7
GSM modemli ENHAT
GSM modemlarda ENHATni qurish juda
qulay va bu sxemalar oson
ishlatiladi. Bunday sxema AIJ dan hisoblagichlar qanday masofada bo‘lishidan
qat’iy nazar, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini
yaratish imkoniyatini beradi. “Altair Jr” DT hamda GSM modem o‘rnatilgan
istalgan AIJ hisoblagichlaridan ma’lumotlarni olish imkonnini beradi.
Shunday
qilib, ma’lumotlarni korxona energetigining hamda yuqori pog‘onalardagi
AIJlardan ma’lumotlarni olish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT
TC-485 ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi
ENHATni qurish korxona
energetigi lokal AIJdan to‘g‘ri simli aloqali ENHAT bo‘yicha va viloyat energiya
ta’minoti korxonasi AIJ dan GSM kanali orqali hisoblagichlarda
saqlanayotgan
axborotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish zarur bo‘lgan hollarda optimal yechim
hisoblanadi.
Bunday hollarda korxonaga zamonaviy GSM modemlarni sotib olish zarurati
va GSM aloqaga sarflarni qilishi kerak bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, TC-485
ma’lumotlarni uzatish moduli “Energiya-9” markali hisoblagichlari bilan ishlash
uchun moslashtirilgan va qo‘shimcha sozlash ishlarini va DTni talab qilmaydi. Bu
esa o‘z navbatida bu sxemadagi ENHATni ishga tushirish xarajatlarini
kamaytiradi.