• 2 - AMALIY MASHG’ULOT. O‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMIDA ENHAT NI O‘RGANISH.
  • Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/12
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #241168
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Amaliy Raqamli energetika

    Nazorat savollari:
    1.
    ENHATning tatbiq etilish sabablari nimalardan iborat? 
    2.
    Elektr ta’minoti korxonasi uchun ENHAT nimalarga imkon beradi? 
    3.
    Iste’molchilar uchun ENHATning afzalliklari nimalardan iborat? 
    4.
    ENHAT tarkibiga nimalar kiradi? 



    5.
    ENHATning DTi nima uchun mo‘ljallangan? 
    6.
    ENHAT ning qanday funksiyalari mavjud? 
    7.
    Lokal pog‘onada ENHAT nimalardan tashkil topgan? 
    8.
    ENHATning ko‘p pog‘onali tuzilmasini tushuntirib bering. 
    9.
    To‘g‘ri simli aloqali ENHAT ning qo‘llanilish sohalari to‘g‘risida so‘zlab 
    bering. 
    10. GSM modemlardagi ENHAT sxemasi qanday qurilgan? 
    11. Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT ning afzalliklari nimalardan 
    iborat? 



    2 - AMALIY MASHG’ULOT. 
    O‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMIDA ENHAT NI O‘RGANISH.
    O‘zbekiston energetika tizimida ENHAT ikki o‘zaro bog‘langan tarmoqlarga 
    ega: 
    Yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarining (MET) ENHAT; 
    Ta’minlash-taqsimlash elektr tarmoqlarining (TTET) ENHAT. 
    MET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega: 
    -
    yuqori pog‘ona –milliy dispetcherlik markazi, “Energiya sotish” va 
    “O‘zelektrtarmoq” korxonalari elektr energiyasini taqsimlash koordinatori, hisobga 
    olish texnik operatoridan iborat - “O‘zbekenergo” DAK pog‘onasi; 
    -
    O‘zbekiston energetika tizimi hududiy bo‘limlari pog‘onasi - 
    “O‘zelektrtarmoq” UK (MET) filiallari; 
    -
    taqsimlash subyektlari pog‘onasi - METning viloyat bo‘limlari, sotish, 
    ta’minot elektr tarmoqlari va elektr stansiyalari. 
    MET pog‘onasi METlarning ma’muriy hududida joylashgan energiya 
    obyektlari va iste’molchilarning balansli va idoraviy tegishliligidan qat’iy nazar
    ularning elektr energiyasi va quvvatlarini taqsimlanishi haqida axborotlarni yig‘ish 
    va birlamchi qayta ishlashni amalga oshiriladigan asosiy pog‘ona hisoblanadi. 
    TTET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega: 
    -
    yuqori pog‘ona – sotish-taqsimlash elektr tarmoqlar korxonalari (ETK); 
    -
    energiya obyektlari (elektr stansiya va nimstansiyalar);
    -
    tuman elektr tarmoqlari (TET); 
    -
    elektr energiyasi iste’molchilari (ishlab chiqarish va ularga tenglashtirilgan 
    korxonalar, qishloq xo‘jalik, kommunal-maishiy korxonalar va boshqa 
    iste’molchilar). 
    Har bir quyi pog‘onalarda axborotlar o‘zaro belgilangan hajmlarda va 
    formatlarda qayta ishlanishi va yuqori pog‘onaga uzatilishi kerak.
    Axborotlarni qayta ishlash va uzatish oralig‘i quyidagicha: 
    -
    operativ – 10 sekunddan ortiq bo‘lmagan (operativ boshqarishdagi 
    maqsadlar uchun); 
    -
    tijorat – 30 minutli, talab qilinadigan vaqtda quvvatning (elektr 
    energiyasining) o‘rtacha qiymatlari haqida;
    -
    taqvim – sutkalik iste’mol ko‘rsatkichlari haqida; 
    -
    o‘sib borish tartibi bilan yakunlanadigan (elektr energiya va quvvat haqida 
    haftalik va oylik axborotlar). 
    Barcha sanab o‘tilgan pog‘onalarda ENHATning axborotlarni yig‘ish va 
    qayta ishlash markazlari ETKning tuzilmaviy bo‘linmalari hisoblanadi. 
    Axborotlarni uzatish uchun quyidagi kommutatsiyalanadigan yoki ajratilgan 
    aloqa kanallari ishlatiladi: 
    -
    kabelli va simli telefon kanallari; 
    -
    yuqori kuchlanishli liniyalar bo‘yicha yuqori chastotali aloqa kanalari; 
    -
    radiostansiyalar asosidagi radiokanallar, uyali yoki boshqa mobil aloqa 
    kanallari. 


    10 
    Elektr energiyasi va quvvati to‘g‘risidagi dastlabki axborotlar MET hududida 
    joylashgan ENHAT obyektlarida: elektr stansiyalar, nimstansiyalar va blok-
    stansiyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida shakllantiriladi. 
    ENHAT tuzilmasi va funksiyalarining ishlatilishi uchun universal va maxsus 
    texnik vositalar ishlatiladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
    -
    elektr energiyasi sarfini hisobga olish asboblari (hisoblagichlar) va o‘lchov 
    o‘zgartirgichlari (datchiglar); 
    -
    axborot-o‘lchov tizimlari (AO‘T) – hisoblagichlardan olingan axborotlarni 
    yig‘ish, birlamchi qayta ishlash, saqlash va axborotlarni uzatishning 
    avtomatlashtirilgan vositalari; 
    -
    axborotlarni qayta ishlash markazlariga AO‘T dan axborotlarni uzatish 
    vositalari bo‘lgan lokal tarmoqlar, aloqa kanallari, modemlar va boshqa qurilmalar; 
    -
    energiya obyektlaridan keladigan axborotlarni qayta ishlash markazlari va
    ENHAT iyerarxiyasi pog‘onalari orasida axborotlarni almashtirish uchun hisoblash 
    texnikasi vositalari; 
    -
    ENHAT DT tizimiy, funksional va texnologik qismlardan tashkil topgan. 
    Tizimiy va funksional DT ENHAT iyerarxiyasi pog‘onasiga, bajariladigan 
    vazifalarga va foydalaniladigan texnik vositalarga bog‘liq. Texnologik DT esa, 
    bevosita ENHAT tatbiq etilgan obyektning texnologik jarayoniga bog‘liq ravishda 
    amalga oshiriladi. 
    “O‘zbekenergo” DAK ENHATning imitatsion axborot-tahlil modeli 
    ToshDTU da “Eletktr ta’minoti” kafedrasida “O‘zbekenergo” DAK
    imitatsion axborot-tahlil stendining modeli o‘rnatilgan, bu yerda butun respublika 
    bo‘yicha ENHAT tuzilmasi va boshqaruvi aniq ko‘rsatilgan. Stendda quyidagi 
    to‘rtta tuzilmalar bilan aloqaga va boshqaruvga ega bo‘lgan bosh axborot-tahlil 
    markazi tasvirlangan: 
    Birinchi tuzilma – barcha issiqlik va gidroelektrostansiyalardan iborat. 
    ENHAT generatsiya, o‘z ehtiyojlari, texnologik ehtiyojlar va tuzilmaga berish 
    uchun CTK3 turidagi “Energiya-9” markali uch fazali ko‘p funksiyali to‘rtta 
    hisoblagichga ega.
    Ikkinchi tuzilma – barcha 110-220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari 
    va nimstansiyalardan tashkil topgan METdan iborat. ENHAT energiyani uzatish va 
    qabul qilish uchun CTK3 markadagi “Energiya-9” turidagi uch fazali ko‘p 
    funksiyali uchta hisoblagichlarga ega. MET ga kirish chegarasidagi birinchi 
    hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari 
    uchun, uchinchi hisoblagich – ETK tuzilmasiga elektrenergiyasini uzatish uchun 
    o‘rnatilgan

    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti raqamli energetika

    Download 1,53 Mb.
    Pdf ko'rish