|
Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasiBog'liq 1547395022 73866
metall changlari.
Yirik changlar nafas olganda burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi.
Mayda changlar esa (asosan, o‘1сhami 10 mk.dan kichik bo‘lgan changlar) nafas
orqali burun bo‘shlig‘idan o‘tib, о‘pkaga o‘rnashadi
va
vaqt o‘tishi bilan turli xil
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, diametri 0,3 mk.dan kichik changlar
qonga tushishi ham mumkin.
Changlar o‘z zarrachalari yuzasida turli xil zararli
moddalar (mshyak, berilliy, kadmiy, nikel, qo‘rg‘oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy
va b.) bilan bog‘lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, metall changlari, jumladan,
qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‘rg‘oshin changlarining havo
tarkibidagi juda oz konsentratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etadi.
Masalan, 100 ml qon tarkibida 35 mkg qo‘rg‘oshin bo‘lishi insonning bosh miyasi
funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari qo‘rg‘oshin
qonda gemoglobin sintezining buzilishiga, muskul tizimlarini susayishidan tortib
shal bo‘lishigacha, jigar, buyrak va miya faoliyatini buzilishiga olib keladi. Hozirgi
vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln. tonna qo‘rg‘oshin ishlab chiqarilmoqda. Faqatgina
avtomobillardan chiqadigan gazlar bilan havoga har yili 250 ming tonna
qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda. Amerikalik olimlar tomonidan bundan 1600 yil oldin
yashagan janubiy Amerika tub aholisining suyak skeleti tarkibidagi qo‘rg‘oshin
miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skeletidagi qo‘rg‘oshin
miqdori taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida 700–1200 marta
ko‘р ekanligi aniqlangan.
Bundan tashqari qora metallurgiya, qurilish materiallarini ishlab chiqarish
sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, energetika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi
ishlab chiqarish jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik
changlar ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
|
| |