12
5. Nazorat savollari
1. Moddaning sindirish koʻrsatkichi deganda nimani tushunasiz?
2. Nisbiy sindirish koʻrsatkichi nimalarga bogʻliq?
3. Yorugʻlik bir muhitdan boshqa bir muhitga oʻtganida
qaysi paramertlari
oʻzgarib, qaysilari oʻzgarmasdan qoladi?
4. Bir jinsli optik muhit deganda nimani tushunasiz?
5. Tabiatdagi ikki muhit chegaralariga misollar keltiring.
Topshiriq:
Mavzuda yoritilgan shisha moddasining qoʻllanilishi haqida olgan
maʻlumotlar asosida 2.2-jadvalni toʻldiring.
2.2- jadval
№
Afzalliklari
Kamchiliklari
1.
2.
3.
4.
3-laboratoriya ishi:
Buger-Ber qonuni asosida yorugʻlikning yutilish va oʻtish
koeffitsiyentlarini hisoblash
Ishning maqsadi:
Yutilish koʻrsatkichini aniqlash va spektral oʻtish va yutilish
koeffitsiyentlarini suyuq aralashmaning qalinligi
va konsentratsiyasiga
bogʻliqligini olish.
Yorugʻlikning modda (suyuqlik, gazsimon, qattiq jism) bilan oʻzaro
ta’siri uning absorbsiya,
refraksiyasi, qutblanishi, sochilishi va hokazolar
orqali namoyon boʻladi. Bu hodisalarning har biri ma’lum
bir kattaliklar
orqali miqdoriy tavsiflanadi: bular − yutilish koeffitsiyenti, qutblanish
darajasi, sochilgan nurning intensivligi va hokazolar bilan nomlanadi.
Yorugʻlikning
ikki
muhit
chegarasida
qaytishi
va
sinishini
oʻrganayotganda uning yutilishi va sochilishini hisobga olmaymiz. Shuning
uchun bu jarayon faqat bitta kattalik − sindirish koʻrsatkichi
n orqali
13
ifodalanadi. Agar biz yorugʻlik intensivligi kamayishini ham hisobga
olmoqchi boʻlsak, u holda sindirish koʻrsatkichi bilan bir qatorda muhitda
yorugʻlikning yutilishi va sochilishini
hisobga oluvchi ekstinksiya
koeffitsiyenti (yoki yutilish koʻrsatkichi)ni kiritishimiz kerak boʻladi.
Biror bir muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik toʻlqinining elektromagnit
maydoni ta’sirida muhitning elektronlari tebranadi va toʻlqin energiyasining
bir qismi elektronlarni (optik elektronlarni, ya’ni, odatda,
atomga eng
kuchsiz bogʻlangan valent elektronlarni yorugʻlik dispersiyasining klassik
nazariyasidagi modelga e’tibor bering) tebrantirishga sarf boʻladi.
Modda sirtiga
I
o
intensivlikli monoxromatik parallel nurlar dastasi (yassi
toʻlqin) tushayotgan boʻlsin, intensivlikning (
dI) kamayishi moddaning
qalinligi (
dx) ga va muhitdan oʻtayotgan (
I)
intensivlikka proporsional
boʻladi.
–
dI
Idx
(3.1)
Birinchi formuladan
𝑑𝐼
𝐼
=
𝑑𝑥.
Bu ifodani
I
o
dan
I gacha va 0 dan
x gacha integrallab quyidagini olamiz: