1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
RAQAMLI ENERGETIKA
fanidan amaliy mashg‘ulot ishlarini bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Toshkent 2018
2
UDK 621.311.21
Tuzuvchilar:
Meliqo‘ziyev M.V., Baxodirov I.I. «Elektr ta’minoti
tizimida energiya hisobi va nazorati» fanidan amaliy
mashg‘ulot ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. –
Toshkent, ToshDTU, 2018. - 40b.
«Raqamli energetika» fanidan amaliy mashg‘ulot ishlarini bajarish
uchun uslubiy ko‘rsatma 5310200 - Elektr energetikasi(Elektr ta’minoti)
yo‘nalishida tahsil oladigan talabalarning fanni o‘zlashtirish jarayonida
olgan nazariy bilimlarini kengaytirish va mustahkamlashni o‘ziga
maqsad qiladi.
Toshkent davlat texnika universiteti
ilmiy-uslubiy kengashining
qaroriga asosan chop etildi.
Taqrizchilar:
D.B.Qodirov – TIQXMMI kafedra mudiri, PhD.
O.M.Burxonxodjayev – ToshDTU “Elektr texnikasi” kafedrasi
dotsenti.
©Toshkent davlat texnika universiteti, 2018
3
1 - AMALIY MASHG’ULOT.
ENHAT POG’ONALARIDAGI ISTE’MOLINI HISOBLASH VA
TAHLIL QILISH
.
Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish
va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va
energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan
ham turli
tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilgan
avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan foydalanishga asoslangan
tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu maqsadda iste’molchilar hamda
ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida ENHATni tashkil qiladilar.
ENHAT bu – nazorat-o‘lchov qurilmalari, aloqa kommunikatsiya-lari
(ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT)
dan tashkil
topgan energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik hisobga
olishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
ENHAT quyidagilarga imkon beradi:
-
elektrenergiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashinuvini
avtomatlashtirish;
-
elektrenergiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni
avtomatlashtirish;
-
elektrenergiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini
oshirishga erishish;
-
elektrenergetik tizimlarning texnik holatlarining
avtomatik nazorat
qilinishini ta’minlash;
-
iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli
boshqarish sxemalarini ishlatish;
korxonaning ish samaradorligini oshirish.
ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
elektrenergiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls
chiqishli);
-
ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummatorlar
va boshqalar);
-
kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, ajratilgan
telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar);
-
aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar,
multipleksorlar va
boshqalar);
-
maxsus DT o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan
ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr
energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun).
ENHATning DTi quyidagi tizimlardan iborat:
-
ma’lumotlar bazasi(MB)ni va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini boshqarish
tizimi;
-
aloqa va kuch iste’molchilari liniyasi bo‘yicha hisoblagichlarni
avtomatik
so‘rov tizimi;
-
elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko‘rinishda aks ettirish tizimi;
5
o‘lchashni o‘rtacha minimal intervalli yoki uzluksiz amalga oshiriladigan
telemetrik yoki raqamli birlamchi o‘lchash asboblari (BO‘A) (hisoblagichlar);
ikkinchi pog‘ona – berilgan siklda butun sutka davomida hududiy
taqsimlangan BO‘A dan o‘lchash ma’lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va yuqori
pog‘onalarga uzatishni amalga oshiradigan maxsus o‘lchov tizimlari yoki
energiyani hisobga olishni o‘rnatilgan
DT ko‘p funksiyali dasturlanadigan o‘zgartirgichlari bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish
va tayyorlash qurilmalari (MYTQ);
uchinchi pog‘ona – MYTQ dan (yoki MYTQ guruhidan) axborotlarni yig‘ish,
bu axborotlarni hisobga olish nuqtalari bo‘yicha
hamda ularning guruhlari
bo‘yicha, ya’ni korxona bo‘linmalari va obyektlari bo‘yicha yakuniy qayta
ishlash, bosh energetik xizmati operativ personali va korxona rahbariyati
ma’lumotlarni tahlil etishi va yechimni qabul qilishi (boshqarishi) uchun qulay
bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish ma’lumotlarini aks ettirilishi va
hujjatlashtirilishini amalga oshiradigan pog‘ona. Bunda ENHAT maxsus DT
ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash markazi serveri yoki personal kompyuteri
(PK) yordamida amalga oshiriladi.
to‘rtinchi pog‘ona – uchinchi pog‘ona malumotlarini yig‘ish va qayta ishlash
markazlari PK dan yoki serverlar guruhidan axborotlarni yig‘ishni,
hisobga olish
obyektlari guruhlari bo‘yicha axborotlarni tizimlashtirish va birlashtirishni, bosh
energetik xizmati operativ personali va hududiy taqsimlangan o‘rta va yirik
quvvatli korxonalar yoki energiya ta’minoti korxonalari rahbariyati tahlil etishi va
yechimni qabul qilishi (boshqarishi) uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish
ma’lumotlarining aks ettirilishi va hujjatlashtirilishini, energiya resurslarini
yetkazib berishga shartnomalarni olib borish va energiya resurslariga hisoblash
uchun to‘lov hujjatlarini shakllantirishni amalga oshiradigan pog‘ona.
Bunda
ENHAT DTi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning markaziy serveri
yordamida amalga oshiriladi.
ENHATning barcha pog‘onalari o‘zaro aloqa kanallari yordamida
bog‘langan. BO‘A, MYTQ yoki ma’lumotlarni yig‘ish markazlari (MYM),
pog‘onalari aloqalari uchun standart interfeyslar (RS turdagi, IRPS va boshqalar)
bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘lanish ishlatiladi. Uchinchi pog‘ona
ma’lumotlarini yig‘ish markaziy MYTQ lar, uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalar
ma’lumotlarini yig‘ish markazlari ajratilgan kommutatsiyalanadigan aloqa
kanallari bo‘yicha yoki lokal tarmoq bo‘yicha ulanishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan ish joyiga (AIJ) qo‘yiladigan talablar:
Protsessor Pentium 4
Operativ xotira hajmi 256 Mb
Qattiq disk hajmi 40 Gb
CD-ROM ning bo‘lishi
Monitorning bo‘lishi
Bo‘sh COM portning bo‘lishi
Operatsion tizim Windows 2000/XP