Xulosa va takliflar.
Tahlil natijalarimizdan xulosa qiladigan bo’lsak, muammoli kreditlar tahlili
tijorat banklari faoliyatining ajralmas qismi bo’lib, ularga kredit portfeli bo’yicha
asoslangan qarorlar qabul qilish, risklarni minimallashtirish va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlashga yordam beradi. Muammoli kreditlarni boshqarish va
banklarning yo’qotishlarini kamaytirishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish,
tashqi subyektlar bilan hamkorlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, muammoli kreditlarni erta aniqlash,
zamonaviy tahliliy vositalar va texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, nazorat
qiluvchi organlar va tashqi tuzilmalar bilan faol hamkorlik qilish muammoli
kreditlarni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
558
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining “O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 2021-yildagi faoliyati to’g’risidagi hisoboti
haqida”gi SQ-530-IV-son Qarori. 2022-yil 29-aprel.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025-YILLARGA
MO’LJALLANGAN O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BANK TIZIMINI
ISLOH QILISH STRATEGIYASI TO’G’RISIDA” gi PF-5992-son Farmoni,
12.05.2020 yil.
3.
www.cbu.uz.
KORXONALAR ICHKI NAZORAT TIZIMIDA OPERATSION AUDITNING
ZARURLIGI VA ILMIY ASOSLARI
Odilova Zulfiya Odilovna– QarMII,
Audit mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va zamonaviy iqtisodiyot
asoslarini yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan hamda
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, iqtisodiy va moliyaviy resurslarning barcha
turlarini har tomonlama tejash va ishlab chiqarishni samarali boshqarish alohida
ahamiyatga ega. Bunday muhim vazifalarni bajarishda korxonalarning ichki nazorat
tizimida operatsion auditni maqsadli va samarali tashkil etish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Chunki, operatsion audit korxonalarni boshqarish tizimida asosiy bо‘g‘in
hisoblanadi.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “Sо’nggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha
jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi.
Endigi vazifa – chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror о’sishning
poydevorini yaratishdan iborat”
65
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yil uchun
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “
Keng ko‘lamli va samarali islohotlarimiz
65
https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998
.
559
natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi.
Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi.”
66
Shu sababli ham bugungi kunda makroiqtisodiyotning asosiy bо’g’ini bо’lgan
korxona va tashkilotlarni samarali boshqarishda ichki nazorat tizimida operatsion
auditdan foydalanish davr talabi sanaladi.
Chunki, operatsion audit ichki nazorat tizimida korxona iqtisodiy va moliyaviy
salohiyatini baholash, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ta’sirini hisoblash,
foydalanilmayotgan imkoniyatlarni axtarib topishda alohida ahamiyatga ega. Shu
sababli ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar,
xususan
korxonalar
moliya-xo‘jalik
faoliyatida
ichki
nazorat
tizimining
samaradorligini ta’minlashda operatsion auditni tashkil etish dolzarb masala
hisoblanadi. Ammo, tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ichki nazorat tizimida operatsion auditni
tashkil etishda uslubiy muammolar mavjudligi sababli amaliyotda undan yetarlicha
foydalanilmayapti.
Nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki, xalqaro amaliyotda operatsion audit -
korxona faoliyatini baholash, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora-
tadbirlarini izlash maqsadida, shu korxona yoki uning bo‘limi taoliyatini biror
belgilangan mezonga asosan tizimli o‘rganish deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda
keltirilgan mezonlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Xususan,
birinchi guruhga korxona yoki uning bo’limlari, o’z oldiga qo‘yilgan reja
ko'rsatkichlariga qanchalik erishayotganligini o‘rganish; ikkinchidan, samaradorlik,
ya’ni mavjud resurslardan qanchalik tejamli foydalanilayotganligini baholovchi
mezonlarni kirittirish mumkin. Ma’lumki, operatsion auditning maqsadi korxona yoki
uning bo‘limlari faoliyatida rejalarning, xususan, belgilangan biznes-reja, yillik yoki
choraklik ishlab chiqarish, sotish rejalariga tegishli ko‘rsatkichlarini tekshirish, ularni
haqiqatda bajarilishiga oid ko'rsatkichlariga qiyoslash va baholash, mavjud
foydalanilmayotgan imkoniyatlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
66
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yil uchun Murojaatnomasi.
https://review.uz/uz
22.12.2022
.
560
Ammo, tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, ichki nazorat tizimida operatsion auditda tahliliy
amallarning zamonaviy usullaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Buning asosiy
sababi uslubiy masalalar bo‘yicha muammolarning mavjudligidir. Shungdek,
tahlilllarimiz ko‘rsatadiki, bugungi kunda korxonalarda buxgaiteriya bo‘limi to‘liq
kompyuterlashgan bo‘lib, kompyuter tizimining ham samarali yoki samarasiz
ishlayotganligini tekshirish operatsion auditning vazifasi hisoblanadi. Biroq ichki
nazotar tizimida ushbu yo‘nalishda operatsion auditning uslubiy asoslari
yaratilmagan. Ushbu holatlardan ko‘rinadiki, ichki nazorat tizimida operatsion
auditdan samarali foydalanishda uning uslubiy asoslarini takomillashtirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Shuningdek, ichki nazorat tizimida operatsion auditning zarurligi va ilmiy
asoslari bo‘yicha ham bir qator muammolar kuzatiladi. Xususan, ushbu yo‘nalishda
nazariy manbalarning taqchilligi ham kuzatiladi. Chunki, har qanday tushuncha,
ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining
yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:
“Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini
o’tkazish va ushbu qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar
ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.”
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida
auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional
xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
Ammo, operatsion audit ichki nazorat tizimiga tegishli bo‘lganligi uchun ham
yuqorida qayd etilgan ta’riflarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos kelmaydi. Chunki, boshqaruv
xodimlariga auditorlik faoliyati bilan shug‘llanish qonun bilan ta’qiqlab qo‘yilgan
bo‘lsada, operatsion audit aynan boshqaruv tizimiga xizmat qiladi va korxonani
samarali boshqarishda asosiy dastak hisoblanadi. Shunday ekan, ichki nazorat
tizimida operatsion audit samaradorligini oshirish va malakali kadrlar tayyorlashda
ushbu yo‘nalishda nafaqat uslubiy asoslar, balki nazariy-ilmiy asoslarni ham yaratish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|