385
yetkazishni o’ylamaydi. Lekin ularning oqibatlaridan ko‘ra iqtisodiy samara olish
asosiy vazifa sifatida qaraladi va undan tabiiy muhit zarar ko‘rishi mumkin.
Qazib
olish sanoatiga subsidiyalar berishning ekologik oqibatlari baliq ovlash yoki daraxt
kesish kabi subsidiyalanadigan faoliyat bilan chambarchas bog'liq. Masalan
chorvachilikga qilingan subsidiyalarning tabiatga yetkazadigan
alternativ xarajatlari
anchagina yuqori. Subsidiyalar haqida gap ketganda ularni tarmoqlarga bo‘lib tahlil
qilish uni yanada anglashga yordam beradi.
Nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki, natural subsidiya tushunchasi ham
mavjud. Ma’lumki, "Natural" deganda odatda tabiy resuslar ya’ni pul ko’rnishda
bo‘lmagan mablag’lar tushuniladi. Hukumatlar tomonidan
taqdim etiladigan odatiy
natura imtiyozlari subsidiyalangan uy-joylar, maxsus infratuzilma (masalan, bitta kon
yoki zavodga xizmat ko'rsatadigan yo'l), ushbu infratuzilmani saqlash uchun zarur
bo'lgan xizmatlar va eksportchilarga yordam berish uchun turli xizmatlardir. Agar
ular hukumat tomonidan xarajatlar (yoki o'z ichiga olgan daromadlar) bilan bog‘liq
bo‘lsa va ular oluvchiga ma'lum foyda keltirsa, ular
subsidiya deb hisoblanishi
mumkin. Biroq, davlat tomonidan umumiy infratuzilma bilan ta’minlash, masalan,
avtomobil yo‘llari va portlar natural subsidiylarga kiritilmaydi. Natural subsidiyaning
muhim variantlaridan biri bu davlatga tegishli yoki nazorat qilinadigan tabiiy
resurslardan imtiyozli foydalanishdir. Misol uchun chorvachilikni rivojlantrish
maqsadida chorva mollariga imytiyozli (bozor narxidan past yoki tekin)
yaylovlar
ajratish. Bu yerda chorvachilikda ham qaysidir darajada tashqi ta’siri mavjud yani
tabiatga salbiy ta’siri bo‘lishi mumkin. Tabiiy resurslardan imtiyozli foydalanishdagi
imtiyozlar subsidiya sohasidagi eng munozarali yo ‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Soliq tizmi rivojlangan mamalakatlarda soliq yukini kamaytirish orqali soliq
imtiyozlarni xo‘jalik yurutuvchi subyektlarga berish tabiiy holdir.
Soliq imtiyozlarni
berganda ham davlat byudjetining ma’lum qismi ishlatilgandek ta’sir qiladi. Soliq
imtiyozi tufayli imkonyat bahosi (Imkoniyat bahosi deb, bir narsa qilish imkoni bo’la
turib, boshqa narsani tanlagani sababli qo‘yib yuborilgan fursat qiymatiga aytiladi)
riski bo‘ladi.