
    www.hocktraining.com 
    xalqaro sertifikatsiyalash dasturi bо‘yicha axborot sayti. 
    19
    Dusmuratov R.D О‘zbekistonda auditorlik faoliyatining shakllanishi va uning uslubiyotini 
    takomillashtirish – iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyа. (2008)
    20
    ТереховА.А. (2001) Аудит: перспективы развития. М.:«Финансы и статистика»,– 560 с.


    369 
    tashkilotida ma’lum amaliy ish stajiga ega bо‘lishi hamda malakaviy imtihon 
    topshirishi lozim. Uning mutaxassislik bо‘yicha ish staji, unga aynan qaysi shtatda 
    litsenziya berilishiga va ma’lumotiga bog‘liq bо‘lib, ammo bu da’vogar odatda 
    auditorlik tashkilotida auditor assistenti bо‘lib ishlagan bir necha yildan iborat. 
    Iqtisodchi olim Axmedjanov
    21
    fikriga kо‘ra, AQShning qonun hujjatlarida 
    auditning quyidagi turlari ajratilgan: ichki audit, davlat auditi, boshqaruv auditi va 
    tartibga soluvchi organlar auditi. Ichki audit mustaqil auditorlarning xо‘jalik 
    yurituvchi subyektlar manfaatlarida amalga oshiriladigan, xо‘jalik yurituvchi 
    subyektlar ishini tekshirish va baholashga qaratilgan faoliyatidir. 
    Karimov va boshqalarning
    22
    xalqaro audit nomli darsliklarida quyidagilar 
    keltirib о‘tilgan: AQShda standartlarni ishlab chiqish bilan moliyaviy hisobot 
    standartlarini ishlab chiquvchi kengash (FASB) shug‘ullanadi. Ushbu standartlarning 
    amalda qо‘llanilishini nazorat qilish hukumatning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar 
    bо‘yicha komissiyasi (SEC) zimmasiga yuklatilgan. FASB va SECning о‘zaro 
    hamkorligi tufayli AQShda audit standartlari qо‘llanilishining samarali mexanizmi 
    yaratilgan. 
    Yevropa mamlakatlarining auditorlik faoliyatini 
    ilmiy-nazariy, 
    metodologik, amaliy jihatlari xorijlik va о‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar tomonidan 
    tadqiq qilingan hamda tegishli ilmiy xulosalar, amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. 
    Xorijlik olimlar V.V. Myasnikov, N. D Pogosyan ilmiy ishlarida yevropa 
    mamlakatlarining auditorlik faoliyati о‘rganilgan va tadqiq qilingan. 
    О‘zbekistonlik 
    iqtisodchi 
    olimlar 
    K.B.Axmedjanov, 
    I.Yakubov, 
    R.D.Dusmuratov, A. Karimov, F. Islomov va A. Avloqulovlarning ilmiy asarlarida va 
    о‘quv darsliklarida atroflicha sо‘z yuritgan. 
    Iqtisodchi olimlar K.B.Axmedjanov va I. Yakubovlarning “Audit asoslari” 
    darslikda quyidagicha bayon qilingan
    23
    : Hozirda Buyuk Britaniyada audit sohasini 
    tartibga soluvchi, auditning metodik asoslarini yaratuvchi va audil standartlarini 
    21
    Axmedjanov K.B. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish – iqtisod 
    fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi/ Toshkent.(2016).
    22
    Karimov, F. Islomov va A. Avloqulov: Xalqaro audit/ darslik/ Toshket- 2015 / 397 bet..
    23
    К. Axmedjanov, I. Yakubov: Audit asoslari/ darslik/ Toshkent-2010/ 291 bet. 


    370 
    ishlab chiquvchi tashkilol 1880-yilda tashkil topgan Angliya va Uelsda Qasamiyod 
    Qilgan Buxgalterlar Instituti (ICAEW) va Qasamiyod Qilgan Diplomli Buxgal-terlar 
    Uyushmasi (ACCA) hisoblansa, AQShda Amerika Sertilikatlangan Jamoat 
    Buxgalterlari Instituti (AICPA) shu vazifani amalga oshiradi. 
    Iqtisodchi olimlar A. Karimov, F. Islomov va A. Avloqulovlarning xalqaro audit 
    nomli darsliklarida quyidagini keltirib о‘tilgan
    24

    “Auditor iqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha sohalarida 
    malakali maslahatchi bо‘lishi lozim. U korxonaga keng ma’noda maslahat beradi va 
    shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy, tashkiliy va huquqiy xarakterdagi muammolarni 
    kо‘ra olishi va ularni hal etishning eng oqilona yо‘llarini izlab topa olishi lozim” 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   452




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish muammolari va istiqbollari

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish