• 7 - AMALIY MASHG’ULOT. KORXONA ELEKTR TARMOQLARIDA VA MAISHIY ISTE’MOLCHILAR (MI) POG‘ONALARIDAGI ENHATDA ELEKTR
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #241168
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Amaliy Raqamli energetika

     
    Nazorat savollari: 
    1.
    MET va KET pog‘onasidagi ENHAT haqida so‘zlab bering? 
    2.
    AIJ nima? 
    3.
    ALFA MARKAZ (AS_SE) asosi haqida so‘zlab bering? 
    4.
    MET MARKAZ ENHAT nimani ta’minlaydi? 
    5.
    MET va KET pog‘onasida qanday hisoblagichlar o‘rnatilgan? 
    Ko‘rsatkich 
    +W, 
    kW∙s 
    - W, 
    kW∙s 
    ∑W, 
    kW∙s 
    Q
    I

    kVAr 
    Q
    II

    kVAr 
    Q
    III

    kVAr 
    Q
    VI

    kVAr 
    ∑Q, 
    kVAr 
    Elektr energiya 
    Qabul qilib olish 
    Xususiy ehtiyoj
    Keyingi pog‘onaga 
    uzatish 
    Ko‘rsatkich 
    +W, 
    kW∙s 
    - W, 
    kW∙s 
    ∑W, 
    kW∙s 
    Q
    I

    kVAr 
    Q
    II

    kVAr 
    Q
    III

    kVAr 
    Q
    VI

    kVAr 
    ∑Q, 
    kVAr 
    Elektr energiya 
    Qabul qilib olish
    Xususiy ehtiyoj
    Keyingi pog‘onaga 
    uzatish 


    36 
    7 - AMALIY MASHG’ULOT. 
    KORXONA ELEKTR TARMOQLARIDA VA MAISHIY 
    ISTE’MOLCHILAR (MI) POG‘ONALARIDAGI ENHATDA ELEKTR 
    ENERGIYA IS’TEMOLINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH. 
    ENHAT tizimi o‘lchash (past pog‘ona), aloqa (o‘rta pog‘ona) va 
    ma’lumotlarni qayta ishlashni (yuqori pog‘ona) qamrab oladigan uch pog‘onali 
    piramida hisoblanadi. Past pog‘ona nimpog‘onalarni o‘z ichiga oladi, binobarin, 
    tizimning arxitekturasi ma’lumotlarni tizimiy intellektual o‘lchash asbobi boshqa 
    turdagi energiya turlarini (suv, gaz, issiqlik, harorat) o‘lchaydigan qurilmadan 
    olishiga imkon beradi. Bu qurilmalardan ma’lumotlar simli yoki simsiz aloqa 
    yordamida olinishi mumkin.
    Shuningdek, oldingi avlod qurilmalaridan impulslarni intelektual o‘lchash 
    asbobi M-shinasida qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan shaklga o‘zgartiradigan turli 
    o‘zgartirgichlar (simli va simsiz) ko‘zda tutilgan. ENHAT ni qurishda muhim 
    xususiyat – ENHAT yechimlarini boshqa yetkazib beruvchilar tizimiy qurilmalari 
    bilan o‘zaro ta’sirlashish imkoniyati hisoblanadi. “Iskraemeko”da bu 
    ma’lumotlarni uzatish ochiq halqaro standartlari va protokollarining (IEC 61334, 
    HDLC, DLMS/COSEM, TCP/IP, FTP, SNMP) qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. 
    Tizim foydalanuvchi sharoitlariga dinamik moslashishni ta’minlash bilan turli 
    aloqa yo’nalishlarini (DLC, RF, GSM/GPRS, RS485, M-Bus, ETHERNET) 
    qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim komponentlariga qurilmani sinxronlashtiradigan ilg‘or 
    yechimlar (signal kuchi va sifatini o‘lchash, qabul qilish-uzatish adaptiv tizimi, 
    o‘rnatish, boshqarish va h.k.) o‘rnatilgan, shuning uchun qo‘shimcha uskunalar 
    talab qilinmaydi. Bularning barchasi bir butun sifatida ENHAT tizimini sozlash, 
    ishga tushirish va ishlashini ushlab turishga imkon beradi. Foydalanuvchi uchun 
    qulay DT yagona tarmoqni nazorat qilish, ma’lumotlarni oddiy o‘qish, 
    ma’lumotlarni buyurtma bo‘yicha o‘qish, oldindan to‘lov tizimining ishlashi, 
    iste’molni cheklash, masofadan o‘chirish, ya’ni o‘lchov nuqtasini to‘liq nazorat 
    qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. 
    MI da ENHAT tizimini joriy etish masalasi bugungi kunda dolzarb bo‘lib 
    qolmoqda. Bu elektr energiyasi tariflarining doimiy o‘sib borishi va elektr energiya 
    to‘lovlarini to‘lamaslik, elektr energiyasidan maqsadli foydalanilmaslik bilan 
    bog‘liq. Bu yerda asosiy masala ko‘p qavvatli va hovli turur-joy binolarining elektr 
    energiya iste’molini hisobga olish bilan bog‘liq. Obyektlarda maishiy 
    iste’molchilarni hisobga olishni tashkil etishda quyidagi mummolar vujudga 
    keladi: 

    hisobga olish asboblari sonining ko‘pligi (gap o‘nlab va yuz minglab 
    hisobga olish nuqtalari haqida borishi mumkin); 

    katta hajmdagi hisobga olish asboblarini o‘rnatish va aloqa liniyasini 
    yotqizish bilan bog‘liq sozlash ishlari; 

    ko‘p sonli ko‘rsatkichlarni saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishni tashkil 
    etishning murakkabligi; 


    37 

    o‘lchash nuqtasidan uzoq masofada joylashgan ko‘p sonli asboblardan 
    ko‘rsatkichlarni yig‘ishdagi tezkorlikning pastligi; 

    tizimni qurishga sarflanadigan iqtisodiy harajatlar. 
    MI ENHAT tizimini tashkil etishning quyidagi variantlarini ajratib ko‘rsatish 
    mumkin: 
    1.
    Axborot tizimiga kiradigan hisobga olish asboblari abonentlar 
    xonadonlarida va kiritish taqsimlash qurilmalarida (KTQ) o‘rnatiladi. Asosiy 
    vazifa esa, har bir hisobga olish nuqtasi bo‘yicha energiya sarfini oy kesimida 
    tahlil qilishdan iborat. Ba’zan (3 oyda bir marta) energiya sotish tashkilotlari elektr 
    energiyasi iste’molini nazorat qilish maqsadida elektr energiyasi hisoblagichlari 
    ko‘rsatkichlarini qiymatlarini olishni talab qiladi. Bunday hisobga olish varianti 
    elektr hisoblagichlarini uzoq masofadan boshqarish masalasi bilan birga: tarif 
    jadvalini markazlashtirilgan almashtirish va iste’molchilar yuklamasini cheklash 
    masalalari ham keltirib chiqaradi. 
    2.
    Axborot tizimiga kiradigan hisobga olish asboblari faqat ko‘p qavatli 
    uylarning KTQ da va 0,4 kV nimpodstansiyalaridan chiqadigan transformatorlar 
    fiderlarida o‘rnatiladi. Birinchi masala tarmoq kompaniyalari uchun dolzarb, u 
    nimstansiyalardan chiqadigan fiderlarda o‘rnatilgan hisoblagichlardan yuklama 
    profilini va elektr tarmoq toki, kuchlanishi, quvvati, cos φ, chastota va boshqa 
    parametrlari to‘liq ko‘rsatkichlar to‘plamini operativ yig‘ishdan iborat. Ikkinchi 
    masala energiyani sotish tashkilotlari uchun dolzarb sanalib, uylarning KTQ da 
    o‘rnatilgan hisoblagichlardan har oyda elektr energiya iste’moli to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarni aniqlashdan iborat. 
    MI ENHAT quyidagilar bilan jihozlangan: 
    1. Energiya sistemaga bog‘liq bo‘lmagan xotirali va masofadan 
    boshqariladigan hisoblagichlar: 

    hisobga olish asboblaridan ko‘rsatkichlarni o‘qish; 

    hisobga olish asboblarini qayta dasturlash; 

    yuklamani cheklash yo‘li bilan energiya iste’molini boshqarish, zarurat 
    bo‘lganida uni uzish; 

    hisobga olish asboblari hodisalarini, ruxsat etilmagan ulanish faktlarini 
    ro‘yxatga olish; 

    quvvatning oniy qiymatini o‘qish (“muammoli” iste’molchilarni aniqlash). 
    2. Interfeys moduli va hisoblagichlar kontrolleri ko‘p kanalli tarmoq 
    modemlari funksiyalari ma’lumotlarini yig‘ish va uzatish qurilmalari. Bu 
    qurilmalar hisobga olish asboblaridan joriy axborotlarni xotirada saqlaydi va 
    ma’lumotlarni yig‘ish lokal blokiga elektr tarmoq bo‘yicha uzatadi; 
    3. Dispetcherlik bo‘limiga axborotlarni uzatish bo‘yicha elektr tarmoqlar 
    modemlarining ishlashini boshqarish funksiyalarini ishlatadigan ma’lumotlarni 
    yig‘ish lokal bloklari; 
    4. Energiya resurslarini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini qayta 
    ishlash, iste’mol qilingan resurslar uchun to‘lov summalari qiymatlarini hisoblash, 
    hisoblarni yozib berish bo‘yicha markaz hisoblangan dispetcherlik bo‘limlari; 


    38 
    5. Qavatlararo qutida joylashgan interfeys modulli elektr tarmoq modemi, 
    unga informatsion kabel yordamida energiya resursini hisobga olish asbobining 
    telemetrik chiqishi ulanadi. Bu yerda keladigan axborotlar vaqtga bog‘lanadi va 
    o‘rnatilgan dastur bo‘yicha qayta ishlanadi va markaziy dispetcher kompyuteriga 
    yuboriladi; 
    6. Iste’mol qilinadigan resurslar haqida axborotlarni ro‘yxatga olish, qayta 
    ishlash va aks ettirish apparatlar-dasturiy kompleksi hisoblangan markaziy 
    dispetcherlik bo‘limi. Markaziy dispetcherlik bo‘limi DTi yig‘ilgan axborotlarni 
    qayta ishlash natijalari sifatida quyidagi funksiyalarni ishlatishi mumkin: 

    hisoblarni yozib berish; 

    har bir xonadon uchun hisoblarni bosmadan chiqarib berish; 

    hisoblarni yangilash; 

    guruhlar bo‘yicha balansni bildirish; 

    o‘rnatilgan shaklda hisobotlarni shakllantirish. 
    II.Topshiriq 
    1. MI pog‘onasi tasvirlangan laboratoriya stendini o‘rganib chiqing.
    2. MI pog‘onasida o‘rnatilgan hisoblagichlarni o‘rganib chiqing. 
    3. Hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini qayd etib, quyidagi jadvalni 
    to‘ldiring.
    Ko‘rsatkich
    ∑P 
    Elektr energiya 
    Hisobotni rasmiylashtirish 
    Hisobot – ishdan maqsad, laboratoriya natijalaridan (ishni bajarish tartibi 
    orqali aniqlanadigan ketma-ketlikda) tashkil topishi kerak. 
    Hisobotda quyidagilar keltiriladi: 

    laboratoriya stendining sxemasi; 

    laboratoriya stendi elementlarining pasport ma’lumotlari; 

    jadvallar ko‘rinishida keltiriladigan laboratoriya asosida aniqlangan 
    quvvatlar va energiyalar qiymatlari; 

    ish natijalarini tahlil qilish va xulosalar. 

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika

    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish