• Nazorat savollari
  • 3 - AMALIY MASHG’ULOT. ELEKTR ENERGIYASI HISOBLAGICHLARINI O‘RGANISH VA ULARDA ELEKTR ENERGIYASI HISOBI ANIQLIGINI HISOBLASH
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #241168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Amaliy Raqamli energetika




    11 
     
     
    2.1-rasm. ENHAT tuzilmalari 
    Uchinchi tuzilma – barcha 6-10-35 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari va elektr 
    nimstansiyalaridan tashkil topgan ETKdan iborat. ENHAT ETK ga kirish 
    chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, 
    ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – tuman elektr tarmoqlari 
    (TET) tuzilmasiga elektr energiyasini uzatish uchun o‘rnatilgan uchta 
    hisoblagichlarga ega. 
    To‘rtinchi tuzilma – TET liniyalari va 6-10 kVli TP hamda 0,38 kV li elektr 
    tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga bu tuzilma aholi yashash joylari va 
    maishiy sektor iste’molchilari bilan aloqaga ega. Stendda 3 ta “Energiya-9” turdagi 
    uch fazali hisoblagichlar va CTK1-10 markadagi 5 ta “Energiya-9” turdagi bir 
    fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ular 1-aniqlik sinfiga ega va quyidagi rejimlarda 
    ishlaydi: 1. Ko‘p tarifli; 2. Plastik kartadan oldindan to‘lanishli; 3. Ulovchi va 
    uzuvchi rejimlarda. 
    Nazorat savollari:
    1.
    “O‘zbekenergo” DAK ENHAT tarkibi nimalardan iborat? 
    2.
    O‘zbekiston energetika tizimi qanday ENHAT pog‘onalaridan tashkil 
    topgan? 
    3.
    METning ENHAT tuzilmasini tushuntirib bering. 
    4.
    TETning ENHAT qanday qismlardan tashkil topgan? 
    5.
    ENHAT ni ishlatish uchun qanday texnik vositalardan foydalaniladi? 


    12 
    3 - AMALIY MASHG’ULOT. 
    ELEKTR ENERGIYASI HISOBLAGICHLARINI O‘RGANISH VA 
    ULARDA ELEKTR ENERGIYASI HISOBI ANIQLIGINI HISOBLASH

    Ko‘p funksiyali “Energiya 9” turidagi elektr energiyasi hisoblagichi bu 
    turkumdagi hisobga olish asboblarining yetakchisi hisoblanadi. Bu asboblar ishlab 
    chiqarish va energiya ta’minoti korxonalarida qo‘llanilishi uchun ularning 
    spetsifikasi hamda bu sohalarda elektr energiyasini hisoblash talablarini e’tiborga 
    olib maxsus ishlab chiqilgan. Bu turkumdagi hisoblagichlar 0,2S gacha aniqlik 
    sinfiga ega. Tok bo‘yicha yoki tok va kuchlanish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 
    transformator orqali ulanishi mumkin. O‘zgaruvchan tokdagi uch simli yoki to‘rt 
    simli tarmoqlarda qo‘llaniladi. Barcha hisoblagichlar infraqizil port va RS485 porti 
    bilan jihozlangan. Hisoblagich xotirasida aktiv va reaktiv energiya uchun fazalar 
    bo‘yicha yuklama grafigi saqlanadi, fazalar bo‘yicha tok grafigi olib boriladi. 
    Grafiklardan har birining saqlanish muddati bir yildan iborat. Hisoblagichlar 
    kuchlanish, tok, quvvat, cos φ, tarmoq chastotasining joriy qiymatlari 
    monitoringini olib borishga imkon beradi; energiya grafigini, yarim soat 
    maksimumlarini saqlaydi. Shu bilan birga tarif zonalarini hisobga olish 
    dasturlanadi. Yuklama yordamida boshqariladigan modifikatsiya yuklamani
    ulash/uzish uchun tashqi kontaktorni boshqarishga va ta’minot kuchlanishi 
    bo‘lmaganida ko‘rsatkichlarni olishga imkon beradi. Bu hisoblagichlar asosida 
    ENHATning tijorat va texnik hisoblari to‘g‘risida batafsil va aniq ma’lumot olish 
    imkonini beradi.
    Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

    CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

    3 – uch fazali; 

    0,2 – 0,2S; 0,5 – 0,5S; 10 – 1,0 S aniqlik sinfi; 

    Q2 – ikki yo‘nalishda: aktiv va reaktiv energiyani hisobga olish; 

    T1 (T2) –tok va kuchlanish bo‘yicha uch (to‘rt) simli transformatorli 
    ulanish: 100 V, 1 A; 

    T3 (T4) –tok va kuchlanish bo‘yicha uch (to‘rt) simli transformatorli 
    ulanish: 100 V, 5 A; 

    H3 (H4) –tok va kuchlanish bo‘yicha uch (to‘rt) simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    ulanish: 220 V (380 V), 5 A; 

    H5 (H6) –tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish: 
    380 V, 10 A (40 A), (380 V, 40 A (100 A); 

    M – ko‘p funksiyali, ko‘p tarifli, fazalar bo‘yicha yuklama va tok 
    grafiklarini shakllantirish, tarmoq parametrlarini monitoring qilish, maksimumlarni 
    qayd etish, RS485 interfeys, impulsli chiqish, optoport; 

    t – - 40 dan +50
    0
    C gacha ishchi haroratlar oralig‘i. 
    Qo‘shimcha funksiyalar

    «U»– yuklamani boshqarish funksiyasi; 

    «UVP» –tashqi ta’minot tuguni (TTT). 


    13 
    Ko‘p tarifli bir fazali hisoblagichlar 
    STK1-10.K52I4Zt va STK1-10.K55I4Zt bir fazali hisoblagichlar “Energiya 
    9” turkumidagi maishiy hisoblagichlarning davomi hisoblanadi. Bu turdagi 
    hisoblagichlarning boshqa maishiy hisoblagichlardan farqi shundaki, sutka vaqtlari 
    bo‘yicha differensiallangan (pog‘onalashgan) tariflar asosida hisobga olishni 
    amalga oshirish imkonini beradi. Bu hisoblagichlar ko‘p tarifli hisoblanadi. 
    Hisoblagich 12 ta mavsum bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olishga 
    mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har biri 8 ta tarif zonalari bo‘yicha dasturlanishi 
    mumkin. Bundan tashqari, hisoblagich yuklama grafigini va hodisalar jurnalini 
    shakllantiradi, ikki turdagi interfeys bilan jihozlangan: tokli halqa va optoport. 
    Ruxsat etilmagan ulanishlardan signalizatsiya va himoyalash ko‘zda tutilgan. Bu 
    hisoblagichlar asosida EHNAT ni qurish mumkin. Hisoblagich funksional jihatdan 
    mavjud analoglaridan ustun, narxi ham u qadar yuqori emas.
    CTK1-10.VU1(5)t ko‘p tarifli bir fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan 
    kontaktorga ega. Sutkaning vaqtlari bo‘yicha differensiallangan (pog‘onalashgan) 
    tariflar sharoitida elektr energiya iste’molini hisobga olishni olib borishga imkon 
    beradi. Bu energiya iste’molini optimallashtirishga va elektr energiyasi 
    xarajatlarini kamaytirishga sharoit yaratadi. Bundan tashqari, bu hisoblagichlar 
    elektr energiyasi uchun oldindan to‘lash tizimi “Omega” bilan birgalikda 
    qo‘llanilishi mumkin. 
    Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

    CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich

    1 –bir fazali; 

    10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

    K52 (K55) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan: 220 V, 5 
    A (60 A); 

    Z – ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash funksiyasi; 

    B – oldindan to‘lov rejimini tashkil etish imkoniyati; 

    I4 – ko‘p tarifli hisobga olish, elektron indikator, interfeys, optoport; 

    t – - 40 dan +50
    0
    C gacha ishchi haroratlar oralig‘i; 
    UVN – tashqi kontaktorni boshqarish funksiyasi (CTK1-10.VU10t ko‘p tarifli 
    bir fazali hisoblagichlar uchun).
    Ko‘p tarifli uch fazali hisoblagichlar 
    Yangi CTK3-10AN7R.t va CTK3-10AN9R.t turdagi ko‘p tarifli uch fazali 
    hisoblagichlar sanoat korxonalarida, turar-joy binolarida elektr energiyasi 
    iste’molini hisobga olish uchun va ko‘chani yoritish korxonalarida elektr 
    energiyasini hisobga olish uchun qo‘llanilishi mumkin. Hisoblagich 12 ta mavsum 
    bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har biri 
    8 ta tarif zonalari bo‘yicha dasturlanishi mumkin. Bundan tashqari, bu 
    hisoblagichlar yuklama grafigini va hodisalar jurnalini shakllantiradi, ikki turdagi 
    interfeys turlari bilan jihozlangan: tokli halqa va optoport. Ruxsat etilmagan 
    ulanishlardan signalizatsiya va himoyalash ko‘zda tutilgan. Bu hisoblagichlar 


    14 
    asosida EHNAT
    ni qurish mumkin. Hisoblagich funksional jihatdan mavjud 
    analoglaridan ustun, narxi ham u qadar yuqoiri emas.
    CTK3-10A1N5(9)R.Vt ko‘p tarifli hisoblagichlar sutkaning vaqtlari bo‘yicha 
    differensiallangan (pog‘onalashgan) tariflar sharoitida elektr energiya iste’molini 
    hisobga olishni olib borishga imkon beradi. Bu energiya iste’molini 
    optimallashtirishga va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga sharoit 
    yaratadi. Bundan tashqari, bu hisoblagichlar elektr energiyasi uchun oldindan 
    to‘lash tizimi “Omega” bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin. 
    Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

    CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

    3 – uch fazali; 

    10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

    A1 – aktiv energiyani hisobga olish; 

    H4 – tok va kuchlanish bo‘yicha transformatorli to‘rt simli ulanish: 220 V 
    (380 V), 5 A; 

    H5 – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli transformatorli ulanish: 380 V, 
    10 A (40 A); 

    H7 (H9) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish: 
    380 V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A)); 

    P – ko‘p tarifli, yuklama va tok grafiklarini shakllantirish, “tokli halqa” 
    interfeysi, impulsli chiqish, optoport, hodisalar jurnali; 

    B – oldindan to‘lash rejimini tashkil etish imkoniyati; 

    “U” qo‘shimcha funksiya – yuklamani boshqarish funksiyasi (maishiy va bir 
    tarifli hisoblagichlardan tashqari); 

    t – - 40 dan +55
    0
    C gacha ishchi haroratlar oralig‘i. 
    Bir tarifli uch fazali hisoblagichlar 
    Bir tarifli uch fazali elektron hisoblagichlar turkumiga kiruvchi CTK3-
    10AN7.K4t va CTK3-10Q2N4.K4t turidagi hisoblagichlar uch fazali tarmoqlarda 
    elektr energiya iste’molini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ular maishiy va 
    kichik quvvatli kuch iste’molchilari sektorida ishlatildi. Shunga qaramay, bu 
    guruhdagi hisoblagichlar tranformatorli ulanishda bo‘lib, ular aktiv va reaktiv 
    energiyani generatsiyalash va iste’molini hisobga olishni olib borish imkoniyatini 
    beradi. Ma’lumotlarni masofadan olishni amalga oshirish uchun RS485 
    interfeysga ega. Shu bilan birga tarmoq hamda yuklamaning joriy kuchlanishi, 
    toki, cos φ, iste’mol quvvati kabi parametrlarini monitoring qilish imkonini beradi.
    Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

    CTK 
    – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

    1 – bir fazali; 3 – uch fazali; 

    10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

    A1 – aktiv energiyani hisobga olish; Q2 – ikki yo‘nalishda aktiv va reaktiv 
    energiyani hisobga olish; 

    T3– tok va kuchlanish bo‘yicha uch simli transformatorli ulanish: 100 V, 5 A; 


    15 

    H4 – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli transformatorli ulanish: 380 V, 5 A; 

    H7 (H9) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish: 380 
    V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A)); 

    I – qo‘shimcha interfeysning mavjudligi. 
    Bir tarifli bir fazali hisoblagichlar 
    Bir tarifli bir fazali “Telekart-Asbob” hisoblagichlari maishiy sektorda 
    qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Maksimal tokning yuqori qiymati tufayli ular elektr 
    energiyasini ko‘p miqdorda iste’mol qiladigan ko‘p sonli elektr asboblar bilan 
    jihozlangan uylarda va xonadonlarda qo‘llanilishi mumkin.
    “Telekart-Asbob” MCHJ ishlab chiqaradigan barcha hisoblagichlar 1,0 dan 
    past bo‘lmagan aniqlik sinflariga ega va ishchi harorat oralig‘i -40 dan +55
    0
    C ni 
    tashkil etadi. Eng oddiy modifikatsiyalar mexanik indikatorga ega, lekin suyuq 
    kristalli indikator (SKI) o‘rnatilgan, EHAT ga ulanish uchun interfeys chiqishiga, 
    himoyalash va ruxsat etilmagan ulanishlardan indikatsiya tizimiga ega bo‘lgan 
    modellari mavjud.
    Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

    CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

    1 – bir fazali; 3 – uch fazali; 

    10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

    K52 (K55) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish: 220 V, 5 
    A (60 A), (2 0, 10 A (100 A); 

    I0 – elektron-mexanik indikator; 

    I2 – elektron indikator va interfeys; 

    S – o‘lchovchi shunt element; 

    Z – ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash funksiyasi; 

    t – - 40 dan +55
    0
    C gacha ishchi haroratlar oralig‘i. 
    Hisoblagichlarning DTi 
    Hisoblagichlarning DTi quyidagi parametrlardan iborat: 
    1.
    Identifikatsiya prametrlari: 
    -
    hisoblagichni «initsializatsiya» sanasi; 
    -
    hisoblagichning identifikatori. 
    2.
    Hisoblagichning asosiy parametrlari: 
    -
    integratsiyalash davrlari (15, 30, 60 minut); 
    -
    vaqtni korreksiya qilish soniyalar soni (kunda bir marta), ±10 soniya 
    oraliqlarida; 
    -
    yozgi/qishki vaqtga o‘tish (ha/yo‘q); 
    -
    yozgi/qishki vaqtga o‘tish parametrlari (sana, vaqt); 
    -
    mavsumlar bo‘yicha oylarni bo‘lish (12 tagacha); 
    -
    har bir mavsum uchun 8 tagacha vaqtli tarif zonalarini dasturlash imkoniyati; 
    -
    shanba, yakshanba va bayram kunlarida ularga alohida tariflar berish bilan 
    vaqt zonalarini dasturlash imkoniyati (modifikatsiyaga bog‘liq ravishda). 


    16 
    3. Yig‘iladigan ma’lumotlar va saqlanadigan axborotlar:
    -
    “Butunlay”, “Bir oyga” formatdagi har bir tarif uchun hisobga olinadigan 
    energiya miqdori (joriy va oldingi, shuningdek, oxirgi 13 oylik ko‘rsatkichlar); 
    -
    ta’minotning ulanishlari soni (tarmoq kuchlanishlarining yo‘qotilishi); 
    -
    hisoblagichga ruxsat etishlar soni, oxirgi ruxsat etishning sanasi va vaqti; 
    -
    hisoblagich korpusining ochilishlari soni, oxirgisining sanasi va vaqti. 
    4.Yuklamani ulash/uzishni boshqarish imkoniyati (modifikatsiyashga bog‘liq 
    ravishda): 
    -
    1 boshqarish kanallarining soni; 
    -
    tarifikatsion vaqt oralig‘ini ishlashi vaqti bo‘yicha boshqarish imkoniyati; 
    -
    interfeys bo‘yicha hisoblagichga uzatilgan buyruq bo‘yicha boshqarish 
    imkoniyati; 
    -
    boshqarish kanali kommutatsiyalaydigan tok, 1 A dan ortiq emas. 
    Hisoblagichni dasturlash. 
    1.
    Hisoblagich parametrlarini quyidagicha dasturlash mumkin: 
    -
    ketma-ket port bo‘yicha kompyuter yurdamida boshqarish; 
    -
    parametrlarni almashtirish qurilmasidan foydalanish – optoport yordamida. 
    2.
    Hisoblagichni dasturlash energiya ta’minoti korxonasi tomonidan
    ishlatish joyiga o‘rnatishdan oldin yoki ishlatilishi jarayonida “Energiya” 
    masofadan boshqarish tizimi vositalari orqali amalga oshiriladi.
    3.
    Dasturlash «Konsol» dasturi yordamida amalga oshiriladi. 
    4.
    Agar shanba, yakshanba va bayram kunlari alohida tariflar bo‘yicha 
    tariflashtirish zarurati bo‘lgan hollarda, bu kunlar uchun xam ish kunlariga 
    o‘xshash tariflarni tayinlash va vaqt zonalarini dasturlash zarur. Bayram kunlarida 
    ishlatish uchun bayram nishonlanadigan kun sanalarini ko‘rsatish lozim. 
    5.
    Statistik axborotlarni yig‘ish va dasturlashni o‘tkazish «Konsol» 
    DTining “Dasturlash bo‘yicha ko‘rsatmalar” bo‘limida keltirilgan. 
    3.1- jadval 
    Bir va uch fazali hisoblagichlarning texnik xarakteristikalari va ularning 
    tavsifi jadvali 
    № 
    Texnik xarakteristikalar 
    O‘lch. 
    bir. 
    Bir fazali 
    Uch fazali 

    Aniqlik sinfi 
    1,0 
    1,0 

    Nominal kuchlanish qiymati 

    220 
    3x220 

    Tarmoqning nominal chastotasi 
    Gs 
    50 
    50 

    Hisoblagichlar 
    ta’minoti 
    kirish 
    kuchlanishida amalga oshiriladi 

    Nominal tok 

    5,10,40 
    5,10 

    Maksimal tok 

    40,60,100 
    60,100 

    Hisoblagichning sezgirligi 
    0,0025I
    nom 
    0,0025I
    nom

    Hisoblagich iste’mol quvvati 
    Vt 



    Hisoblagichlarning gabarit o‘lchamlari
    mm 
    200x130x80 
    170x330x92 
    10 
    Hisoblagichlarning o‘rnatilgan o‘lchamlari:
    vertikal bo‘yicha 
    mm 
    (150±2) 
    (230±2) 
    gorizontal bo‘yicha 
    mm 
    (108±2) 
    (150±2) 
    11 
    Hisoblagichlarnng og‘irligi 
    kg 
    2,8 



