|
Laboratoriya qurilmasining tavsifiBog'liq Optik materiallar va ularning texnologiyasi
2. Laboratoriya qurilmasining tavsifi
Ishda optik signal amplitudasi va shaklining optik tolaning uzun kesmasi
orqali oʻtganidagi oʻzgarishi kuzatiladi. Buning uchun strukturaviy sxemasi
1-rasmda tasvirlangan tajriba qurilmasi ishlatiladi. FOD-1204 qurilmasi
yordamida uzatuvchi modulning oʻlchangan chiqish quvvati taxminan 1
mVt ni tashkil qiladi. G5-54 generator bilan generatsiya qilinadigan
impulslarning shaklini kuzatish C1-55 ossillografi yordamida amalga
oshiriladi. Sxemada elektr energiya VSP-50 qurilmalari orqali ta’minlanadi.
Xavfsizlik choralari
Yodingizda tuting!
58
Ish oʻrnini tayyorlashda “Radioelektron qurilmalar bilan ishlash
yoʻriqnomasi” hamda “Simli aloqa radioapparaturasini ishlab chiqarish
boʻyicha texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalari”da
keltirilgan qoidalarga amal qilish zarur.
Bundan tashqari talabalar uchun oʻquv laboratoriyasida texnika
xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.
3. OʻLCHASHLARGA TAYYORGARLIK KOʻRISH
Qurilma tarkibiga kiruvchi har bir priborning “Texnik tavsifi va
foydalanish yoʻriqnomalari” boʻyicha ular bilan tanishib chiqiladi. Optik
uzatuvchining chiquvchi quvvatini oʻlchash uchun 9.5-rasmda keltirilgan
sxemaga asosan ish oʻrni tayorlanadi.
9.5-rasm. Oʻrganilayotgan optik tolali aloqa tizimi
1. C1-55 ossillografni yoqing va «Время/дел.» ruchkasini “0.2 ms”
holatiga, «Вольт/дел.» ruchkasini esa “2V” holatiga keltiring;
2. G4-54 generatorini yoqing. Impulslar ketma-ketligini 8 Mgers
holatiga, vaqt boʻyicha siljishni “0” holatiga, impuls davomiyligini
mumkin boʻlgan maksimal qiymatga, amplitudani “20 V” holatiga
keltiring;
3. Uzatuvchi modulning ta’minot blokini yoqing.
Yodingizda tuting!
Optik ulash va ajratishlarni gaykalarni burash orqali amalga oshiring.
Har ikkala qoʻlingiz bilan ehtiyotkorlik bilan ishlang.
|
| |