2.TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy izlanishlar jarayonida tahlil va sintez, tizimli yondashuv, abstrakt-
mantiqiy fikrlash, iqtisodiy tahlil, guruxlash, ekspert baxolash hamda taqqoslama
usullardan foydalanildi.
3.TAHLIL VA NATIJALAR
Respublikamizda moliyaviy va jamoatchilik institutlarini tizimli ravishda
shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning muhim yо‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu esa korxonalarning samarali faoliyat kо‘rsatishi, ishbilarmonlik
muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga olib keladi.
Xolis tadbirkorlik faoliyati sifatida auditorlik faoliyati xо‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda muhim instrumentlardan biri hisoblanadi.
Auditorlik xizmatlarini kо‘rsatish jarayonida auditorlik tashkilotlari xо‘jalik yurituvchi
subyektlarning moliyaviy hisobotlari tо‘g‘riligiga baho beradi. Xususan, moliyaviy
hisobotning tо‘g‘riligini tasdiqlaydi yoki ushbu moliyaviy hisobotga ishonib
bо‘lmasligi haqida о‘zining asoslangan fikrini bayon qiladi. О‘z navbatida о‘tkazilgan
auditorlik tekshiruvi barcha darajadagi korxona va tashkilotlarning faoliyat
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati tо‘g‘risida”gi qonuniga
24
A. Karimov, F. Islomov va A. Avloqulov: Xalqaro audit/ darslik/ Toshket- 2015 / 397 bet.
371
muvofiq auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari
kо‘rsatish bо‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Auditorlik tashkiloti auditorlik
faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bо‘lgan yuridik shaxsdir. U shartnoma
asosida auditorlik xizmatlarini kо‘rsatadi. Auditorlik tashkilotlari о‘z faoliyatini
amalga oshirishda mustaqildir. Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qо‘mitalari,
idoralari hamda boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan tuzilishi
mumkin emas.
Respublikamizda auditning milliy amaliyoti iqtisodiyotning rivojlanib borayotgan
instituti sifatida raqobat sharoitida shakllanmoqda. Bugungi kunda yuzdan ortiq
auditorlik tashkiloti faoliyat kо‘rsatmoqda. Ular orasida “ERNST & YOUNG”,
“Praysvoterxaus Kupers”, “Deloitte va Touche”, “KPMG AUDIT” singari dunyoga
taniqli bо‘lgan xalqaro auditorlik kompaniyalari shо‘ba korxonalari ham bor.
Iqtisodiyotni mukammallashuvi jarayonida аuditorlik faoliyatini yanada
rivojlantirish auditorlik tekshiruvi о‘tkaziladigan mijozning xususiyatlarini о‘rganish,
barcha zarur nazorat tartiblarini standartlashtirish va sinov natijalarini hisobga olish
bilan bog‘liq. Shu bilan birga, hozirgi sharoitda auditorlik tashkilotlari kо‘rsatayotgan
xizmatlarga yangi ishlab chiqilgan va rivojlanayotgan yangi professional talablarni
takomillashtirish jarayoni davom etmoqda.
Auditorlik faoliyatining kо‘p pog‘onali tizimi auditorlik faoliyatini qonun
hujjatlari bilan tartibga solish, byudjet mablag‘larini davlat tomonidan tashqi va ichki
audit orqali tahlil qilish, tegishli organ va jamoat birlashmalari orqali auditorlik
tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, shuningdek, auditorlik tashkilotlar tomonidan
auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlar kо‘rsatish tizimidir.
Jahon amaliyotida iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida auditorlik faoliyatining
kо‘p pog‘onali tizimini takomillashtirish bо‘yicha kо‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda. Xalqaro auditorlik amaliyotida olib borilgan tadqiqotlar natijasida
tegishli vakolatli organ va jamoat tashkilotlari tomonidan auditorlik tashkilotlari audit
tekshiruvining ish sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Shuningdek, auditorlik faoliyatining kо‘p pog‘onali tizimini tashkil etish samarali
mexanizmlarini tarkib toptirish, mazkur tizimdagi turli pog‘onalar о‘rtasidagi
372
funksional bog‘liqlik va izchillikni ta’minlash, davlat auditi, auditorlik faoliyatini
nazorat
qiluvchi
organlar,
ichki
audit institutlari,
xalqaro
professional
assotsiatsiyalarning ish faoliyati meyor va standartlari о‘rtasidagi о‘zaro muvofiqlikni
ta’minlash, bozor iqtisodiyotining turli sharoitlarida auditorlik tashkilot va idoralari
о‘rtasidagi ustuvorlik hamda bо‘ysunuvchanlik tamoyillarining samarali ishlashini
ta’minlovchi dastaklarni yо‘lga qо‘yish, auditorlik faoliyatining kо‘p pog‘onali tizimi
konsepsiyasini ishlab chiqish, xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda
auditorlik tashkilotlarida ish sifatini ta’minlovchi ichki standartlarni qо‘llashni
takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.
О‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosati, shuningdek,
iqtisodiyotimizni jahon standartlari asosida rivojlantirish,moliyaviy sektorni
rag‘batlantirish va ularning samaradorligini oshirish oldimizda turgan vazifalardan
biri hisoblanadi. О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar
munosabati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirishning umumiy mexanizmi va
auditorlik tashkilotlari tomonidan alohida taqdim etiluvchi auditorlik xizmatlarining
о‘zaro bog‘liqligini shakllantirish va tadqiq etish auditni rivojlantirishning istiqbolli
yо‘nalish hisoblanadi. Bugungi kunga qadar bu masalaga yetarlicha e’tibor
qaratilmagan. “Xususan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bо‘yicha mavjud
cheklovlar va tanlovlar о‘tkazish amaliyoti kо‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx
borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari
sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda”
25
. Shu munosabat bilan,
auditorlik faoliyatining kо‘p pog‘onali tizimini shakllantirish orqali auditorlik
tashkilotlari tomonidan kо‘rsatiladigan xizmatlar va auditorlik tekshiruvi sifatini
oshirishning nazariy va uslubiy yо‘nalishlarini kompleks olib borish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari auditning xalqaro standartlarini keng joriy etish jarayonlarining
jadallashishi hamda ushbu standartlarni О‘zbekiston Respublikasining yirik
kompaniyalari uchun qonunchilikda joriy etilishi munosabati bilan xalqaro audit
25
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentabrdagi “О‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3946-sonli qarori.
www.lex.uz
373
standartlarni hisobga olgan holda audit jarayonlari, audit xulosasi va hisobotlarini
tayyorlash jarayonlarini avtomatlashtirish masalasi dolzarb bо‘lib qolmoqda.
Auditorlik faoliyatining birinchi pog‘onasi davlat auditi zamonaviy auditning bir
turi hisoblanib, sо‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Davlat auditi – milliy resurslarni boshqarish samaradorligini oshirishga
qaratilgan kasbiy faoliyat turi bо‘lib, ularning eng muhimlari davlat moliyasi, mulki,
tabiiy boyliklari, intellektual kapital hisoblanadi. Davlat auditi faqat davlat
tuzilmalarining moliyaviy hisobotlarini tekshirish bilan cheklanib qolmaydi, uning
asosiy vazifasi davlat va jamiyat nomidan davlat organlarining о‘ziga ishonib
topshirilgan davlat resurslarini boshqarish faoliyatining mustaqil obyektiv
jamoatchilik nazoratini ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizda davlat auditi va nazorati funksiyalari Hisob palatasi, Moliya
vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi, Soliq qо‘mitasi va Bojxona
qо‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik
faoliyatining
ikkinchi
pog‘onasi
davlat
nazorati
bо‘lib,
mamlakatimizda mustaqil audit tekshiruvlari davlat tomonidan tartibga solinadi va
jamoatchilik
tashkilotlari
tomonidan
muvofiqlashtiriladi.
Shu
maqsadda,
О‘zbekistonda ham maxsus qonunlar, turli meyoriy hujjatlar qabul qilingan va
auditorlik jamoat tashkilotlari tuzilgan.
Respublikamizda auditorlik faoliyatining tashqi nazoratini tartibga solish va
rivojlantirish vazifasini О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, О‘zbekiston
buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (О‘zBAMA), О‘zbekiston Auditorlar
palatasi (О‘zAP) amalga oshiradi.
О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi auditorlik faoliyatining huquqiy
asoslarini yaratish, tartibga solish va rivojlantirishda asosiy vazifani bajaruvchi davlat
organidir. О‘zbekiston Auditorlar palatasi — malaka sertifikatiga ega mustaqil
auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkilotidir.
О‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi mamlakatimizda
auditorlik faoliyatining ilmiy-metodik asoslarini yaratish, auditorlik faoliyati, soliqqa
tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya-xо‘jalik
374
faoliyati tahlili va moliyaviy menejment bо‘yicha qonunchilik, meyoriy hujjatlar va
milliy standartlarni ishlab chiqishda qatnashadi.
Auditorlik faoliyati kо‘p pog‘onali tizimining uchinchi pog‘onasi mustaqil audit
bо‘lib, uning asosini auditorlik faoliyatiga oid qonunlar, qarorlar, nizomlar,
yо‘riqnomalar hamda auditorlik faoliyati standartlari tashkil etadi.
О‘zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil auditining normativ- huquqiy
hujjatlari quyidagicha turkumlanadi:
1.
“Auditorlik faoliyati tо‘g‘risida”gi qonun.
2.
Prezident qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik yо‘riqnoma va
nizomlari.
3.
Xalqaro audit standartlari.
4.
Kasb etikasi.
Auditorlik faoliyati kо‘p pog‘onali tizimining 4-pog‘onasi “Ichki audit tizimi”
bо‘lib, ichki audit mamlakatimiz audit tizimida muhim о‘ringa ega.
Xо‘jalik yurituvchi subyektda ichki audit obyektiv va mustaqil maslahatlar
hamda xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini yaxshilash kafolatlarini berishga
qaratilgan faoliyatdir. Ichki auditning maqsadi risklarni baholash, ularni kamaytirish
yо‘llarini topish, shuningdek, biznes-jarayonlar daromadliligini oshirishdan iborat.
Mamlakatimizda ichki audit faoliyati byudjet tashkilotlarida ichki audit tizimi,
banklardagi ichki audit tizimi va aksiyadorlik tashkilotlaridagi ichki audit tizimidan
tashkil topgan.
Auditorlik faoliyati kо‘p pog‘onali tizimining 5-pog‘onasini auditorlik
tashkilotlari tomonidan kо‘rsatiluvchi xizmatlar tashkil etadi. Auditorlik tashkilotlari
majburiy va tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari, shuningek, qonunchilikda
nazarda tutilgan auditorlik faoliyati bilan bog‘liq turdosh xizmatlarni kо‘rsatadi.
Sо‘nggi yillarda tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarga
talab ortib bormoqda.
Tadqiqotlar natijasida auditorlik faoliyati mamlakatimizda kо‘p pog‘onali
tizimining umumlashgan modeli (1-jadval)
26
.
26
Tadqitotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan
|