• Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi
  • Birinchi turdagi
  • Uchinchi turdagi
  • Mehnatni muhofaza qilishda nazorat o‘tkazishning tashkil etilishi




    Download 60.16 Kb.
    bet4/5
    Sana21.12.2022
    Hajmi60.16 Kb.
    #36383
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA
    REGLAMENT 910, 7-mavzu. Tarbiya jrayonlarida milliy qadriyatlarning o`rni, O\'QIVCHILARNING GEOGRAFIYA OLIMPIADAGA TAYYORLASHNING USLUBIY YONDASHUVLAR 1, Badiiy obraz, Matematika рус (1), Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Документ Microsoft Office Word, Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК, Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera, Photoshopppqayta ishlash, 1- Amaliy mashgulot (1), Luvr
    Mehnatni muhofaza qilishda nazorat o‘tkazishning tashkil etilishi

    Mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.


    Mehnat muhofazasiga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni amal qilinishining Davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7.11.1994-yildagi 538-sonli) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7.04. 2000-yildagi 130-sonli ) «Sanoatda va konchilikda ishlami bexatar olib borishni nazorat qilish agentligi» tomonidan amalga oshiriladi.
    O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi sohasidagi vazifalami amalga oshirish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.1995-yildagi 58-sonli qaroriga muvofiq) Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish boshqarmasiga yuklatilgan. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari O’zbekiston Respublikasining Bosh davlat texnik inspektori hisoblanadi. Mehnatning texnik inspektorlari, mas’ul xodimlar hisoblanib, ular korxona, tashkilot va muassasalarda xavfsiz mehnatning tashkil etilishini, ishlab chiqarish sanitariyasini va mehnat qonunchiligining amal qilinishini. ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining holatini, ulaming kelib chiqish sabablarini o‘rganishi va tekshiruvda ishtirok etishi O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Bosh texnik mehnat inspeksiyasi yo‘riqnomalari asosida amalga oshiradi. Bular xususida (Mehnat vazirligi Kollegiyasi qarorida 1995-yil 18-fevraldagi «mexnatning Davlat texnik inspeksiyasining huquqlari va burchlari» yo‘riqnomasida ko‘rsatib o'tilgan). Shuningdek, mehnat muhofazasi masalalarini tekshirishda qator davlat nazorat tashkilotlari: Davlat sanitariya nazorati; Davlat yong‘in xavfizligi nazorati; Davlat energiya nazorati; Davlat avtomobil xavfsizligi nazorati o‘zlarining vakolatlari doirasida ishtirok etadilar. Bu nazorat tizimlarining tekshirish huquqlari hukumat yoki tegishli vazirlik va yuqori tashkilotlaming tasdiqlagan qarorlarida ko‘rsatib o‘tiladi.
    «Sanoatda va konchilikda xavfsiz ishlarni qoMlash bo’yicha nazorat agentligi»ning tarkibiy boMimlariga soha inspeksiyalari kiradi va ular quyidagilardan tashkil topgan:

    • Ko‘mir, ruda kon va rudasiz kon sanoati nazorati;

    • Isleft va gaz sanoati nazorati;

    • Kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati nazorati;

    • Gaz ishlari nazorati;

    • Qozon va коЧагта uskunalar nazorati;

    • Geologik va qidimv ishlari nazorati;

    • Atom qurilmalari nazorati;

    • Neft mahsulotlarini tashish va saqlash nazorati;

    • Xavfli moddalami tashish ishlari nazorati;

    • Tabiatni muhofaza qilish, mineral xomashyolami qayta ishlash nazorati;

    • Donlami qayta ishlash va saqlashdagi texnologik jarayonlarga rioya etish nazorati;

    • Elektr stansiyalar, asosiy stansiyalar oralig‘idagi qo‘shimcha stansivalar va elektr tarmoqlarini uzatish ishlari nazorati va boshqalar.

    Davlat sanitariya nazorati SogMiqni saqlash vazirligining muassasalari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining tegishli qonuniy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Fuqarolaming sog‘lig‘ini *nuhofaza qilish «Davlat sanitariya nazorati» qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari asosida o‘z vazifalarini amalga oshiradi.
    Mehnat gigiyenasi bo‘yicha DavSan nazorati umumiy sanitar nazorat tizimining bir qismini tashkil etib, u respublika, viloyat, shahar, tuman davlat sanitar nazorati (DSEN) tashkilotlari bilan hamkorlikda nazorat ishlarini olib boradi.
    O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida: «Har kirn malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb e’tirof etilgan. Shuningdek, fuqarolarning sog‘ligini muhofaza qilish masalalari O’zbekiston Respublikasining «Fuqorolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida’»gi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»da va boshqa hujjatlarda ham ko'rsatib o‘tilgan.
    O'zbekiston Respublikasining «Fuqorolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida’»gi (1996-yiI 14-sentabrda kuchga kirgan) Qonunida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashning asosiy qoidalari, tartiblari keltirilgan, ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:

    • sog‘liqni saqlashda inson huquq va manfaatlariga tayanish;

    • aholining barcha qatlamlariga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish;

    • mehnat qobilyatini yo‘qotgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash;

    • fan va amaliyot birligini takomillashtirish va boshqalar.

    Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishchi va xizmatchilaming sog‘lig‘ini muhofaza qilishning asosiy vazifalariga: mehnat jarayonlarini va ish sharoitlarini yaxshilash, ishlovchilaming baxtsiz hodisa va kasb kasalliklariga uchramaslik tadbirlarini yaratishdan iborat. Jumladan, O^ihekiston Respublikasi SogMiqni saqlash vazirligning 2000-yij 6-iyuldagi 300-sonli buyrug‘iga asosan barcha ish beruvchilar ishchilami Tshga qabul qilishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlari shart deb ta’kidlangan.
    Barcha ishlab chiqarish sohalaridagi mehnat sharoitlarini nazorat qilishda, masalan, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining bor- yo‘qligi, ularning ishchi-xizmatchilaming sog‘lig‘iga, hayotiga keltiradigan ta’sirlar darajasini Davlat sanitariya nazoratining maxsus laboratoriyasida, «Sanoatda va konchilikda ishlaming bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi’da, Davlat standart nazorati ruxsati boMgan katta sanoat tarmoqlari, tashkilotlari va boshqa muassasalarning laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
    Respublikada mehnatni muhofaza qilish muammolari bo‘yicha ilmiy- tekshirish ishlari Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi qoshidagi «Mehnat muhofazasini normallashtirish» markazida, qator tarmoqlararo ilmiy tekshirish muassasalarida, laboratoriyalarda, oliy o‘quv yurtlarining «Mehnat muhofazasi» va «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedralarida amalga oshiriladi.
    Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklarining muammolari «Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklari» ilmiy tekshirish institutida hamda tibbiyot institutlarining «Mehnat muhofazasi va kasb kasalliklari» kafedralarida olib boriladi.
    Ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishi
    Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoida, norma va yo‘riqnomalarining buzilishi ishlovchilaming jarohatlanishiga, zaharlanishiga yoki kasb kasal- liklariga olib keladi. Jumladan, shikastlanish, inson tanasining teri yoki boshqa qismlariga tashqi ta’sirlar: mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’sirida yuzaga keladigan talafotdir. Masalan, urilishi natijasida orga- nizmning lat yeyishi, teri kesilishi, suyak sinishi, terming kuyishi, sovuq urishi, elektr toki urishi va boshqa inson faoliyatining buzilish holatlarini aytish mumkin. Jarohatlanish va baxtsiz hodisa 3 turga bo‘lib baholanadi:

    1. Ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish. 2. Ish bilan bog‘liq, lekin bevosita ishlab chiqarish bilan bogManmagan. 3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog‘lanmagan jarohatlanish.

    Birinchi turdagi jarohatlanishga ishchining ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida ish joyida oladigan jarohati kiradi.
    Ikkinchi turdagi jarohatlanishga korxona ma’muriyati topshirig‘i bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda oladigan jarohati kiradi (masa­lan, ishga borib-kelish vaqtida, xizmat safari vaqtida, boshqa obyektlar- dagi faoliyatda). Birinchi va ikkinchi turdagi jarohatlanishlarga (baxtsiz hodisalarga) ishab chiqarish bilan bog‘liq bo'lsa, ma’muriyat javobgar hisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo'qotilgan ish kunlari uchun haq to‘lanadi. Agar jarohatlanish ishning mehnat xavfsizligi qoida va nor- malariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan bo'lsa, u holda ishchi ma’muriyat xodimi bilan javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
    Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo‘lishi natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanisWar kiradi. Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natija­sida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararii omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy za- harlanish bir ish kunida yuz bersa, u o‘tkir zaharlanish deyiladi. Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilsa, u su- runkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib kela- di. Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlaming sodir bo'lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxo­nalarida yo‘l qo'yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi. Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko'riladi.Tekshirish, hisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasining nizomiga asosan sex boshligM, texnika xavfsizligi muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ishtirokida tuzilgan komissiya olib boradi. O’zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalami va xodim- lar salomatligining boshqa xil zararlanishni tekshirish va hisobga olish» to‘g‘risidagi Nizomda O’zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolar bilan mehnat faoliyatiga bog‘liq holda yuz bergan hodisalami hamda xodimlar salomat­ligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ushbu Nizomda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa- ni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini tekshirish va hisobga olish umumiy qoidalari va tartibi ko‘rsatilgan. Bir kundan kam boMgan ish kuni yo‘qotilgan baxtsiz hodisalarda 3 kun davomida tekshi- rilib, maxsus forma (N-l) bo‘yicha 4 nusxada akt tuziladi. Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari, bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilish kerakligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Aktni bosh muhandis tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex boshlig'iga, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, uchinchi nusxasi tarmoq kasaba uyushmasi markaziy qo'mitasiga - texnik nazoratchiga, to'rtinchi nusxa­si korxona mehnatni muhofaza qilish bo‘limiga nazorat o‘matish uchun beriladi. Baxtsiz hodisaning asoratlarining ketishing ham, keiib chiqishi- ni ham hisobga olib tuzilgan aktlami 45 yilgacha saqlash tavsiya etila- di. Tekshirishdan so‘ng korxona ma’muriyati yo‘l qo‘yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruqni e’lon qiladi, baxtsiz hodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi. Agar baxtsiz hodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o‘lim bilan tugagan bo‘lsa, u holda maxsus komissiva tomonidan tekshiriladi. Komis- siya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi. Tekshiruv materiallari 15 kunda tayyor bo‘lishi kerak. Bunday baxtsiz hodisalar kor­xona kasaba uyushmasi qo‘mitasida, yuqori tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitalarida batafsil ko‘rib chiqiladi.


    Download 60.16 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 60.16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnatni muhofaza qilishda nazorat o‘tkazishning tashkil etilishi

    Download 60.16 Kb.