359
iqtisodiy va ekologik jihatlarni to‘liq hisobga olgan holda qayta
tiklanadigan energiya va
qayta tiklanadigan yoqilg‘i qiymat zanjirlarining barqarorligini oshirish;
barqaror qayta tiklanadigan energiya va yoqilg‘i texnologiyalarini bozorga yanada samarali
jalb qilish, ularni tijoratlashtirishni qo‘llab quvvatlash siyosatini ishlab chiqishga hissa qo‘shish.
O‘zbekiston sanoati jadal rivojlanishi bilan milliy iqtisodiyotni “yashillashtirish”
(ekologizatsiya) jarayonini zudlik bilan boshlashi kerak. “Yashil” maqsadlarning ustuvorligi bozor
iqtisodiyotiga keng ko‘lamli o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati chora-
tadbirlarining ajralmas qismiga aylanishi lozim. Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish,
bandlikni rag‘batlantirish va iqtisodiyotning “yashil” sektorlarida moliyalashtirish kabi boshqa
“yashil” choralar ham qisqa muddatli istiqbolda O‘zbekistonga foyda keltiradi. Biroq “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha turli jarayonlar fuqarolar farovonligiga qanday ta’sir
qilishini ham
hisobga olish kerak. Bunda aholining eng ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-
quvvatlash nihoyatda muhimdir. Ushbu tamoyillarni yashil iqtisodiyotga adolatli o‘tishni
ta’minlashda e’tibor markaziga qo‘yish kerak.