554
Banklarning moliyaviy barqarorligi va obro’si nafaqat nizoli vaziyatni hal qilish,
balki bankning muammoli kreditlar bilan ishlash usuliga bog’liq.
Muammoli kreditlar bilan ishlashga kredit berilgan paytdan boshlab va bank
balansidan qarzni to’lash yoki hisobdan chiqarishgacha bo’lgan uzluksiz jarayon
sifatida qarash kerak. Muammoli kreditlarni boshqarish samaradorligi har bir
muammoli kreditlar faoliyatini tahlil qilish va kreditni qaytarish uchun
foydalaniladigan resurslarni minimallashtirishdan iborat. Muammoli kreditlarni
boshqaruvining o’zi xarajatlarini kamaytirish va kredit portfeli sifatini yaxshilash
usulidir hisoblanadi.
Respublikamizda hozirgi kunda 31 ta tijorat banki o’z faoliyatini olib bormoqda
va ularning 38,7 foizi davlat ulushi mavjud banklardir, lekin bozor iqtisodiyoti
mulkiy plyuralizmga asoslanganligi bois banklarda davlat ulushining yuqori bo’lishi
maqbul holat hisoblanmaydi. Biz quyida respublikamiz tijorat banklarida muammoli
kreditlar haqidagi ma’lumotlar tahlilini o’tkazdik (1-jadval).