• 6 - AMALIY MASHG’ULOT. MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI POG‘ONASIDAGI ENHATDA ELEKTR ENERGIYA IS’TEMOLINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #241168
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Amaliy Raqamli energetika

    Nazorat savollari: 
    1.
    Ko‘p pog‘onali ENHAT qanday masalalarni yechishga imkon beradi? 
    2.
    Hisoblagichlarning asosiy qismi nima bilan bog‘langan? 
    3.
    ES pog‘onasida AIJ qanday funksiyani bajaradi? 
    4.
    ES pog‘onasida qanday hisoblagichlar o‘rnatilgan? 
    5.
    Hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari qanday olinadi? 


    34 
    6 - AMALIY MASHG’ULOT. 
    MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI POG‘ONASIDAGI 
    ENHATDA ELEKTR ENERGIYA IS’TEMOLINI HISOBLASH VA 
    TAHLIL QILISH.
    Har bir MET MARKAZ korxonasi lokal tarmoqni (LAN) va 3-4 ta AIJni 
    o‘zida jamlagan ENHAT ni tashkil etadi. Obyekt pog‘onasida nimstansiyalarda 15 
    dan 60 tagacha hisobga olish nuqtalari joylashadi. Bu nuqtalarda majud 
    nimstansiya bo‘yicha 40-200 ta parametrlarni hisobga oladigan EvroALFA 
    turidagi ko‘p funksiyali elektr energiyasi hisoblagichlari o‘rnatiladi. Shuningdek, 
    nimstansiyalarda bittadan RTU-310, RTU-314 ma’lumotlarni yig‘ish va qayta 
    ishlash qurilmasi (MYQIQ) o‘rnatiladi va bitta ish joyi bo‘yicha AIJ ENHAT 
    tashkil etiladi. 
    AIJ ENHAT – bu MYQIQ dan axborotlar oladigan Alfa MARKAZ DTi 
    o‘rnatilgan (AS_RE versiyasi) personal kompyuter hisoblanadi. RTU-300 
    turkumdagi 
    MYQIQ 
    EvroALFA 
    ko‘p 
    funksiyali 
    elektr 
    energiyasi 
    mikroprotsessorli hisoblagichlaridan raqamli kanallar bo‘yicha (RS485 interfeys) 
    axborotlarni yig‘adi. Axborotlarni yig’ish nimstansiya pog‘onasida 5 daqiqalik 
    vaqt oralig‘ida shakllantiriladi. ALFAMARKAZ (AC_SE) asosidagi yig‘ish 
    markaziga axborotlar 30-daqiqalik vaqt oralig‘i bilan uzatiladi. Qayerda ajratilgan 
    kanal bo‘lsa uzatish real vaqtda bo‘ladi, qayerda kommutatsiyalanadigan kanal 
    bo‘lsa, uzatish sutkasiga bir marta bo‘ladi. O‘rnatilgan sinxronlashtirish qurilmasi 
    butun tizim bo‘yicha yagona tizimiy vaqtni sinxronlatirishni ta’minlaydi. Aloqa 
    seanslarida korxonalar serverlarining sinxronlashtirilishi, obyektlar MYQIQ lari
    ulardan hisoblagichlar va AIJ lar ish rejimlarini sinxronlashtirilishi amalga oshadi. 
    MET MARKAZ ENHAT keladigan va chiqariladigan elektr energiyasining 
    tizimlararo aktiv va reaktiv energiya oqimlarini (peretoklarni), nimstansiyalar 
    ho‘jalik, ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlariga iste’moli ma’lumotlarini hisobga 
    olishni ta’minlaydi.
    MET MARKAZ ENHAT zamonaviy qurilmalar va DTlardan foydalanish, 
    elektr energiyasini to‘liq raqamli hisobga olishga o‘tilganligi tufayli hisobga 
    olishning aniqliligi va ishonchliligini oshiradi, qabul qiladigan va uzatadigan elektr 
    energiyasini tezkor nazorat qilinishini ta’minlaydi va yakunda MET MARKAZ 
    barcha korxonalarining ishlash samaradorligini oshiradi. 
    Topshiriq 
    1. MET va KET pog‘onalari tasvirlangan laboratoriya stendini o‘rganib chiqing.
    2. MET va KET pog‘onalarida o‘rnatilgan hisoblagichlarni o‘rganib chiqing. 
    3. Hisoblagichlardan so‘ralgan qiymatlarni olib, quyidagi jadvalni to‘ldiring.
    4. MET va KET pog‘onalari oralig‘idagi quvvat isroflarini aniqlang. 
    5. Ko‘rilayotgan sana uchun (sana o‘qituvchi tomonidan beriladi) MET va KET 
    pog‘onalarining qabul qilayotgan elektr energiyasi miqdorini aniqlang va kunlik 
    yuklama grafigi quring. 


    35 
    MET uchun 
    KET uchun 
    Hisobotni rasmiylashtirish 
    Hisobot – ishdan maqsad, laboratoriya natijalaridan (ishni bajarish tartibi 
    orqali aniqlanadigan ketma-ketlikda) tashkil topishi kerak. 
    Hisobotda quyidagilar keltiriladi: 

    laboratoriya stendining sxemasi; 

    laboratoriya stendi elementlarining pasport ma’lumotlari; 

    jadvallar ko‘rinishida keltiriladigan laboratoriya asosida aniqlangan 
    quvvatlar va energiyalar qiymatlari

    ish natijalarini tahlil qilish va xulosalar. 

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika

    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish