259
-
Tashkilot (korxona) strategiyasini amalga oshirish vektori sifatida;
-
Innovatsion jarayonlarning
natijasi sifatida;
Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarga kо‘ra, “innovatsiya” biron bir hodisa, jarayon yoki
obyektning ijobiy va sifatli о‘zgarishi natijasida vujudga kelgan yakuniy mahsulot yoki
texnologiyadir.
Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan ta’riflar innovatsiya tushunchasining mohiyatini
keng ma’noda tushuntirib bersa-da, korxona darajasida innovatsiya bu – nafaqat moddiy ma’noda,
balki ijodiy, texnologik, intellektual yangiliklar, jarayonlar va ishlanmalarning mavjud analoglariga
nisbatan kо‘proq iqtisodiy samara va qoniqish bera olish qobiliyatidir.
Innovatsiya mohiyatiga kо‘ra innovatsion jarayon tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Kо‘pchilik
tadqiqotchilar yangi g‘oya, bilim va takliflarning innovatsiyaga aylanish
jarayonini innovatsion
faoliyat sifatida baholaydilar. Innovatsion jarayon innovatsiyalarning bozorga tadbiq qilinishi bilan
tugamaydi, negaki diffuziya natijasida innovatsiya ham takomillashib boradi, yangi iste’mol
xususiyatlariga ega bо‘ladi.