Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Urmanova Dilbarxan Teshabayevna,
katta oʻqituvchi , Islom Karimov nomidagi 
Toshkent Davlat texnika universiteti 
YER SHARIDA ATROF–MUHITNI SAMARALI MUHOFAZA QILISH 
CHORALARI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI 
Jahonda aholi soni oʻsib borayotganligi va unga mutanosib ravishda iqtisodiy taraqqiyotga 
ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda yer sharidagi koʻplab ekotizimlar zahirasi deyarli butkul tugab 
bormoqda va ortga qaytarib boʻlmaydigan darajaga yuz tutgan. Yer sharidagi holat shunday ekan, 
jamiyat albatta atrof muhitni saqlashdagi barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishi har qachongidan 


268 
ham dolzarb vazifa sanaladi. Ifloslangan ichimlik suvini iste'mol qilish, tegishli sanitariya qoidalariga 
rioya qilmaslik va qo'l gigienasiga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keladigan diareya har yili 1 
millionga yaqin odamni oʻlim halokatiga olib kelmoqda. 
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish 20-asrning boshlaridanoq xalqaro doirada amalga 
oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, 1913-yilda Bern (Shvesariya)da 18 ta davlat ishtirokida 
"Tabiatni muhofaza qilish" boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazilgan, 1923-yilda esa Parijda birinchi 
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kongressi tashkil etilgan, 1928-yilda Bryussel (Belgiya)da "Tabiatni 
himoya qilish xalqaro byurosi" ochilgan va ushbu xalqaro tadbirlar doirasida atrof-tabiiy muhitni 
muhofaza qilishga e'tibor xalqaro miqyosda kuchaytirilgan. Jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash 
tashkiloti (JST) atrof-muhit muhofazasining sanitar gigienik masalalari, Xalqaro meteorologik 
tashkilot (XMT) iqlimdagi umum sayyoraviy oʻzgarishlar, Dengizlar boʻyicha davlatlararo maslahat 
tashkiloti (DMT) dengiz va okeanlardan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shugʻullanadilar. 
Shuningdek, 1985-yilgi ozon qatlamini himoya qilish (Vena) konvensiyasi, 1987-yilgi ozon qatlamini 
emiruvchi birikmalar boʻyicha Protokol (Monreal), 1989-yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni 
chegaralararo tashishni nazorat qilish konvensiyasi, 1992-yilgi (Rio-de-Janeyro) biologik rang-
baranglikni saqlash konvensiyasi, 1992-yilgi (Nyu-York) iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi 
konvensiyalarni ham misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbbusi bilan xalqaro ekologik hamkorlikni yanada 
taraqqiy ettirish yoʻlida dastlab 1948-yilda "Tabiatni muhofazalash xalqaro ittifoqi" tashkil etildi va 
uning faoliyatida dunyoning 118 mamlakatidan 636 tadan ziyod davlat va jamoatchilik tashkilotlari 
atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shugʻullanadi.
Bizga ma'lumki, yer sharida bugungi kunda 2,2 milliard kishi toza ichimlik suvidan, 3,5 
milliard kishi esa xavfsiz sanitariya-gigiena vositalaridan mahrum. Suv resurslari bilan bog‘liq 
keskinliklar butun dunyo bo‘ylab mojarolarni kuchaytirmoqda. Tinchlikni saqlash uchun suv 
resurslarini tejash va suv sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo'yicha YUNESKO tashkiloti suv 
resurslari sohasida dasturlarni amalga oshirmoqda.. Xususan, YuNESKO - atrof-muhit muhofazasi 
sohasida kadrlar tayyorlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha ijobiy tajribalarni 
ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga qaratilgan “Suv bo'yicha yanada samarali hamkorlik 
sari” loyihasi asosida halqaro tadbirlar amalga oshirilmoqda. YuNESKOning bu loyiha boʻyicha 
hisobotlarida oxirgi 40 yil ichida suvdan foydalanish yiliga 1 foizga oshib borayotganligi, 2050-yilda 
suv tanqisligi 933 milliondan 1,7-2,4 milliard kishigacha prognozi haqida ma'lumot berilgan. Ushbu 
muammolarni hal qilish borasida tashkilot xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda, suv havzalarini 
muhofaza qilish va qayta tiklash choralari yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar 
suv ta'minoti boʻyicha zararlarning risklarini bir necha baravarga kamaytirgan. Ushbu loyiha 
doirasida tashkilot suv fondlarida suv sifatini va miqdorini yaxshilash hamda uzoq muddatli samaraga 
erishish uchun suv resurslarini boshqarishda xalqaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun sxemalar 
shakllantirilib ularni samarali moliyalashtirish vositalarini yoʻlga qoʻyilgan.
Sugʻorish ishlarida suvni tejash boʻyicha amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan 
mutaxassislarning ma'lumotlarida, asosan, bir sentner paxta hosili olish uchun tomchilatib sugʻorish 
oddiy sugʻorishga nisbatan 1,8-1,9 marta kam suv ishlatilishi, tomchilatib sugʻorish orqali ekinning 
ildiz tizimi normal shakllanishi, dalani bir tekisda namlanishi, dala qator oralariga ishlov berishga 
sarflanadigan sarf-xarajat qamayishiga erishilayotganligi haqida ilmiy-amaliy xulosalar berilgan. 
Jumladan, qishloq xoʻjaligida ekinlarni sugʻorishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini qoʻllash 
asosida quyidagi natijalarga erishildi:
-
dalada begona oʻt kam oʻsishi natijasida begona oʻtga qarshi tadbirlar harajatlari 
kamaygan;
-
tomchilatib sugʻorish texnologiya joriy qilish natijasida paxtadan - 50-55 s/ga, 
makkajoʻxoridan - 120-130 t/ga, pomidordan - 130-140 t/ga, uzumdan - 5,0 t/ga, olmadan - 60 t/ga, 
kartoshkadan - 45 t/ga hosildorlik olingan;
-
tomchilatib sugʻorish texnologiya joriy qilish natijasida urugʻli va danakli mevali bogʻlarni 
sugʻorishda 60 va 32%, paxta dalalarini sugʻorishda 35-65%, pomidorni sugʻorishda 54%, uzumni 


269 
sugʻorishda 30% suvni tejalishiga, umumiy holda, tomchilatib sugʻorilganda boshqa sugʻorish 
usullariga nisbatan ekin va tuproq turiga qarab 20 % dan 80 % gacha suv tejalishiga imkoniyat 
yaratilgan;
-
tomchilatib sugʻorilganda moddiy resurslar sarfi va qoʻl mehnati kamaygan, oʻgʻit suv 
bilan birga berilganligi bois, oʻgʻitlash uchun texnika ishlatilmasligi natijasida ѐnilgʻi moylash 
materiallari ham tejalgan; 
-
350 litr ѐqilgʻi moylash maxsulotlari iqtisod qilingan. 
Hozirgi kunda suv havzalarini ifloslanishini oldini olish uchun avvalom bor, kishilik 
jamiyatining suvga boʻlgan munosabatini madaniylashtirish zarurdir. Suvni tejash boʻyicha aholida 
quyidagicha odatlarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Zarur bo'lmaganda suv jo'mragini oʻz 
vaqtida yopish, qishloq xoʻjalikka tegishli xoʻjaliklarda suvni tejovchi texnologiya va texnikalardan 
foydalanishni yoʻlga qoʻyish kerak. Jumladan, mahalliy organlar tomonidan aholining barcha 
qatlamlariga kishilik jamiyatini suvga boʻlgan salbiy munosabatlarini real hayotiy lavhalarda 
tasvirlangan va suvning tanqisligi butun yer sharini qoplashi haqiqatligi haqida hujjatli filmlarni 
namoyish qilish zarurdir. 
Yer sharida yana jamiyat uchun katta muammo bu havoning ifloslanishi boʻlib, ushbu 
muammo ham inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biridir. Jahon sogʻliqni 
saqlash tashkiloti 2019 yilda dunyo aholisining 99 foizi havoning ifloslanish darajasi oshib ketgan 
hududlarda yashaganligi haqida ma'lumotlar berilgan. Tashqari va bino ichidagi havo ifloslanishini 
ta'sirida yiliga 6,7 million kishining bevaqt o'limiga sabab bo'lmoqda. 2019 yilda atrof-muhit 
havosining ifloslanishi (tashqi havo) butun dunyo bo'ylab 4,2 million kishining erta o'limga olib 
kelishi taxmin qilingan.
Bolalarga koʻmak beruvchi xalqaro jamg'arma (UNICEF, United Nations International 
Children’s Emergency Fund) tashkilotining ma'lumotlariga koʻra, havoning ifloslanishi bolalar 
salomatligi uchun jiddiy ekologik xavf tugʻdirgan. Masalan, 2019-yilda Yevropa va Markaziy 
Osiyoning 52 ta davlatida havo ifloslanishi bilan bog‘liq sabablardan o‘lgan bolalar va o‘smirlar soni 
5801 nafarga yetdi. Ko'proq bolalar va o'smirlar havo ifloslanishining oqibatlaridan o'limga olib 
keladigan kasalliklardan aziyat chekmoqda, hattoki ayrimlari nogironlikni boshdan kechirmoqda. 
