Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Surayyo Xakimdjanova TDTU 
 “ Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi assistenti 
O‘ZBEKISTON RESPULIKASINING RIVOJLANISHIDA INVESTITSIYA XAMDA 
YASHIL ENERGETIKANING AXAMIYATI. 
O‘zbekiston Respubliksining rivojlanishi eng avvalo sanoatini va ishlab chikarish xajmini 
xamda sifatini yaxshilanishiga bogliqdir. Buning uchun investitsiya siyosatini amalga oshirish
xamda xozirgi kunda global bulib turgan energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari 
ulushini ko‘paytirish xam asosiy e’tiborni qaratilish kerak bo‘lgan soxalardan xisoblanadi. Buning 
uchun ushbu soxaga xam davlatimiz tomonidan yirik investorlar bilan ishlash, investitsiyalarni jalb 
kilishda iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish muximligi aloxida e’tirof etiladi. 
Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda 
sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish 
zarurdir. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan 
yaqindan ishlashi, asosiy e’tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarni 
ko‘paytirishga qaratishi shartdir. 
Investitsiyalarning bir kismi “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari ham ajratilgan. 
Bugungi kunda yurtimizda quyosh, shamol va gibrid turdagi elektr stansiyalarni davlat-
xususiy sheriklik asosida barpo etish bo‘yicha umumiy quvvati 6,3 gigavatt bo‘lgan 28 ta loyiha 
doirasida ish olib borilmoqda. Shundan 2023 yilda xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy 
quvvati 2,6 gigavattlik 7 ta loyiha doirasida dastlabki quvvatlar ishga tushirildi. 
Xususan, o‘tgan yil 27 dekabr kuni davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan marosimda 
Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida beshta quyosh fotoelektr 
stansiyasi, Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quvvatlari tarmoqqa ulandi. 
Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, 
Fransiya va Shveytsariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar 
va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda. 
2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash 
konsepsiyasiga muvofiq 2030 yilga kelib respublika iste’moli 120,8 mlrd kVt soat (2018 yilga 
nisbatan 1,9 baravar ko‘p) bo‘lishi pronoz qilinmoqda. Ushbu konsepsiyaga mufoviq kuyosh xamda 
shamol energetikasini 2030 yilgacha rivojlantirish energetika soxasining asosiy maqsadlaridan
biridir. Bundan tashqari, ayni paytda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, 
Fransiya va Shveytsariya kabi mamlakatlarning kompaniyalari bilan hamkorlikda “yashil” stansiyalar 
va energiya saqlash tizimlarini barpo etish bo‘yicha 12 loyiha ustida ish olib borilmoqda. 2024 yilda 


356 
quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalari quvvatini 
900 megavattga yetkazish va 400 megavattlik energiya saqlash qurilmalarini ishga tushirish 
rejalashtirilgan. “O‘zbekiston MET” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yildagi barqaror rivojlanishiga 
oid asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risidagi 2023 yil 23 yanvardagi 21-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan 2023 yil 
yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi tomonidan tahlil 
qilinib,investitsiya dasturining ijrosi bo‘yicha quyidagilar qayd etildi. Loyihalar doirasida 2023 yilda 
barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 165,74 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 
158,76 mln dollarga nisbatan 104,4 foiz ga bajarildi. Jumladan,
- davlat kafolati ostidagi chet el mablag‘lari hisobidan 93,65 mln dollar (reja 92,36 mln dollarga 
nisbatan 101,4 foiz); 

boshqa 
xorijiy 
investitsiyalar 
hisobidan 
31,20 
mln 
dollar 
(reja
31,20 mln dollarga nisbatan 100,0 foiz); 
- o‘z mablag‘lari hisobidan 40,88 mln dollar (reja 35,20 mln dollarga nisbatan 116,14 foiz). 
2023 yilda 3 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Jumladan: 
- Jahon banki kredit mablag‘lari ishtirokidagi “Magistral elektr tarmoq podstansiyalarini 
modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” doirasida KRUE loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlanib
tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 

Soha 
mablag‘lari 
ishtirokidagi 
“Sirdaryo 
viloyatida 
quvvati
1500 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida 500 va 220 kVli havo 
tarmoqlariga ulash” investitsiya loyihasi bo‘yicha obyektning ishchi hay’at dalolatnomasi 
rasmiylashtirilgan. - “G‘uzor” va “Amir Temur” podstansiyalari oralig‘ida 220 kV havo elektr uzatish 
tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi bo‘yicha obyektning ishchi hay’at dalolatnomasi 
rasmiylashtirilgan. 2023 yil yanvar-dekabr oylarida jami 1452,3 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. 
Jumladan, Farg‘ona viloyati “Sokin” PSda 200 MVA, Toshkent shahri “Yuksak” PSda 75 MVA, 
Surxondaryo 
viloyati 
“Sherobod” 
PSda
125 MVA, Qashqadaryo viloyati “Qarshi”PSda 202,3 MVA, Toshkent viloyati “Chirchiq” PSda 125 
MVA, Andijon viloyati “Saroy” PSda 125 MVA, Navoiy viloyatida “Tomdi” PSda 600 MVA 
oshirildi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki jamiyatning yana bir katta yutug‘i, bu uning 
tasarrufidagi energiya hosil qiluvchi korxonalarda Markaziy Osiyoda ilk bor “Yashil energiya” 
sertifikati joriy etilganidir. Xususan, Prezidentimizning 2023 yil 12 maydagi “Yashil energiya” 
sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, energiya hosil 
qiluvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan quvvatlar uchun birinchi marta “Yashil energiya” sertifikati 
tizimi tatbiq etildi. Hozirda bu boradagi amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish