• 5 - AMALIY MASHG’ULOT. ELEKTR STANSIYALAR POG‘ONASIDAGI ENHATDA ELEKTR ENERGIYA IS’TEMOINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #241168
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Amaliy Raqamli energetika

    Nazorat savollari: 
    1.
    Altair Jr dasturini ishga tushirish qanday amalga oshiriladi? 
    2.
    ENHAT Altair Jr dasturining qanday ish rejimlari mavjud? 
    3.
    Elektr parametrlarni joriy o‘lchash qanday amalga oshiriladi? 
    4.
    Energiya va yuklama grafiklari qanday chiziladi? 
    5.
    Iste’mol qilingan energiya hisobotining tuzilmasi qanday shakllantiriladi? 
    6.
    Tariflar bo‘yicha hisobot qanday tuziladi?


    30 
    5 - AMALIY MASHG’ULOT. 
    ELEKTR STANSIYALAR POG‘ONASIDAGI ENHATDA ELEKTR 
    ENERGIYA IS’TEMOINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH.
     
    Istalgan murakkablikdagi pog‘onadagi ENHAT (“O‘zbekenergo” DAK, 
    MET, ETK, TET, PS, ES) bir xil sxema bo‘yicha quriladi. 
    Farqi konfiguratsiyada, texnik va dasturiy vositalar sonida ko‘rinadi.
    “O‘zbekenergo” DAK sinfidagi korxona ENHAT bir qator o‘ziga xos 
    xususiyatlarga ega. Avvalo, uning yetarlicha geografik keng tarqalganligi, chunki
    “O‘zbekenergo” DAK sub’yekt hududiga (viloyat, respublika) xizmat ko‘rsatadi. 
    Bu shuni bildiradiki, ENHAT o‘zaro aloqa kommunikatsiyalari orqali hududiy 
    ENHAT ga (HENHAT) birlashtirilgan lokal tizimlardan (LENHAT) tashkil topadi. 
    “O‘zbekenergo” DAK tarkibiga PS, TET, ETK, MET va ES kabi bir necha 
    korxonalar kirishi mumkin. 
    “O‘zbekenergo” DAK uchun ENHAT muammolarini quyidagi bir necha 
    yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin: 

    tizimlararo va davlatlararo oqimlar (peretoki) (FOREM da hisoblashlarni 
    avtomatlashtirish); 

    ichki tizimli oqimlar (peretoki); 

    foydalanuvchilar (foydalanuvchilar bilan hisoblashlarni avtomatlashtirish). 
    Taqdim etilgan yo‘nalishlardan har biri o‘ziga xos xususiyatga ega, lekin 
    ularni tashkil etish umumiy prinsip asosida amalga oshiriladi. 
    Hisoblagichlarning asosiy qismi birinchi pog‘ona ma’lumotlarni yig‘ish 
    markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallari orqali doimiy bog‘langan va 
    ENHAT ni tashkil etishning uchinchi usulidagi kabi berilgan so‘rov jadvaliga 
    muvofiq amalga oshiriladi. Ba’zi hisoblagichlar va birinchi pog‘ona ma’lumotlarni 
    yig‘ish markazlari orasida doimiy aloqa bo‘lmasligi mumkin, ular ENHAT ni 
    tashkil etishning uchinchi usulidagi kabi ko‘chma kompyuter yordamida 
    bajarilishi mumkin. Hisoblagichlardan birlamchi axborotlar birinchi pog‘ona 
    ma’lumotlarni yig‘ish markazlari MO ga yoziladi, unda ma’lumotlarni qayta 
    ishlash ham amalga oshadi. Ikkinchi pog‘ona ma’lumotlarni yig‘ish markazlarida 
    axborotlarni qo‘shimcha birlashtirish va tizilmalashtirish, ularni ikkinchi pog‘ona 
    ma’lumotlarni yig‘ish markazlari MO ga yozish orqali amalga oshiriladi. ENHAT 
    ni bunday tashkil etish usulida MO sifatida ORACLE8.X ma’lumotlar omborini 
    boshqarish tizimidan (MOBT) foydalanish tavsiya qilinadi. Alfa MARKAZ 
    dasturiy kompleksining asosiy konfiguratsiyasi 4, 8, 16, 32 aloqa kanallari 
    bo‘yicha ma’lumotlarni parallel yig‘ishni tashkil etishga imkon beradi. 16, 32 
    kanallarda kommunikatsion server sifatida alohida EHM ni ishlatish zarur.
    Aloqa kanallari ajratilgan, kommutatsiyalanadigan, to‘g‘ri ulanishli bo‘lishi 
    mumkin. 
    Har 
    bir 
    kanalning 
    parametrlari 
    liniyaning 
    turi 
    va 
    uning 
    xarakteristikalariga bog‘liq ravishda individual sozlanishi mumkin. Tizimda bir 
    necha kommunikatsion serverlar parallel ishlashi mumkin. Bunda ma’lumotlarni 
    yig‘ish tizimi barcha parametrlarining tavsifi, obyektlarning barcha elektr va 
    hisoblash sxemalarining tavsifi, shuningdek, barcha birlamchi va hisoblash 


    31 
    ma’lumotlari faqat MO serverida va ma’lumotlarni yig‘ish markazi ilovalarida 
    saqlanadi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi faqat ma’lumotlarni yig‘ish va qayta 
    ishlashni amalga oshiradi. 
    Foydalanuvchilar AIJ lari ularga lokal tarmoq bo‘yicha ulanadi. Obyektda
    hisoblagichlar soni uncha katta bo‘lmaganida birinchi pog‘ona ma’lumotlarni 
    yig‘ish markazi AIJ funksiyasini bajarishi mumkin. Birinchi pog‘ona 
    ma’lumotlarni yig‘ish markazlari ikkinchi pog‘ona ma’lumotlarni yig‘ish 
    markazlari bilan bog‘langan. Aloqa kanallari lokal tarmoq bo‘yicha ajratilgan, 
    kommutatsiyalanadigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishli bo‘lishi mumkin. Ikkinchi 
    pog‘ona ma’lumotlarni yig‘ish markazi serveri birinchi pog‘ona ma’lumotlarni 
    yig‘ish markazi MO dan o‘rnatilgan jadvalga muvofiq zarur axborotlarni avtomatik 
    so‘raydi. Hududiy taqsimlangan o‘rta va yirik quvvatli korxona yoki energetik 
    tizimi uchun ko‘p pog‘onali ENHAT ni tashkil etish quyidagi masalalarni 
    yechishga imkon beradi: 

    yetkazish/iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash; 

    korxona va uning infratuzilmaviy elementlari (turar-joy va issiqlik 
    obyektlari, sexlar, bo‘linmalar) bo‘yicha energiya resurslarini kompleks 
    avtomatlashtirilgan tijorat va texnik hisobga olinishi; 

    elektr energiyasiga hisoblashni amalga oshirish uchun shartnomalarni olib 
    borish va to‘lov hujjatlarini shakllantirish; 

    berilgan vaqt intervallarida (5 minut, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, 
    dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) berilgan limitlar va quvvatni texnologik 
    cheklashlarga nisbatan hisobga olish nuqtalari va obyektlari bo‘yicha energiya 
    iste’moli va elektr energiyasining sifat ko’rsatkichini nazorat qilish; 

    me’yoriy-ma’lumotlar axborotlarini olib borish; 

    elektr energiyasini hisobga olish va elektr energiyasining sifat ko’rsatkichini
    nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash va hisobotlarni shakllantirish; 

    energiya resurslarining nazorat qilinadigan parametrlarining

    o‘zgarishlarini qayd etish, ularning energiya iste’molini hamda ishlab 
    chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun absolyut va nisbiy birliklarda baholash;

    nazorat qilinadigan kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oraliqlaridan 
    o‘zgarishlari haqida signalizatsiya (rang bilan, tovush bilan); 

    ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish; 

    obyektlarning elektr bog‘lanishlarini va ularning xarakteristikalarining 
    tavsifi; 

    kommunikatsiya va xarakteristika so‘rovlarini parametrlashtirish; 

    tizimni tahlil qilish; 

    yagona tizim vaqtini ushlab turish. 


    32 
    5.1-rasm. ES pog‘onasidagi ENHAT 
    Topshiriq 
    1. ES pog‘onasi tasvirlangan laboratoriya stendini o‘rganib chiqing.
    2. ES pog‘onasida o‘rnatilgan hisoblagichlarni o‘rganib chiqing. 
    3. Hisoblagichlardan so‘ralgan qiymatlarni olib, quyidagi jadvalni to‘ldiring.
    4. ES pog‘onasida generatsiya qilish va keyingi pog‘onaga uzatish oralig‘ida 
    quvvat isroflarini aniqlang. 
    5. Ko‘rilayotgan sana uchun (sana o‘qituvchi tomonidan beriladi) ES 
    pog‘onasining qabul qilayotgan elektr energiyasi miqdorini aniqlang va kunlik 
    yuklama grafigi quring. 


    33 
    Ko‘rsatkich 
    +W, 
    kW∙s 
    - W, 
    kW∙s 
    ∑W, 
    kW∙s 
    Q
    I

    kVAr 
    Q
    II

    kVAr 
    Q
    III

    kVAr 
    Q
    VI

    kVAr 
    ∑Q, 
    kVAr 
    Elektr energiya 
    Generatsiya 
    Xususiy ehtiyoj
    Texnologik 
    ehtiyoj 
    Keyingi 
    pog‘onaga uzatish 
    Hisobotni rasmiylashtirish 
    Hisobot – ishdan maqsad, laboratoriya natijalaridan (ishni bajarish tartibi 
    orqali aniqlanadigan ketma-ketlikda) tashkil topishi kerak. 
    Hisobotda quyidagilar keltiriladi: 

    laboratoriya stendining sxemasi; 

    laboratoriya stendi elementlarining pasport ma’lumotlari; 

    jadvallar ko‘rinishida keltiriladigan laboratoriya asosida aniqlangan 
    quvvatlar va energiyalar qiymatlari; 

    ish natijalarini tahlil qilish va xulosalar. 

    Download 1,53 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika

    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish