61
Bu usulning mohiyati qutblangan nur xossalari qoʻllanilishiga
asoslangan. ГОСТ 3519-69 talablariga koʻra bu usulni amalga oshirish
uchun ketma-ket joylashgan yorugʻlik manbai, qutblagich, kompensator va
optik oʻq atrofida aylanuvchi analizatorlardan
tarkib topgan oddiy
qutblagich ishlatiladi. Nur manbadan qutblagich orqali oʻtib chiziqli
qutblanib qoladi, keyincnalik anizotrop namunada elliptik qutblanib qolgan
boʻladi. Bunday nur, odatda, oddiy va oddiy boʻlmagan
nurlar deb
ataluvchi
2
ta
tashkil
etuvchi
orqali
tasvirlanadi.
Sindirish
korsatkichlarining turlicha ekanligi tufayli bu nurlar namunada turli
tezliklar bilan tarqaladi, bu esa ularning oʻrtasida yoʻllar farqi δ ning paydo
boʻlishiga olib keladi. Nurlar oʻrtasida qoʻshimcha yoʻllar farqi λ/4 ni hosil
qiluvchi kompensatsion plastinkadan foydalanib uning chiqishida chiziqli
qutblangan nur olinadi. Analizatordan foydalanib asbob optik oʻqi boʻylab
aylantirib qutblanish tekisligining burilish burchagi aniqlanadi.
Yoʻllar farqi boʻlishining asosiy sababi shishani
ishlab chiqarishning
soʻngi bosqichlarida paydo boʻluvchi termoelastik kuchlanishlar. Bu
kuchlanishlar material anizotropiyasining paydo boʻlishi va qutiblangan
nur holatining oʻzgarishiga olib keladi, shuning uchun ham bu usul shisha
tayyorlamalari, turli buyumlar yoki konstruksiya modellarining elastiklik
nazariyasining maxsus masalalarini yechishda kuchlanganlik holatini tahlil
qilish uchun keng qoʻllaniladi. Bunda δ ning
hisoblangan qiymati orqali
bosh normal kuchlanislar farqi σ
1
-σ
2
ning qiymati aniqlanadi. Eslatib
oʻtamizki, bosh normal kuchlanishlar σ
1
va σ
2
deb mos holda elementar
maydonchaning oʻzaro perpendikulyar yoʻnalishlarida ta’sir
qiluvchi eng
katta va eng kichik kuchlanishlarga aytiladi.
Izlanishlar koʻrsatadiki, agar mabodo namunada materialning elastiklik
chegarasi chegarasida kuchlanganlik holati oʻrinli boʻlsa (Guk qonuni
bajarilsa), u holda yoʻllar farqi δ bilan paydo boʻluvchi anizotropiya
quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
δ = В l
⋅(σ
1
−σ
2
) [nm],
bu yerda B – materialning mexanik kuchlanishlarga sezgirligini
tavsiflovchi
optik faollik koeffitsiyenti; l – qutblangan nur tarqalishi
yoʻnalishida oʻrganilayotgan namuna oʻlchami.
σ
1
−σ
2
= В δ
⋅ l ⋅10
−7
[Pa]
62
Ma’lumki, qoldiq kuchlanishlar sirtni deformatsiyalab shakl hosil
boʻlishi aniqligiga ta’sir qiladi, optik tavsiflarini oʻzgartiradi
hamda juft
tasvir hosil boʻlishiga olib keladi.