2019-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida havo ifloslanishi oqibatida vafot etgan 20 
yoshgacha bo‘lgan shaxslarning qariyb 85 foizi bir yoshgacha bo‘lgan, ya’ni 4917 nafar go‘daklarni 
tashkil qilgan. Bunday koʻrsatkichlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, havoning ifloslanishi 
bolalarning sogʻ-salomat rivojlanishiga halokatli ta'sir ko'rsatmoqda. Ilmiy dalillar shuni ko'rsatadiki, 
havo ifloslanishi tug'ilishning salbiy oqibatlariga, jumladan, erta tug'ilish va kam vaznli chaqaloqlar, 
chaqaloqlar o'limi, o'pka funksiyasining buzilishi, astma, yurak-qon tomir kasalliklari va saraton kabi 
holatlar hamda nevrologik kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirdi. Chunki bolalar og'izlari orqali 
ikki baravar tez-tez nafas olishganligi sababli kattalarga qaraganda jismonan havoning ifloslanishidan 
ko'proq aziyat chekishadi va ko'pincha ifloslantiruvchi moddalar to'plangan yerlarga yaqinroq 
bo'ladilar. Bolalarning miyasi, o'pkasi va boshqa organlari hali etarli darajada rivojlanish darajasiga 
etmaganligi sababli ularning zaharli ifloslantiruvchi moddalar ta'siridan himoya qilish mexanizmlari 
kattalarnikidek ishlamaydi. Buning oqibatida atrof-muhitning zararli ta'sirlari asosida bolalar 
jismoniy va aqliy rivojlanishi past darajaga tushadi. Havoning ifloslanishi faqatgina bolalarda emas, 
balki barcha yoshdagi kishilarda allergik kasallikni keng tarqalishiga sabab boʻldi.
Atrof-muhitga zararli ta'sirlarni bartaraf etishda obodonlashtirish ishlarini birinchi oʻringa 
chiqarish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ishlarning asosiy afzalliklaridan biri havo sifatini 
yaxshilashdir, ya'ni oʻsimliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni o'zlashtiradi va kislorod 
chiqaradi hamda shaharlarda katta miqdordagi yashil o'simliklar havoni filtrlash va ifloslantiruvchi 
moddalar kontsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi. Bu esa insonlarda oʻpka kasalligini 
kamaytirishga xizmat qiladi. Gullarni zararli kimyoviy moddalar bilan sug'orishni taqiqlash kerak, 
chunki ularning ba'zilari atrof-muhitga juda agressivdir. Kesilgan gullarning sotilishini ham taqiqlash 
kerak, chunki ular ham zararli chiqindilarni hosil qiladi.


270 
Oʻzbekistonda atrof-muhitga zararli ta'sirlarni bartaraf etishda 26 ta tuman (shahar)da 74 ta 
koʻchmas kuzatuv punktlari va 8 ta avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalarida kuzatuvlar yoʻlga 
qoʻyilgan. Iqlim oʻzgarishining ta'sirini kamaytirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi 
doirasida 2023 yilda jami 217,0 mln. tup daraxt koʻchatlari ekilgan. Avtotransport vositalari ustidan 
ekologik nazoratni oʻrnatish hamda tashlamalarning belgilangan me'yorda boʻlishini ta'minlash 
maqsadida yil davomida ikki bosqichli “Toza havo” oyligi oʻtkazilgan. 2023 yilda “Toza havo” oyligi 
tadbirida mavjud 19 mingta avtotransport vositalari ekologik nazoratdan oʻtkazilgan. Ishlab 
chiqarish chiqindilarini toʻplash joylarida xavfsiz ekologik holat ta'minlanmoqda. Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 noyabrdagi 820-sonli “Tabiatni muhofaza 
qilishni ta'minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati atrof-
muhitning ifloslantirilganligi uchun kompensasion toʻlovlar amalga oshirilgan. Tabiatni 
muhofaza etish xarakteriga ega boʻlgan investision dasturlar doirasida 2023 yilda yirik ishlab 
chiqarish korxonalariga quyosh foto elektr stansiyalari qurildi va buning natijasida atmosfera 
havosiga 50 tonnaga yaqin SO2 tashlanishini oldi olindi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini joriy etish va amalga oshirish natijasida 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, foydadan to'lovlarni kamaytirish, qo'shimcha daromadlar 
hisobiga ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlab ularni sotish orqali iqtisodiy samaradorlikni 
ta'minlash mumkin. 
Atrof-muhitni muhofazasining yakuniy samarasida ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirishdan tashqari, ijtimoiy samarani ham hisobga olish kerak. Bunda iqtisodiy natijalar qo‘shilgan 
qiymatning oshishi, moddiy resurslar va xomashyo yo‘qotilishining kamayishi, noishlab chiqarish 
faoliyatiga sarflangan xarajatlarni tejash orqali namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy samara aholining hayot 
sifatini yaxshilashda (mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, aholi oʻrtasida kasalliklarning 
kamayishi, tabiiy resurslar xavfsizligini taʼminlash va boshqalar)da namoyon boʻladi. Atrof-muhitni 
muhofaza qilish tadbirlariga iqtisodiy samaradorligini baholashda ushbu sohada erishilgan natijalarni 
zararlarga taqqoslash orqali aniqlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Xulosada shuni ta'kidlashimiz kerakki, atrof-muhitning zararlanishi yer sharidagi barcha 
jabhalarda iqtisodiy ham ijtimoiy taraqqiyotga katta toʻsiq boʻladi va buning natijasida eng 
qimmatbaho boʻlgan yer sharimizning tinchligi izdan chiqadi. Shuning uchun ham hammamiz yer 
sharidagi atrof-muhitning ifloslanishini oldini olishda faol ishtirok etishimiz maqsadga muvofiqdir. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish