• Spektrofotometr qanday tanlanadi
  • -rasm.  Spektrofotometrning koʻrinishi




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/31
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,13 Mb.
    #104420
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
    Bog'liq
    Optik materiallar va ularning texnologiyasi

     
    8.1-rasm. 
    Spektrofotometrning koʻrinishi
     


    46
    Spektrofotometrlarni qoʻllash 
    Spektrofotometrlar asosan quyidagi maqsadlarda qoʻllaniladi: 

    meditsina, biologik izlanishlar, analitik kimyo, farmatsevtikada 
    moddalar konsentratsiyasini aniqlash uchun

    aralashmalardagi optik zichlik va uning oʻzgarishi tezligini oʻlchash 
    uchun; 

    moddalarni tanib olish, moddalar tozaligi (kirishmalar borligi)ni 
    aniqlash uchun; 

    moddalar, kimyoviy reaktivlar, turli xildagi namunalar tuzilishi va 
    tarkibini oʻrganish uchun; 

    poligrafiya, sanoatda rang (lak boʻyoq, tekstil, kimyoviy, oziq-ovqat, 
    kosmetika va hokazolar)ni baholash uchun;

    ilmiy izlanishlar, astronomiya, fizika, biologiyada spektal tahlil qilish 
    uchun. 
    Spektrofotometr qanday tanlanadi? 
    Spektrofotometrni tanlashda qoʻyilgan masalani yechish uchun zarur 
    boʻlgan asosiy parametrlarini oldindan aniqlab olish zarur. Barcha 
    qurilmalarni 2 ta katta guruhlarga ajratish mumkin: 

    portativ; 

    statsionar. 


    47
    8.2-rasm. 
    Spektrofotometr orqali olingan tahlilning fotosurati 
    Portativ qurilmalarning ogʻirligi va oʻlchamlari uncha katta boʻlmaydi, 
    ularni oʻzi bilan yoʻga olib yurish mumkin, ular ishlab chiqarishdagi 
    shoshilinch oʻlchashlar uchun qulaydir. Statsionar qurilmalar boʻlsa 
    laboratoriyalarda oʻrnatish uchun moʻljallangan boʻlib, ular yanada aniqroq 
    va murakkabroq boʻlgan oʻlchashlarni amalga oshirishga imkon beradi. 
    Bunday spektrofotometrlar kompyuterga ulash, arxivlash, printerdan 
    chiqarish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun interfeysga ega boʻladilar. 
    Kimyoviy tahlil muhim boʻlgan hollarda texnik tavsiflardan 
    quyidagilarni hisobga olish zarur: 

    spektral diapazonni; 

    toʻlqin uzunligi tanlanishi aniqligini; 

    natijalar takrorlanuvchanligining tavsifini; 

    qurilmaning funksionalligini, u yoki bu oʻlchashlarni amalga 
    oshirishning mumkinligini, natijalarni qulay koʻrinishda olishni; 

    narxini; 

    oʻlchamlari va ogʻirligi (agar gap portativ qurilma ustida ketayotgan 
    boʻlsa); 

    namunalar uchun boʻlimlar oʻlchamlar (agar gap statsionar qurilma 
    ustida ketayotgan boʻlsa, chunki ular namunaga mos kelishi zarur). 


    48
    Qoʻshimcha ravishda kyuveta, Petri chashkalari mavjudligini e’tiborga 
    olish zarur. 
    8.2-rasm. 
    Spektrofotometr namunasi


    Download 2,13 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




    Download 2,13 Mb.
    Pdf ko'rish