    17 
    Bir fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning vazifalari 
    1.
    Bir fazali hisoblagich turli ish rejimlariga qayta ulashga, yakuniy
    registrlar qiymatlarini ko‘rishga va foydalanuvchi uchun ruxsat etilgan 
    parametrlarni tuzatishga imkon beradigan ikki tugma bilan jihozlangan. 
    2.
    “O‘RNATISH” tugmasining bosilishi hisoblagichning “Asosiy ish 
    rejimi” rejimidan “Servis” rejimiga qayta ulanishiga olib keladi.
    “Servis” rejimi – bu tugmaning bosilishi tuzatish amalga oshirilishi kerak 
    bo‘lgan pozitsiyaning tanlanishiga yoki tuzatilgan qiymatni xotirada saqlanishiga 
    yoki buyruqning bajarilishiga (masalan, yuklamani uzish zaruratida) olib keladi. 
    3.
    “Servis” rejimida “TANLOV” tugmasining bosilishi menyu bo‘limlari 
    bo‘yicha siklik surilishga olib keladi. 
    Qiymatlarni tuzatishda bu tugmaning bosilishi ruxsat etilganlar ro‘yxatidan 
    tuzatiladigan qiymatni o‘zgartirishga yoki yakuniy registrlarni “varaqlash” ga olib 
    keladi. 
    Uch fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning vazifalari 
    1.
    Uch fazali hisoblagich turli ish rejimlariga qayta ulashga, yakuniy
    registrlar qiymatlarini ko‘rishga va foydalanuvchi uchun ruxsat etilgan 
    parametrlarni tuzatishga imkon beradigan o‘n ikkita tugmalar bilan jihozlangan. 
    2.
    Iste’molchiga kuchlanish berilganda hisoblagich avtomatik ravishda 
    “Asosiy ish rejimi” ga qayta ulanadi.
    3.
    “JAMI” [1] tugmasining bosilishi, hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan 
    boshlab barcha tariflar bo‘yicha ayni vaqtga qadar bo‘lgan elektr energiyasi 
    iste’molining hisobga olingan miqdorini aks ettiradi.
    “TARIF BO‘YICHA” [2] tugmasining bosilishi hisoblagich o‘rnatilgan 
    vaqtdan boshlab bu vaqtdagi amaldagi tarif bo‘yicha elektr energiyasining hisobga 
    olingan miqdorini aks ettiradi.
    “QUVVAT” [3] tugmasining bosilishi yuklama iste’mol qilayotgan 
    quvvatning joriy qiymatini aks ettiradi.
    “TO‘LOV” [4] tugmasi – elektr energiya iste’moli uchun amalga oshirilgan 
    to‘lov to‘g‘risida ma’lumotni aks ettiradi. Ya’ni, bu tugmaning bosilishi ayni 
    vaqtga qadar kiritilgan to‘lovni, to‘lov qoldig‘ini yoki qarzdorlikni (agar 
    chiqariladigan son manfiy bo‘lsa) bilish imkonini beradi. Bu tugma hisoblagich 
    faqat elektr energiya uchun to‘lov oldindan amalga oshirilgan rejimidagina 
    ishlaydi.
    “VAQT/SANA” [5] tugmasining bosilishi navbat bilan vaqt va sananing joriy 
    qiymatlarining aks ettirilishiga olib keladi.
    “KONTAKTOR” [6] tugmasi bosilganida o‘rnatilgan kontaktor bilan 
    boshqarish buyrugini (komandasini) aks ettirilishiga olib keladi.
    Oldindan to‘lash bilan boshqariladigan quvvatning ortib ketishi bo‘yicha yoki 
    interfeys kirish orqali buyrug (komanda) bo‘yicha o‘chirilgan kontaktorni yoqish 
    faqat qo‘l orqali “KONTAKTOR” [6] tugmasini yoki [ ]tugmani bosish orqali 
    mumkin bo‘ladi. 
    4. “TANLOV” tugmasining bosilishi hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan boshlab 
    “ENERGIYA-1” dagi yoki joriy oydagi “ENERGIYA-2” yoki o‘tgan oydagi 
    “ENERGIYA-3” jami har bir bir tarif bo‘yicha elektr energiyasi iste’molini 


    18 
    hisobga olingan qiymatlarini ko‘rib chiqish yoki hisoblagichda dasturlashtirilgan 
    tariflar qiymatlarini, shuningdek, “VER” DT versiyasining raqamini ko‘rib chiqish 
    rejimiga o‘tishga olib keladi. Ko‘rib chiqishga zarur ma’lumotlarni tanlash 
    “Ro‘yxat bo‘yicha YUQORIGA” [8], “Ro‘yxat bo‘yicha PASTGA” [0] va
    “O‘RNATISH” [#] tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi. 
    5. Ko‘rsatilgan qiymatlarni ko‘rib chiqishda “TANLOV” tugmasining 
    bosilishi ko‘rib chiqilayotgan ro‘yxatdan chiqishga, bu tugmaning takroran 
    bosilishi esa “Asosiy rejim” ga qaytishga olib keladi. 
    6. Agar hisoblagich “Servis” rejimiga o‘tkazilgan bo‘lsa, tugma oxirgi 
    bosilgan vaqttdan 20 sekund o‘tganidan keyin “Asosiy rejim” ga avtomatik o‘tish 
    amalga oshadi. 
    Hisoblagichni turli ish rejimlariga qayta ulanishi 
    1. Hisoblagichda uning ish rejimiga bog‘liq ravishda butun alfavitli-raqamli 
    axborotlar chiqariladigan bir satrli o‘n ikki darajali SKI qo‘llanilgan.
    “Asosiy ish rejimi” da SKI da joriy sana va vaqt siklik ma’lumotlar aks 
    ettiriladi, shuningdek, hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan boshlab hisobga olingan 
    elektr energiyaning umumiy miqdori doimo aks ettiriladi.
    Hisobga olingan elektr energiya haqida axborotlarni aks ettirilishi
    dasturlashtirilgan rejimga bog‘liq ravishda 6 formatda va verguldan keyin 1 
    tagacha (000000,0) yoki 6 va 2 ta belgi (00000,00) bo‘lishi mumkin. 
    Izoh. To‘lib ketishda (999999,9) hisobga olingan energiyaning keyigi 
    ko‘rsatilishi noldan (000000,0) boshlanadi, lekin hisoblagich xotirasida nol orqali 
    o‘tmaydigan yig‘indi qiymat saqlanadi. Bu qiymat interfeys kanallari orqali 
    hisoblarga so‘rov berilganda o‘qilishi mumkin. 
    Joriy vaqt aks ettirilishida SKI birinchi darajada yonadigan raqam hafta 
    kunlarining tartibini bildiradi: 1 – dushanba, 2 – seshanba va h.k.. 
    2. Hisoblagichda “Ish” yorug‘lik diodili indikator mavjud. Bu yorug‘lik 
    diodining pirpirashi energiya iste’moli haqida signal beradi, bunda pirpirash 
    chastotasi quvvat ortishi bilan ortadi. 
    3. Hisoblagichda “Limit” yorug‘lik-diodli indikator mavjud. Bu yorug‘lik 
    diodining yonmasligi to‘lovni o‘z vaqtida va yetarli darajada amalga 
    oshirilmaganligi haqida signal beradi. Bu yorug‘lik diodining pirpirashi to‘lov 
    qoldig‘ining nolga yaqinlashayotganligi haqida xabar beradi va yaqin vaqtda 
    to‘lovlarni qabul qilish bo‘limlariga borish zarurligini bildiradi. Bu yorug‘lik 
    diodining tekis yonishi kiritilgan to‘lovni to‘liq ishlatib bo‘linganligini bildiradi, 
    agar avtomatik o‘chirish rejimi dasturlashtirilgan bo‘lsa hisoblagichdan yuklamani 
    avtomatik uzilishi mumkinligini bildiradi. 
    4. Hisoblagichda “Kontaktor” yorug‘lik diodli indikator mavjud. Bu 
    yorug‘lik diodining yonmasligi oldindan to‘lov bilan boshqariladigan 
    kontaktorning yoqilgan holati haqida (yuklama elektr tarmoqqa ulangan), yonishi 
    esa o‘chirilgani haqida (yuklama uzilgan) signal beradi. 
    5. Optoport orqali hisoblagichni ochish yoki yopishga ruxsat berish 
    imkoniyati mavjud. Ruxsat berish “Konsol”dasturi buyrug‘i yordamida ochilishi 
    yoki yopilishi mumkin. Agar ruxsat berish yopiq bo‘lsa, optoport orqali qandaydir 


    19 
    axborotni o‘qish yoki yozish mumkin bo‘lmay qoladi (xususan, parametrlarni 
    almashtirish qurilmasi yordamida). 
    6. Optoport orqali ruxsat berish hisoblagich SKI ida “SERVIS” rejimi 
    menyusi bo‘limida quyidagi yozuvlar orqali ko‘rsatiladi: 
    Opto yes ­ ruxsat berish ochiq. 
    Opto no ­ ruxsat berish yopiq. 
    6.
    Elektr energiyasini hisobga olish ko‘rsatkichlari to‘g‘ridan­to‘g‘ri 
    kilovatt­soatlarda, ko‘rsatkichning darajalari soni quyidagi formatda: 
    1)
    00000,00 ­ vergulgacha oltita belgi, keyin ikkita belgi; 
    2)
    000000,0 ­ vergulgacha etita belgi, keyin bitta belgi. 

    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika

    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish