TDTU, dotsent v.b.Mirxamidova D.N




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

TDTU, dotsent v.b.Mirxamidova D.N. 
Talaba Xayitmurodova Xanifa Shuxrat Qizi 
 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING INNOVATSIYALAR RIVOJIGA TA’SIRI 
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar xayotning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. 
Mazkur texnologiyalar iqtisodiyot, banq xizmat sektori, shuningdek, ta’lim jarayonini ham tez 
sur’atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatdagi barcha fuqarolar, jumladan yosh 
bolalardan tortib nafaqaxurlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha 
muammolarni hal qilish mumkin degan fikr shakllanmoqda.
Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so‘zsiz 
foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari 
o‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘lik masalalar tobora ko‘proq e’tiborga olinmoqda. 
Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga 
erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. 
Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha 
sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi 
bilamiz. Biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasaq qachon kirishamiz?! Ertaga 
juda kech bo‘ladi” . 
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, 
natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. 
Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonliq sanoat ob’ektlari, sifatli ta’lim 
va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol 
foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli 
iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning 
tahlilidan so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha еchim ishlab chiqiladi. 


263 
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy nazariyasi 
va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida 
inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Ulardan 
foydalanish samaradorligi ortib borayotgan bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora 
kengayib bormoqda. Bozor subyektlarining faoliyatida raqamli transformatsiyalarning asosiy omili 
raqamli madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy isloh qilishning hozirgi 
bosqichida atrof-muhit jamiyatning institutsional tuzilishiga xos xususiyatlarini keltirib chiqarmoqda 
va bu asosda yangi tushunchalar va yondashuvlarni shakllantirishga zarurat tug‘diradi. 
Raqamli iktisodiyotning rivojlanishi xalqaro biznesning ichki va tashqi muhitiga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida katta o‘zgarishlar ro‘y 
bermoqda. Internet orqali butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotlarini sotishlari mumkin. Kichik 
investitsiyaga ega bo‘lgan kompaniyalar tezda paydo bo‘lib, tez o‘sib rivojlanishi mumkin. 
Axborot texnologiyalari yordamida xarajatlarni kamaytirish va ayni paytda iqtisodiyotning 
ko‘plab tarmoqlarida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi. 
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni hisobga olgan holda bozorda kompaniyalarning pozitsiyasi 
tobora murakkablashib bormoqda. Strategik qarorlar qabul qilish jarayonida xavf va noaniqlik 
darajasi oshadi. Bu holat texnologik darajadagi dinamik o‘zgarishlar, rakobatning o‘sishi va 
iqtisodiyotga davlat ta’siri tufayli barqaror bozor holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan texnologik o‘zgarishlar ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar 
uchun yangi bozor qoidalarini yaratishi mumkin. Bunday muhitda kompaniyalar yangi raqobat 
strategiyalarini qidirishi va raqobat samaradorligini oshirishlari kerak.
Omon qolish va ayni paytda yangi sharoitda rivojlanish uchun kompaniyalar raqamli axborot 
texnologiyalar sohasida o‘z vakolatlarini oshirishlari kerak. 
Raqamli iqtisodning samaradorligini har bir zamonaviy tadqiqotchi va tajribali tadbirkor ham 
ko‘ra olmaydi.
Shubxasiz raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi aholi bandligi sohasiga ta’sir qiladi.
Kelajakda quyidagi kasblar paydo bo‘lishi mumkin: 
• 
shaxsiy brendni boshqaruvchi; 
• 
virtual advokat; 
• 
davlat organlari vakillari bilan mulokot platformasi moderatori; 
• 
infosteyleist; 
• 
raqamli lingvist; 
• 
muddatli broker; 
• 
interfeysi uslubchisi. 
Shuningdeq, raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi oqibatida milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik 
tizimini yaratish lozim.
Institutsional yondashish nuqtai nazaridan “Milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik tizimi” 
tushunchasi murakkab siyosiy-huquqiy, tashkiliy, texniq ijtimoiy-madaniy tizim bo‘lib, u milliy 
raqamli iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlovchi ob’yekt va subyektlar majmuasidan iborat, bu raqamli 
iqtisodiyot sub’ektlarining milliy manfaatlarini, amaldagi milliy qonunchilikni еtarli darajada himoya 
qilish uchun foydalanilishi mumkin. Bu esa davlat siyosati, milliy raqamli iqtisodiy xavfsizliq 
norasmiy norma va ijtimoiy xulq-qoidalarini tartibga tushiruvchi me’yoriy-huquqiy tizimni yaratish 
kerakligini bildiradi. 
Raqamli iqtisod, noyob funksiyasining ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik 
iqtisodga xos bo‘lgan cheklovlarni yеngishga imkon beradi: 
1. 
Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli 
mahsulotlarning bunday to‘siqlari yo‘q: nusxa ko‘chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi 
mumkin. 
2. 
Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi. Raqamli mahsulotlar asl 
xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv 
jarayonida yaxshilanishi mumkin. 


264 
3. 
Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo‘lgan 
maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatadigan 
mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi. 
Raqamli iqtisodning shakllanishi muayyan bazaga ega bo‘lishi keraq. Bu quyidagicha bo‘lishi 
lozim: 

raqamli infratuzilmani va aloqa standartlarini ishlab chiqish; 

axborot xavfsizligini ta’minlash; 

On-Line xizmatlarni kengaytirish; 

fuqarolar uchun tarmoq ichidagi va On-Line kommunikatsiyalarga bepul kirishni 
yaratish; 

raqamli ekotizimlarda axborot oqimlari va bilimlarni boshkarishni takomillashtirish. 
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va amalga oshirishning muhim jihati, birinchi navbatda, 
quyidagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan davlat mintaqkaviy siyosatini amalga oshirish 
hisoblanadi. Hududlar investitsion jozibadorligini oshirish va ulardagi innovatsion faoliyatni samarali 
tashkil etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mintaqalarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish sohasidagi hududiy nomutanosiblikni minimallashtirish, mintaqalararo 
munosabatlarni mustahkamlash hamda inson salohiyatidan oqilona foydalanish lozim. 
Mintaqaviy rivojlanish sohasida to‘rtta strategik vazifani belgilash mumkin: 
Birinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi sifatida hududlarning raqobatdoshligini 
oshirish va ularning resurs salohiyatini mustahkamlash; 
Ikkinchidan, inson resurslarini rivojlantirish; 
Uchinchidan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqalarni rivojlantirish 
uchun institutsional sharoitlarni yaratish. 
To‘rtinchidan, jarayonlarni samarali boshqarish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun 
onlayn rejimda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt darajasida moliyaviy va iqtisodiy xavfsizlikni monitoring 
qilish va dasturiy ta’minotni taqdim etish uchun bevosita muloqot qilish va aloqa tizimini yaratish. 
Ushbu vazifalar davlat tomonidan tadbirkorlik va kichik biznesni moliyalashtirishni maqsadli 
yo‘naltirishda o‘z vaqtida javob berish uchun mintakaviy va davlat darajasida muntazam ravishda 
yangilanishi, qo‘llab-quvvatlashi, monitoringini amalga oshirishi hamda muntazam yangilanishini 
taqazo etadi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari darajasida samarali uzluksiz ishlash uchun xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar internetdan foydalanishadi. Shu bilan birga, "biznes-xokimiyat" tizimi 
sub’ektlari o‘rtasida samarali hamkorlikni o‘rnatish modeli ajralmas va muhimdir. 
Raqamli tizimlar uchun texnologiyalar va xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

axborot-kommunikatsiya tizimining rivojlangan tuzilmasi; 

ob’ektiv yo‘naltirilgan guruhlarda ishtirok etadigan interaktiv jamoalar; 

axborot resurslari; 

ma’lumot bazasi; 

elektron o‘zaro ta’sirlarning yangi shakllari; 

biznes, hukumat va jamiyatni integratsiyalashish uchun platforma

raqamli muhit. 
Yukoridagilarni xisobga olgan holda, raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ulardan 
foydalanish, ularning mavjudligi va sifati, tayyorgarlik bosqichlari va rivojlanishning turli darajalari, 
majburiy maktabgacha ta’limda texnik ko‘nikmalar olish bo‘yicha zarur ta’limning darajasini 
oshirishga alohida e’tibor berish kerak. Mintaqaviy darajadagi oqilona iqtisodiy tizimni shakllantirish 
barqaror iqtisodiy o‘sish nuqtalarini aniqlash, mintaqaning rivojlanish sohalari va yo‘nalishlarini 
nafaqat zamonaviy sharoitlarda raqamli shakllantirishni emas, balki birinchi navbatda, inson 
resurslarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash yo‘li bilan davlat-xususiy sektor 
hamkorligi asosida iqtisodiy va innovatsion rivojlanish sarmoyasi shakllantiriladi. Asosiy omillarni 
dasturiy ta’minotni faollashtirishga qaratilgan ommaviy axborotlashtirishni rivojlantirish, tarmoq 
texnologiyalarini rivojlantirish, tranzaksion sektorning o‘sishi hisoblanadi. Shu bilan birga, 
raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishning g‘oyalarini tarqatish, axborot bozori sifatida 


265 
tavsiflangan ijtimoiy - iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning rivojlanishi sohasida iste’molchilar, 
ishlab chiqaruvchilar, vositachilar o‘rtasidagi savdosi axborot mahsulotlari bozorini shakllantiradi. 
Ushbu yondashuv bir qator mamlakatlarda axborot industriyasining ustunligini kuchaytiradi, ishlab 
chiqarish va xizmatlar sohasi borgan sari bilimga asoslangan va innovatsion asosida rivojlanadi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish