4
oʻtkazuvchanlik xususiyati namoyon boʻlishini nazarda tutib, qizigan shisha
boʻlaklari bilan elektr oʻlchashlari va tajribalarini olib borishda talabalardan
oʻta ehtiyotkor boʻlishlari talab etiladi.
Bugungi kunda ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga
optik materiallarga boʻlgan talab borgan sari ortib kirib bormoqda. Bu esa
oʻz navbatida bu soha muhandislaridan optik materiallarning xususiyatlarini
tajribada tekshirib koʻra olish malakalariga ega boʻlishlarini talab etadi.
Bunday malakalar tajribalar oʻtkazish asosida olib boriladi.
Oʻlchash deb,
aniqlanayotgan biror bir optik parametrni birlik deb qabul qilingan kattalik
bilan taqqoslashga, ya'ni birlikdan necha marta
farq qilishini aniqlashga
aytiladi. Oʻlchashning ikki turi mavjud:
bevosita va
bilvosita oʻlchash.
1.
Biror bir parametrni bir necha marta birlik kattalik bilan
taqqoslash orqali uning qiymatni tajribada aniqlash
bevosita oʻlchash
deyiladi. Masalan, uzunlik, massa, vaqt, harorat va boshqalarni
darajalangan (graduirovka qilingan) asboblar:
mikrometr, shtangensirkul,
sekundomer, termometr va boshqalar yordamida oʻlchanadi. Bunda
oʻlchanayotgan kattalikning miqdori asbobning qancha koʻrsatayotganligi
asosida toʻgʻridan-toʻgʻri yozib olinadi.
2.
Bevosita oʻlchanadigan parametrlar bilan oʻzaro qonuniy, ya'ni
funksional bogʻlangan boshqa bir parametrlar qiymatlarining aniqlanishi
bilvosita oʻlchash deyiladi.
Bunga misol qilib, zichlik, sindirish
koʻrsatkichi, mustahkamlik darajasi va boshqalarni hisoblashni koʻrsatish
mumkin.
Xatoliklar ikki xil boʻladi:
tizimli va
tasodifiy.
Tizimli xatolik koʻp hollarda asbobning toʻgʻri koʻrsatmaganligidan yoki
oʻlchash usulining aniq emasligidan hamda biror uzluksiz tashqi ta'sir
natijasida bir tomonlama yuzaga keladi. Masalan, jism haroratini termometr
yordamida oʻlchashda nol nuqta (reper nuqta)ning biroz siljib qolgani
tufayli, oʻlchash natijalariga zarur tuzatishlar kiritilmagunga qadar tizimli
xatolikka yoʻl qoʻyilaveradi.
Huddi shuningdek, modda sirtining quyosh
nurlari ta'sirida yoki biror issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlik tufayli
notekis isitilishi ham jism massasini oʻlchashda tizimli xatolikka olib keladi.
Ammo bu xatoliklarni aniqlash va uni bartaraf qilish juda murakkab
masaladir.
Umuman olganda, tizimli xatolik obyektiv sabablarga koʻra
paydo boʻladi.
Tizimli xatolik oʻlchash natijalariga faqat bir tomonlama taʻsir qiladi.
5
Demak, tizimli xatoliklar aniq sabablar tufayli yuzaga kelib, uning
miqdori takroriy oʻlchashlarda oʻzgarmasligi va maʻlum bir qonuniyat
boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
Tasodifiy xatolik esa subyektiv xarakterga ega boʻlib,
aniq bir
qonuniyatga boʻysunmaydi. Har bir oʻlchashning natijasi yo ortiq yoki kam
boʻlishi mumkin. Tasodifiy xatolik, asosan tajriba oʻtkazuvchining xatosi
tufayli yuzaga keladi.
Tasodifiy xatoliklarni ham huddi tizimli xatoliklar kabi butunlay bartaraf
qilib boʻlmaydi. Lekin oʻlchashdagi tasodifiy xatoliklarni hisobga oladigan
ehtimollik qonuniyatlarining elementlari yordamida
tasodifiy xatoliklarni
hisoblab, oʻlchanayotgan biror bir parametrning haqiqiy qiymatiga
birmuncha yaqin boʻlgan natijalarga erishish mumkin.
Quyida biz tasodifiy xatoliklar nazariyasining elementlariga toʻxtalib
oʻtamiz.