|
Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyenaBog'liq 1547395022 73866Kasb kasalligining oldini olish va shaxsiy gigiyena
Mehnat qilish jarayonida kishi organizmiga salbiy ta’sir etadigan ishlab
chiqarishning nomaqbul omillari natijasida yuzaga keladigan inson sog‘lig‘idagi
o‘zgarishlar kasb kasalligi deb ataladi. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari ish
joylaridagi havoning changlanishi, gaz, shovqin va tebranishlar ta’siridan hamda
havo harorati, bosimi, namligini o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘ladi. Ishlab
chiqarishdagi nomaqbul omillarning kishi organizmiga uzoq muddat ta’sir etishi
oqibatida ishchi kasb kasalligiga chalinishi, natijada ish qobiliyatini vaqtincha yoki
butunlay yo‘qotishi mumkin.
Ishchilarning doimo sog‘lom yurishlari va mehnat qobiliyatlarini
уo‘qotmasliklarida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta rol o‘ynaydi.
Tana va qo‘lni toza bo‘lishi, ovqatlanishdan oldin qo‘1ni doimo sovunlab yuvish,
o‘zini va kiyimlarini ozoda tutish, vaqtida ovqatlanish va ish bilan dam olishni
to‘g‘ri tashkil qilish – shaxsiy gigiyenaning asosiy talablari hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish
Zararli changlarni inson sog‘lig‘iga ta’siri hamda ulardan himoyalanish
уo‘llari
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni
ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi
va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m
3
toza havo tarkibida 0,25 mg.dan
0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi.
Changlar ko‘rinishi
va
tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1.
organik,
2. noorganik (mineral)
3.
|
| |