• 2. Spektrofotometrlar
  • Spektrofotometrlarning turlari, qurilmasi va ishlash prinsipi




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/31
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,13 Mb.
    #104420
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
    Bog'liq
    Optik materiallar va ularning texnologiyasi

    Spektrofotometrlarning turlari, qurilmasi va ishlash prinsipi 
    8.3-rasm. 
    Spektrofotometr qurilmasining prinsipial sxemasi
    Adsorbsiyali spektrofotometrlar turlari 
    1. Kolorimetrlar va fotokolorimetrlar 
    Fotokolorimetrlar bu boʻyalgan modda miqdorini koʻrinadigan nurlar 
    qismidagi elektromagnit spektrning yutilish va oʻtkazish kattaliklarini 
    oʻlchash usulida aniqlashga moʻljallangan qurilmalardir. 
    2. Spektrofotometrlar 
    Spektrofotometrning fotokolorimetrdan asosiy farqi oʻrganilayotgan 
    namuna orqali nafaqat 380-760 nm li koʻrinadigan nurning, balki yana yaqin 
    ultrabinafsha nurlar 200-300 nmli barcha diapazondagi toʻlqin uzunliklarini 
    yoritkich 
    kyuveta 
    monoxromator 
    Kuchaytirish 
    bloki 
    Mikroprotsessor 
    tizimi 


    49
    skanerlab har qanday zarur yorugʻlik oqimini oʻtkazish, fotometrik 
    oʻlchashlar olib borish mumkin. 
    Spektrofotometrlarning qayd etib oʻtilgan juda muhin ish rejimi – 
    skanerlash rejimining maqsadi bu – spektral yutilish (adsorbsiya) egri 
    chizigʻini chizish va undagi choʻqqilarni topish hamda interferensiya 
    jarayonlarini oʻrganish va spektrofotometrik oʻlchashlardagi notoʻgʻri 
    natijalarga olib keluvchi aldamchi choʻqqilarni izlashdir. 
     
    3. Ikki toʻlqinli spektrofotometrlar 
    Oʻtgan asr 50-yillari boshlarida Brayton Chans kuchli sochilayotgan va 
    loyqa namunalar yutilishining juda ham kichik boʻlgan oʻzgarishlarini 
    oʻlchashlarning yangi usulini taklif qilgan. Bu yerdagi asosiy gʻoya juda 
    oddiy: ikkita nurli spektroskopiyada namunali 2 ta kyuveta taqqoslash orqali 
    1 ta oʻzgaruvchan toʻlqin uzunligiga ega boʻlgan nur bilan nurlantirilayotgan 
    bir vaqtda, ikkita toʻlqinli absorbsion spektrofotometriyada faqatgina 2 ta 
    turli toʻlqin uzunliklariga ega boʻlgan nurlantiriluvchi namunali 1 ta kyuveta
    ishlatiladi va 1 va 2 oʻrtasidagi yutilishlar farqi oʻlchanadi. 
    Toʻqin uzunligi boʻyicha ajrata olish qobiliyati bu yerda yorugʻlik 
    kuchidan farqli ravishda ikkinchi darajali ahamiyatga ega boʻladi. Shuning 
    uchun han ikki toʻlqinli spektrofotometr “monoxromator”i sifatida tor 
    tasmali interferension filtrlarni ishlatsa ham boʻladi. Ular toʻrli 
    monoxromatorlarnikiga nisbatan kattaroq boʻlgan yorugʻlik kuchiga ega 
    boʻladi. 1 va 2 toʻlqin uzunliklariga ega boʻlgan 2 ta nurlar 30 dan to 100 
    Gerts chastotalar bilan tebranuvchi koʻzgu orqali almashlab namuna 
    nurlantiriladi. Mos I(1) va I(2) signallar faza sezuvchan kuchaytirgichning 
    kirish qismiga kelib tushadi, chiquvchi signal boʻlsa ma’lum oʻzgarishlardan 
    soʻng qayta ishlash uchun komp’yuterga uzatiladi. Namuna solingan 
    kyuveta doimiy harorat oʻlchashlarni ta’minlab beruvchi maxsus thermostat 
    ushlagichga joylashtiriladi. 

    Download 2,13 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Spektrofotometrlarning turlari, qurilmasi va ishlash prinsipi

    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish