Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti optik materiallar va ularning




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana24.11.2023
Hajmi2,13 Mb.
#104420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Optik materiallar va ularning texnologiyasi

Qurilma va oʻlchash uslublari 
Suyuqliklarda yorugʻlikning yutilishini oʻrganish va Buger-Lambert-Ber 
qonunini tekshirish uchun yigʻilgan qurilmaning sxemasi 1-rasmda berilgan. 
U umumiy asosga (1) oʻrnatilgan boʻlib, gorizontal joylashgan yarim 
oʻtkazgichli lazerdan (3) 45 gradus burchak ostida joylashgan, yassi koʻzgu 
(5) va vertikal holda oʻrnatilgan silindr koʻrinishidagi kyuvetadan (6) iborat. 
Kyuvetaning yuqori uchiga fotodiod (9) oʻrnatilgan va hosil boʻlgan 
fototokni oʻlchash uchun (keng oʻlchash diapozoniga ega boʻlgan) raqamli 
mikroampermetrga (11) ulangan. Kyuveta maxsus rezina quvur (14) orqali 
qoʻshimcha shisha idishga (12) ulangan. Bu idishga oʻrganilayotgan 
suyuqlik (8) solinadi va uni har xil balandligini aniq qoʻyish uchun maxsus 
kran (13) oʻrnatilgan. Qoʻshimcha shisha idishni eng yuqori koʻtarilishi 
kyuvetaning uchiga joylashgan fotodioddan 3-5 sm pastroqda boʻlishi kerak. 


17
Yarim oʻtkazgichli lazer monoxromatik parallel nurlar dastasini hosil 
qiladi va bu nur dastasi koʻzgudan qaytib suyuqlik sirtining past qismiga tik 
tushadi. Suyuqlikning ma’lum qalinligidan oʻtgan nurning intensivligi 
fotodiodda elektr toki (fototok)ni hosil qiladi. 
Bizga ma’lumki, fotoelementlarda hosil boʻlgan fototok uning yuziga 
kelib tushayotgan yorugʻlikning intensivligiga toʻgʻri proporsional. Demak, 
biz suyuqlikning har xil qalinligiga mos keluvchi fototokni oʻlchash orqali 
berilgan intensivlikdagi nurning (I
o
) qancha qismi suyuqlik tomonidan 
yutilib, qalinligi (I
o
I) va qancha qismi suyuqlikdan oʻtganligini (I
bilishimiz mumkin boʻladi. 
Kyuvetaning tashqi sirtiga joylashtirilgan darajalangan oʻlchagichlar 7 
yordamida suyuqlik qatlamini aniq bilib va unga mos keluvchi fototokni 
oʻlchagan holda 

х
1
ln
0
I
)
x
(
I
) formula orqali berilgan suyuqlikda 
yorugʻlikning yutilish (yoki ekstinksiya koeffitsiyentini) koʻrsatkichini 
hisoblaymiz. 
Bu yerda I
o
ni bilish ma’lum qiyinchiliklar hosil qilishi mumkin. I
o
ni 
suyuqlik sirtiga tushayotgan yorugʻlikning intensivligi deb, ya’ni kyuvetada 
suyuqlik yoʻqligida oʻlchangan fototok orqali belgilashimiz mumkin. Lekin 
suyuqlik sirtiga nur kelib tushganda uning bir qismi suyuqlik sirtidan 
qaytadi. 
Bu qiyinchilikni yengish uchun berilgan suyuqlik (distillangan suv)ning 
yoki aralashma uchun har xil qalinliklari uchun (suyuqlik balandligini 5-10 
sm ga oʻzgartirib) oʻtgan yorugʻlik intensivligiga mos keluvchi fototokni 
oʻlchab yorugʻlikning yutilish koeffitsiyentini hisoblash kerak. Masalan, x
1
qalinlik uchun intensivlik I
1
boʻlsa va x
2
uchun I
2
yutilish koeffitsiyenti 
3.1–расм. Eksperimental 
qurilmaning prinsipial 
sxemasi 


18



1
2
1
х
х

ln(
1
2
I
I

boʻladi. 
Yuqorida qayd qilingan oʻlchashlarni bajarishga kirishishdan oldin 
berilgan qurilma bilan mukammal tanishib chiqish tavsiya qilinadi. Undan 
tashqari optik xususiyatlari oʻrganiladigan suyuqlik va har xil 
konsentratsiyadagi aralashmalar tayyorlanib, konsentratsiyasining son 
qiymati koʻrsatilgan shisha idishlarga solinadi. Berilgan konsentratsiyali 
aralashma uchun tajribalar oʻtkazilib boʻlingandan soʻng oʻlchash kyuvetasi 
distillangan suv bilan bir necha bor chayib tashlanadi. Buning uchun 
qoʻshimcha shisha idishga distillangan suv solinib bir necha marta yuqoriga 
koʻtarilib pastga tushirib chayib tashlanadi. 
Eslatma: Suyuqlikli shisha idishni yuqoriga koʻtarilganda uning 
balandligi fotodiodning balandligidan 5 sm pastroqda boʻlishi lozim.

Download 2,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti optik materiallar va ularning

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish