-jadval  “Yashil loyihalar” ni moliyalashtirish maqsadida xususiy investorlarni qo’llab-quvvatlash




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

1-jadval 
“Yashil loyihalar” ni moliyalashtirish maqsadida xususiy investorlarni qo’llab-quvvatlash 
dastaklari va usullari
Qo’llab-quvvatlash choralari 
“Yashil” loyihalarni moliyalashtirish dastaklari va usullari 
Davlat tomonidan tartibga 
solish 
Dastaklari 
Soliq imtiyozlari 
Standartlarni joriy etish 
Atrof muhitga zarar 
keltiruvchi kompaniyalarni 
qo’llab quvvatlashdan voz 
kechish 
Usullari 
Imtiyozli tariflar 
Tiklanadigan energiya uchun 
kvotalar 
Davlat tomonidan 
moliyalashtirish 
Dastaklari 
Grantlar, Subsidiyalar, 
Ekologik dasturlar 
Kreditlash 
Dastaklari 
Loyihaviy moliyalashtirish 
Qarz fondlari 
“yashil” obligatsiyalar 
Usullari 
Imtiyozli kredit stavkalari 
Risklarni pasaytirish 
Dastaklari 
Kredit kafilligi va kafolatlar 
Sug’urtalash 
Ayirboshlash kursi va foiz 
stavkasining volatiligidan
himoyalash 
Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida shuni xulosa qilishimiz mumkinki, “yashil” 
investitsiyalarni jalb qilishda xususiy sektorlarga bo’lgan e’tiborni kuchaytirish orqali erishish va 
davlatning o’rnini minimallashtirish orqali ko’paytirish kerak. Biroq, “yashil” investitsiyalarni 
rag’batlantirish, iqtisodiy sektorga jalb qilish imkoniyatini kuchaytirish uchun davlat va davlat 
byudjeti oqilona va sistematik siyosat olib borishi darkor. Jumladan, mahalliy iqtisodchi olimlar 
A.V.Vaxobov va Sh.X.Xajibakiyev tomonidan “yashil” investitsiyalarga soliq imtiyozlarini joriy 
etish etimentlar va investorlar uchun iqtisodiy samaradorlik nuqati nazaridan davlatning o’rni haqida 
to’liqroq ma’lumot bergan bo’lib, quyidagilardan iborat: 
-
Soliqqa tortiladigan kreditli obligitsiyalar. Obligatsiyalarning ushbu turi investorlar foiz 
to’lovlari o’rniga soliqqa tortiladigan kredit olishlarini, shu sababdan emitentlar obligatsiyalar 
bo’yicha foiz to’lanmasliklarini bildiradi. 


355 
-
Bevosita subsidiyalanadigan obligatsiyalar. Emitentlar o’z sof foiz to’lovlarini subsidiyalash 
uchun hukumatdan pulli chegirmalar olishadi. 
-
Soliqqa tortilmaydigan obligatsiyalar. Investorlar “yashil obligatsiyalar”dan olinadigan 
foizlardan daromad solig’i to’lashmaydi. Misol uchun, Braziliyada shamol energiyasi bo’yicha 
loyihalarini moliyalashtirish soliqlardan ozod qilingan. 
-
Davlat tomonidan talabni rag’batlantirish orqali “yashil obligatsiyalar” bozorini rivojlantirish; 
-
Davlat ijtimoiy jamg’armalarida “yashil loyihalar”ga investitsiya sarflashga kvota ajratish. 
Davlat pensiya va ijtimoiy ta’minot jamg’armalari mablag’larining muayyan qismini qayd etib 
qo’yilgan daromadga ega “yashil obligatsiyalar” ga yo’naltirishga ruhsat beradi. 
-
Banklar tomonidan “yashil loyihalar”ni investitsiyalashga mablag’lar ajratishni kvotalash 
kabilardir. 
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, iqtisodiy muammo va dolzarb masalalarning yechimi 
ekologik muammolar bilan bog’liq hisoblanib, iqtisodiy sektorlarni rivojlantirishda atrof-muhit 
nazariyasiga ham e’tibor qaratish lozim. Iqtisodiy sektorlarning faoliyatida “yashil” siyosatni 
uyg’unlashuvi “yashil” loyihalarga bo’lgan investitsiyalar hajmini oshishiga sabab bo’ladi. Shu 
sababdan, davlatning “yashil” investitsiyalarni jalb qilishda obyektiv o’rni mujassam bo’lib, bilvosita 
yondashuv orqali amalga oshirish mumkin. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  “Yashil loyihalar” ni moliyalashtirish maqsadida xususiy investorlarni qo’llab-quvvatlash

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish