4. CHIQUVCHI SIGNALLAR PARAMETRLARINI OʻLCHASH Qabul qilgichning chiqish qismida elektr impulslarining davomiyligi va
amplitudalarini oʻlchash uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Optik ulagich yordamida qabul qilgichga ulangan optik tolaga ulangan
uzatuvchi modulni yoqing.
2. Qabul qilgichning chiqishini C1-55 ossillografning 1-kirishiga ulang.
3. G4-54 generatorning chiqishini uzatuvchi modulning kirishiga va C1-55
ossillografning 2-kirishiga ulang.
4. Ta’minot manbaini ulang.
5. Uzatuvchining kirishi va qabul qilgichning chiqishida 1, 2, 5, 8, 10, 15,
17 Ggers chastotalar ketma-ketligida chiquvchi impulslar amplitudasi va
davomiyligini oʻlchang.
6. Oʻlchashlarni tamomlagandan soʻng qurilmani oʻchiring.
5.
NATIJALARNI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOʻRSATMALAR Natijalar 9.1-jadvalga kiritiladi.
9.1-jadval
Tajriba natijalari
Parametr
f, Mgers
U
kir
, V
Τ
kir
,ns
U
chiq
, V
Τ
chiq
, ns
№ t/r
Bu yerda
f – impulslar ketma-ketligi chastotasi;
U
kir
va U
chiq
− uzatuvchining kirishi va qabul qilgichning chiqishidagi
impulslar amplitudalari;
τ
kir
, τ
chiq
– kiruvchi va chiquvchi impulslar davomiyliklari.
U
chiq
= F(f) va τ
chiq
= F(f) bogʻliqlik grafiklarini yasang.
6. HISOBOTNI TUZISH UCHUN KOʻRSATMALAR Hisobotga quyidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim:
topshiriqning barcha punktlari;
laboratoriya qurilmasining strukturaviy sxemasi;
ishning jadvallar va grafiklar koʻrinishida tasvirlangan natijalari;
60
ish boʻyicha xulosalar va olingan natijalarning baholanishi (yozma
ravishda).