4.XULOSA VA TAKLIFLAR
Bizningcha,
bugungi
kunda
mamlakatimizda
audit
yangi
bosqichga
ko‘ratilyotgan bir vaqtda yevropa davlatlarining auditorlik faoliyatini chuqur
о‘rganish va ijobiy jihatlarini mamlakatimizga joriy etish lozim. Quyida ayrim
rivojlangan davlatlari audit tizimi va ularni afzalliklari va ularni mamlakatimiz audit
tizimiga joriy etish imkoniyatlari xususida tо‘xtalamiz:
378
1.Buyuk Britaniyada auditorlik faoliyatining ko‘p pog‘onali tizimi asosan
kreditorlar, investorlar va xo‘jalik yurituvchi subektlarining manfaatlarini
qondirishga yo‘naltirilgan. Bu mamlakatda auditorlik faoliyati asosan jamoat
birlashmalari va institutlar tomonidan tartibga solinadi. Shunday bo‘lsada, ushbu
jamoat birlashmalarining faoliyat ko‘rsatishi auditorlik faoliyatida davlat tomonidan
hech qanday funksiya bajarmaydi degan ma’noni keltirib chiqarmaydi. Xukumat
qoshida tashkil etilgan Milliy auditorlik kengashi Bosh auditor tomonidan
boshqariladi. Milliy auditorlik kengashi va auditorlik institutlari doimo xamkorlikda
ish olib borishadi. Auditorlik faolyatining ko‘p pog‘onali tizimida asosiy ishlarni
mustaqil auditorlik institutlari ishlab chiqishadi va amaliyotga tadbiq qilishadi.
Fikrimizcha, bizning yurtimizda ham Buyuk Britaniyada bo‘lgani singari mustaqil
auditorlik institutlarini ko‘paytirish maqsadga muofiq deb hisoblaymiz.
2.O‘zbekistonda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan Frasiyaning ijobiy tajribasi
sifatida, tashkilotlarda ichki nazorat va auditni tashkil etishning aloxida yondashuvi,
ish sifatining yuqori samaradorligi hamda moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan
talablarning yuqiligini ijobiy baholashimiz mumkin. Fransiyada kompaniya
tomonidan soliqlarni vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi qattiq nazorat qilinishi hisobga
olsak, auditorlik tashkilotlariga auditorlik tekshiruvidan tashqari soliqlar bo‘yicha
konsalting hizmatlariga bo‘lgan talab kuchli, chunki vaqtida to‘lanmagan soliqlar
uchun katta miqtorda jarimalar qo‘llaniladi. Fransiyada auditorlik faoliyati
Angliyaning audit bilan tubdan farq qiladi. Fransiyada auditorlik faoliyati davlat
tomonidan nazorati qilinadi.
3.Germaniyaning auditorlik faoliyatiga oid qonun va meyoriy xujjatlarni qabul
qilish jarayoniga tajribasi O‘zbekistonga qo‘llash maqsadga muofiq deb hisoblaymiz.
Chunki Germaniyada auditga oid qonun hujjatlarini qabul qilishdan oldin, qonun
loyihasi uning qabul qilinishi qanday oqibatlarga olib kelishi nuqtai nazaridan tahlil
qilinadi. Shu bilan birga, kutilayotgan va retrospektiv oqibatlar ham o‘rganiladi.
Ayrim qonun hujjatlari qabul qilinishining ta’sirini tahlil qilishda davlat yuqori
malakali auditorlarining zarur bilimlari va tajribasidan foydalanadi. Palata raisi qonun
loyihalari bo‘yicha ishlarda qatnashadi va nazorat faoliyati natijalariga, davlat
379
institutlari qanday ishlashini chuqur bilishga va qonunchilik tashabbuslarini amalga
oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar g‘oyalariga tayanib o‘z
fikrlarini bildiradi. U nafaqat dastlabki ma’lumotlar va qonun loyihasi asosidagi
taxminlarning jiddiyligini baholaydi, balki tahlilning har tomonlama, izchil va
oqilona ekanligini ham tekshiradi.
4.Ilmiy izlanishlar natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, Italiya va Shvetsiya
davlatlarida auditorlik faolyaiti davlat tomonidan nazorat qilinadi. Shvetsiyada
auditor va auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishidan oldin sug‘urta
shartnomasini tuzishlari yoki Audit komissiyasiga garovga pul mablag‘i o‘tkazib
qo‘yishlari shart.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, fikrimizcha, O‘zbekistonda 2020 yildan
boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini xalqaro audit standartlari
asosida o‘tkazishi munosabati bilan audit rivojlangan davlatlardan andoza olgan
xolda auditni yangi bosqichiga olib chiqish maqsadga muofiq deb hisoblaymiz.
5.Tadqiqot natijalardan ma’lum bo‘ldiki, AQSH va Kanada davlatlarining
auditorlik faoliyati rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. AQShda auditorlik faoliyati
nazorati davlat organlari bilan bir qatorda mustaqil auditorlik institutlari tomonidan
olib boriladi. AQShning yaxshi tajribasi shundaki, audit jarayoni asosiy
tushunchalari, tartiblari va hisobot berish amaliyotini o‘z ichiga olgan milliy
standartlariga asoslanadi.
AQShda auditorlar individual shaklda ham faoliyat yuritish huquqiga ega.
Hozirgi kunda yurtimizda auditorlik tizimida xalqaro tajribalar asosida yangi
bosqichga ko‘tarilayotgan paytda, bizning amaliyotimizga individual auditorlar
faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
6.Kanadada davlat moliya nazoratining asosiy organi Bosh auditor
boshqarmasidir. Boshqarma auditning uchta turini o‘tkazadi: moliyaviy, maxsus va
boshqaruv auditi (har yili davlat boshqaruvi subektlarida 30-50 ga yaqin tekshiruvlar
o‘tkaziladi). Boshqarma tomonidan o‘tkaziladigan har qanday tekshiruv 18 oygacha
davom etishi mumkin.
Tadqiqot natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Kanadaning auditorlik
380
tizimida boshqaruv auditi alohida o‘rin tutadi. Boshqaruv auditining asosiy
funksiyalardan biri davlat tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar, maqsadli davlat
dasturining bajarilishi davlat resurslarini tejash va davlat xarajatlari samaradorligini
ta’minlash bo‘yicha mustaqil monitoring olib boradi. Bizning amaliyotda ham
boshqaruv auditini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz, chunki har yili
jalb qilinadigan investitsiyalarni, davlat dasturlarini, davlatning tashqi qarzlarini
mustaqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va parlamentga tekshiruv natijalarini
taqdim etish orqali davlat mablag‘larini samarali sarflanishini nazorat qilishga xizmat
qiladi.
Ilmiy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 1997-1998 yillarda janubiy-sharqiy Osiyo
davlatlarida moliyaviy inqiroz yuz berdi. Bu inqiroz Janubiy Koreya davlatiga ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Janubiy Koreya davlati moliyaviy inqiroz
sababli auditorlik faoliyatini isloh qilishga kirishdi va Xalqaro audit standartlaridan
kelib chiqqan holda o‘zining milliy standartini ishlab chiqdi. Auditorlik faoliyatni
isloh qilish jarayonida korporativ audit termini o‘rniga audit komissiya paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunda Janubiy Koreyada moliyaviy
nazorat auditi va boshqaruv
samaradorligini o‘z ichiga olgan ichki nazorat masalasi asosiy masala darajasiga
ko‘tarildi.
7.Audit jarayonlarni avtomatlashtirish, avvalambor, "inson omili" bilan bog‘liq
bo‘lgan oraliq hisob-kitoblarning barcha bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan xatolarning oldini olishga yordam beradi
Bundan tashqari, ko‘pincha auditor hisobotini AXSga muvofiq tuzish,
avvalambor, yirik kompaniyalar va xoldinglar uchun zarurdir. Shunday qilib, yirik
korxonaning auditor hisobotlarini tayyorlash bilan bog‘liq kutilayotgan katta
hajmdagi ishlar ushbu jarayonni tezlashtirish va korxonalar hisobotlarini tayyorlash
bilan shug‘ullanadigan ko‘plab mutaxassislarning mehnat xarajatlarini kamaytirish
maqsadida avtomatlashtirishni belgilaydi.
8.Yuqorida aytib o‘tilganlarga asoslanib auditorlik faoliyatini rivojlanishi uchun
quyidagilarni amalga oshirig maqsadga muvofiq deb о‘ylaymiz:
-auditor hisobotlarini tayyorlashda xalqaro tajribani AXS va O‘zbekiston
381
korxonalarining milliy xususiyatlaridan foydalangan holda o‘zbek audit standartlarini
muvofiqlashtiradigan asosiy dasturiy ta’minotni ishlab chiqish zarur;
-muammoning aniq bayonoti va malakali mutaxassislar tomonidan texnik
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
Ushbu bosqich kelajakdagi loyihaning vazifalarini belgilashga jalb qilingan
mutaxassislar, masalan, metodistlar, auditor hisoboti va xulosasi bo‘yicha
mutaxassislar va dasturchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasi to‘g‘risida
xabardorlikni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda kompaniya rahbariyati loyihani
amalga oshirish uchun qo‘shimcha mutaxassislarni jalb qilish yoki o‘z xodimlarini
tayyorlash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. O‘zining
shaxsiy zaxiralaridan foydalanish kompaniyaga moliyaviy resurslarni sezilarli
darajada tejashga imkon beradi, ammo bu ish jarayonida qoniqarsiz natijaga olib
kelishi mumkin, chunki audit jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiq
avtomatlashtirish nafaqat ushbu standartlarni puxta bilishni va xalqaro standartlar
bilan ishlashda muhim tajribani talab qiladi. Avtomatlashtirish dasturining oxirgi
foydalanuvchilari bo‘lgan moliyaviy mutaxassislarning barcha hohish- istaklarini
inobatga olgan holda dasturchilarga aniq bir vazifani qo‘yishga qodir bo‘lgan
metodika bo‘yicha mutaxassislarning korxonada mavjudligi nazarda tutiladi.
Bunday keng va professional kadrlar bazasi har qanday korxona uchun mavjud
emasligi sababli, shuningdek, kompaniyaning auditning xalqaro standartlari (AXS)ga
o‘tishi va auditor hisoboti va xulosasini avtomatlashtirishni amalga oshirishda
rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda, avtomatlashtirish
muammosini hal qilishning tavsiya etilgan usuli moliyaviy dasturiy ta’minotni
tayyorlashda muhim tajribaga ega bo‘lgan uchinchi tomon mutaxassislarini jalb
qilishdir.
Oddiy qilib aytganda, metodistlar mahsulotning xaridor mijozining yakuniy
maqsadlarini tushunishlari va dasturchilarga ular yaratgan dasturdan qanday vazifalar
kutilayotganligini tushuntirishlari kerak. O‘zining funksiyalarini eng samarali
bajarishi uchun ushbu mutaxassis AXSga muvofiq auditor hisobotlarini va xulosasini
tuzish qobiliyatiga ega bo‘lishi va qo‘shimcha ravishda ma’lum bir kompaniyaning
382
moliyaviy buxgalteriya hisobi xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Bunday mutaxassisni kompaniya tarkibiga jalb qilish tavsiya etiladi, chunki aynan
shu korxona ishchisi, boshqa hech kim kabi, dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisiga
kompaniya tayyor mahsulotda kutgan yakuniy maqsadlarini tushuntirib bera olmaydi.
|