Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

N.F Sayfutdinova
TDTU “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi kata o’qituvchisi i.f.f.d (Phd) 
RAQAMLI IQTISODIYOTGA О‘TISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARIDA 
INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING OBYEKTIV ZARURIYATI VA 
IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI 
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlaridan biri yuqori darajadagi noaniqlik va 
dinamizm bо‘lib, korxonalar о‘rtasidagi raqobatga dosh berish va bozorda о‘z о‘rniga ega bо‘lishning 
asosiy sabablaridan biri sifatida innovatsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning 
ahamiyatini yanada oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Yuqoridagi omillar korxonalar 
faoliyatida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish va amalga oshirishni talab etadi. Shu 
munosabat bilan, iqtisodchi olim Leyfa Edvinsonning quyidagi sо‘zlari ahamiyatga molik: “Bozor 
iqtisodiyoti soat millari og‘ir tashkiliy qadamlardan ancha oldinroq harakatlanadi”. Innovatsiyalar 
hayotiy davrining tobora qisqarib borishi va ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tadbiq etilish 
jarayonlarining qiyinlashuvi raqobatbardoshlikni oshirishni yana qiyinlashtiradi. Bunday sharoitlarda 
korxonalar tо‘xtovsiz takomillashtiruvni amalga oshirishga xarakat qilishlari lozim. Negaki, bozor 


257 
tomonidan berilayotgan signallarga operativ javob berish bugungi kunda faqat vaqtinchalik ustunlik 
beradi, xalos. Zamonaviy korxona egasi iste’molchilarni о‘z mahsulotlari bilan lol qoldirib, muttasil 
sifat va tashqi kо‘rinish ustida ishlaydilar.
Innovatsiya tushunchasini mohiyatiga turli yondashuvlar mavjud bо‘lib, ushbu yо‘nalishda 
kо‘plab iqtisodchi olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Biroq bugungi kunda innovatsiya 
tushunchasining kо‘p qirraliligi va murakkabligi tufayli umum e’tirof etilgan yagona ta’rif mavjud 
emas. “Innovatsiya” tushunchasi ilk marta XIX asrda xorijiy madaniyatshunoslar tomonidan 
madaniyat sohasidagi о‘zgarishlarni tadqiq etishda foydalanilgan bо‘lib, bir madaniyat unsurlaridan 
boshqa madaniyat yо‘nalishiga tadbiq etish uchun qо‘llanilgan.
Ilmiy-texnik taraqqiyot masalalariga dastlabki yondashuvlar klassik ta’limot asoschisi 
A.Smitning “Xalqlar boyligi sabablari va tabiati haqidagi tadqiqot” asarida mehnat unumdorligini 
oshiruvchi sabablarini tadqiq etishga katta ahamiyat berilgan. A. Smit fikriga kо‘ra, mehnat 
unumdorligini oshirishning asosiy sababi sifatida mehnat taqsimoti kо‘riladi. Asarda mehnat 
taqsimoti keng ma’noda о‘rganilib, ilmiy– texnik taraqqiyotning zamonaviy mohiyati asosida talqin 
etiladi. A. Smitning iqtisodiy nazariyasini rivojlantirgan holda D.Rikardo jamiyatning ishlab 
chiqaruvchanlik kuchlaridan farqli ravishda insonlarning ishlab chiqarish munosabatlarini alohida 
kо‘rsatib о‘tadi. О‘zining “Siyosiy iqtisodiyot va soliqchilikning ibtidosi” nomli asarida 
dehkonchilikning yaxshilashning ikki turini tadqiq etgan: 

Yer resursining ishlab chiqarish kuchlarining ortishi (ratsional ekinchilikni tashkil etish va 
о‘g‘itlar hisobiga); 

Uskuna va mashina takomillashtirish (mehnat qurollari). 
D.Rikardoning dehqonchilik borasidagi takomillashtiriluvi borasidagi takliflarini K.Marks 
tomonidan innovatsiyalar tasnifining dastlabki asoslari sifatida ajratib kо‘rsatilgan.
“Innovatsiya” termini dastlab avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter tomonidan taklif etilgan 
bо‘lib, innovatsiyaga quyidagicha ta’rif bergan: Innovatsiya tadbirkorlik ruhida rag‘batlantirilgan 
ishlab chiqarish omillarining yangi ilmiy tashkiliy kombinatsiyasidir. Iqtisodiy taraqqiyotning 
dinamik xususiyatlarini inobatga olib, Y. Shumpeter innovatsiyani progressiv о‘zgarishlarning paydo 
bо‘lishi va amalga oshishi sifatida talqin etadi. Y.Shumpeter innovatsiya tushunchasini yangi 
kо‘rinishdagi iste’mol tovarlari, xizmatlar, ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi vositalar va usullardan 
foydalanish va joriy qilish maqsadida о‘zgarishi deb sifatida izohlagan. Innovatsiyalarni 
harakatlantiruvchi vosita sifatida Y.Shumpeter tadbirkorlarning foyda olishga bо‘lgan harakatini 
keltirib о‘tgan. Muallif innovatsiyalarni amalga oshirishning besh variantini kо‘rsatib о‘tgan: 

ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish (mavjud ustunliklarni yanada samarador 
usulda qо‘llash); 

ishlab chiqarish kuchini nisbatan arzonrok о‘xshash turiga almashtirish; 

mavjud talabni qondirishga mо‘ljallangan yangi turdagi ishlab chiqarish kuchini yaratish

ta’minotning yangi bozorlarini izlab topish; 

yangi turdagi tashkillashtirishni yaratish. 
Innovatsiyalar haqida gap ketganda, novatsiya va innovatsiya о‘rtasidagi farqni alohida tо‘xtalib 
о‘tish lozim. Novatsiya bu ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlanmalar va boshqa turdagi ijodiy, 
intellektual faoliyat natijasida yuzaga kelgan yangi g‘oya bо‘lib, innovatsiya esa yangi turdagi 
bilimlarning amaliy kо‘rinishidir.
Iqtisodchi olimlar Dj.Tidd va Dj.Bessant tomonidan kо‘rsatilgan innovatsion jarayon sodda chiziqli 
jarayon bо‘lib, u tо‘rt bosqichdan iborat. Ularning har biri о‘ziga xos qiyinchiliklarga ega
jarayonning borishi davomida qabul qilingan qarorlar innovatsion strategiya bilan belgilanadi. 
Tadqiqotchilar tomonidan keltirilgan ketma-ketlik chiziqli kо‘rinishga ega bо‘lsa-da, jarayon siklik 
xarakterga ega. Birinchi bosqich-innovatsion strategiyaga muvofiq innovatsion imkoniyatlarni izlash, 
qaysi muhitdagi signallarni aniqlashni talab qiladi. Bunday signallarning keng doirasini hisobga olgan 
holda, mavjud axborotni aniqlash, qayta ishlash va tanlash uchun yaxshi ishlab chiqilgan mexanizmga 
ehtiyoj bor. Ikkinchi bosqich - kelgusidagi ishlar uchun innovatsion imkoniyatlarni tanlash 


258 
boqichidir. Ma’lumki, innovatsiyalarning risklilik darajasi yuqori, shuning uchun tanlov umumiy 
biznes strategiyasiga asoslangan bо‘lishi muhimdir, innovatsion strategiya uning bir qismidir. 
G‘oyalarni amalga oshirish bosqichi - uchinchi bosqichdir. Ma’lumotlar bu yerda xizmat yoki 
mahsulot uchun yig‘iladi. Jarayonning boshida juda kо‘p «eng yaxshi taxminlar» mavjud, ammo 
amalga oshirish bosqichi davom etar ekan, noaniqlik bilim bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichdagi 
kirishlar strategik tushunchalar va natijalar ham ishlab chiqilgan xizmat yoki mahsulot, ham tayyor 
bozor (ichki yoki tashqi) tayyor ishga tushirish uchun. Yakuniy bosqich - qо‘lga olish. Innovatsiyalar 
о‘z manfaati uchun emas, balki tijorat muvaffaqiyati, bozor ulushi yoki xarajatlarni kamaytirish 
shaklida qiymat yaratish maqsadida amalga oshiriladi (1.1-rasm). 

Download 9,47 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish