• Davlat standarti bo‘yicha inson sog‘lig‘igа ta’sir etuvchi хаfli moddalar 4 sinfga ajratilgan.
  • (DDT)  va fosforning organik  birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan,  DDT




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/10
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #251717
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1547395022 73866

    (DDT) 
    va fosforning organik 
    birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan, 
    DDT 
    tuproqda 30 yilgacha 
    saqlanishi va o‘zining zahar-lilik xususiyatini уo‘qotmasligi mumkin. Hozirgi 
    vaqtda DDTning ma’lum miqdoridagi konsentratsiyasi molyuskalar, baliqlar, 
    parrandalardan tortib, Shimoliy va Boltiq dengizi tyulenlari tanasida hamda 
    antraktida baliqlari va parrandalari tanasida ham topilmoqda.
    DDT 
    inson tanasining yog‘ to‘qimalarida to‘plana borib, nerv sistemasini, 
    jigar, yurak va jinsiy a’zolar faoliyatini buzilishiga, ma’lum konsentratsiyaga 
    yetgach esa o‘limga olib keladi.
    Shu sababli, barcha zaharli moddalarning me’yoriy miqdorini, уa’ni 
    cheklangan ruxsat etilgan miqdorini 
    (REM) 
    aniqlash va ular ustidan qattiq nazorat 
    o‘rnatilishi talab etiladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan va hosil bo‘ladigan 700 


    dan ortiqroq zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlanib standart-
    lashtirilgan va ular ustidan davlat nazoratlari o‘rnatilgan.
    Davlat standarti bo‘yicha inson sog‘lig‘igа ta’sir etuvchi хаfli moddalar 4 
    sinfga ajratilgan.
     
    1-sinf – favqulodda xavfli moddalar, REM<0,1 mg/m
    3
    ; 2-sinf – yuqori 
    xavflilikdagi moddalar, REM=0,1 ... 1,0 mg/m
    3
    ;
    3-sinf – o‘rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0 ... 10 mg/m
    3
    ;
    4-sinf – kam xavflilikdagi moddalar, REM)10 mg/m
    3
    . Xuddi shuningdek, 
    ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi o‘limga olib keluvchi miqdorlari 1-
    sinf uchun 500 mg/m
    3
    , 2-sinf uchun 500–5000 mg/m
    3
    ; 3-sinf uchun 5001–50000 
    mg/m; 4-sinf uchun 50000 mg/m
    3
    dan yuqori. Lekin bu moddalarning havo orqali 
    emas, balki boshqa уo‘llar orqali (masalan, ovqat orqali, ular bilan bevosita 
    muloqot qilish orqali) oshqozonga yoki teriga ta’sir etgandagi o‘limga olib 
    keluvchi miqdorlari bir necha o‘n barobar kichikdir. Masalan, 1-sinfdagi zaharli 
    moddalarning oshqozonga tushgandagi o‘limga olib keluvchi miqdori 15 mg/kg. 
    ga tengdir.
    Ayrim xavfli va zaharli moddalarning ma’lum konsentratsiyasi portlashga 
    yoki yong‘inga ham olib kelishi mumkin. Masalan, avtomobil benzini xona 
    haroratida 1 m ochiq yuzadan 400 g/soat tezlikda bug‘lanadi. Benzin bug‘larining 
    havo tarkibidagi 0,76...5,03% dagi konsentratsiyasi esa portlashga olib kelishi 
    mumkin. Shuningdek, agar havo tarkibida benzin konsentratsiyasi miqdori 3–4 
    g/m
    3
    bo‘lsa, 2–3 minut ichida insonning ko‘zidan yosh kelishi, qattiq уo‘tal tutishi, 
    yurish muvozanati buzilishi mumkin, benzinning havo tarkibidagi konsentratsiyasi 
    30–40 g/m
    3
    bo‘lganda esa, inson 2–3 nafasdayoq hushidan ketadi.
    Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan 
    himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o‘rganish va uni REM 
    talablari bo‘yicha muvofiqlashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini 
    aniqlashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 rusumli gaz 
    analizatorlaridan foydalaniladi.


    Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach, 
    bu miqdor ruxsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‘riladi va ish joyini 
    sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi.
    Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va 
    gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish уo‘llari, ushbu zararli 
    gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish 
    choralari ko‘riladi. Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kelishini oldini olish 
    mumkin bo‘lmasa, u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish уo‘llari 
    germetiklashtiriladi hamda ish joylariga shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. 
    Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar yetarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa 
    shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq 
    avtomatlashtirilib masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi.

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (DDT)  va fosforning organik  birikmasi – Ye - 605 o‘ta zaharli hisoblanadi. Masalan,  DDT

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish