kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim a’zolariga, masalan, qo‘1, oyoq va
h.k.ga ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda nerv va suyakbo‘g‘im
tizimi ish faoliyati buziladi,
arterial bosim oshadi, muskul kuchlari va insonni
og‘irligi kamayadi hamda tomirlarning tortishishi kuzatiladi.
Doimiу ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi titrashlarning
me’yorlashtiriluvchi ko‘rsatkichlari sifatida tebranish tezligining o‘rta kvadratik
miqdori va logarifmik darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o‘lchanadi.
Titrash tezligining insonga salbiy ta’sir darajasini boshlanishi:
Vo=5
⋅
10
-8
m/s deb qabul qilingan.
Titrash tezligi darajasining logarifmik miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Lv
= 20lg
v
−8
5
⋅
10
bu yerda, v – titrash
tezligining haqiqiy miqdori, m/s; Titrash tezligining
logarifmik miqdori, Lw (dB).
Lw
= 20lg
w
−4
3
⋅
10
bu yerda, w – titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s
2
;
3...10
-4
–titrlash tezligini inson tanasiga ta’sirining sezilishini boshlanish
miqdori, m/s
2
.
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi jihozlarning massasi 100 kg.
dan, jihozni siqib ushlash kuchi - 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning
texnik ma’lumotlari bo‘yicha qo‘yilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir etadi:
Titrash yuzasida
tik turib ishlayotgan kishiga ikki rezonans holat- 5...12 Gs va 17...25 Gs, o‘tirib
ishlayotgan kishiga esa 4...6 Gs to‘g‘ri keladi. Shuningdek, inson boshi uchun
rezonans chastotasi 20...30 Gs atrofida bo‘ladi. Shu sababli,
titrashning inson
a’zolariga ta’sir xususiyatini
va
titrashning turini hisobga olgan holda titrash
ko‘rsatkichlarining ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlari ishlab chiqilgan.
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o‘rta kvadrat miqdori-0,2 m/s va
logarifmik darajasi 132dB bo‘lib, u o‘rta geometrik chastotasi 1 Gs. ga teng
bo‘lgan vertikal transport vertikal titrashlar uchun qabul qilingan.
Мa’muriy binolar,
loyihalash tashkilotlari, tibbiy maskanlar va ish xonalari
uchun qattiq talab qo‘yilgan bo‘lib, o‘rta geometrik chastota 63 Gs bо‘lganda
titrash tezligining о‘rta kvadrat miqdori 28
⋅
10
-4
m/s. dan, logarifmik darajasi esa 75
dB. dan oshmasligi talab etiladi.