Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

ТоshDТU kat .o’q. Saidova G.A. 
63-21 GE. talabalari Axmedov J.T., Suyunov F.A.
ATROF –MUHIT VA TABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHNI 
TASHKIL ETISH
Insoniyat hayoti uni o‘rab turgan tabiiy muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, buni tasdiqlaydigan 
manbalar har qadamda uchrab turadi. Jahon ko‘lamida tez sur’atlar bilan kеchayotgan fan-tеxnika 
inqilobi odamlarning mеhnat sharoiti, turmush darajasi yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etish bilan birga 
u tug‘dirayotgan ekologik o‘zgarishlar, o‘z navbatida, insoniyatga, uni o‘z bag‘rida saqlayotgan ona 
tabiatiga asoratli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning rasmiy hujjatida “barqoror rivojlanish” integral 
tushunchasi taqdim etilgan bo‘lib, ushbu tushuncha atrof tabiiy muhitni saqlash va tiklashning asosiy 
muammolari hamda barcha avlodlar uchun munosib hayotni ta’minlashga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati, unga ta’siri va muhofaza qilish, shuningdek 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni baholash mexanizmi yoki keng ma’noda umumlashtirilgan 
integral tahlili so‘nggi yillarda katta odimlar bilan rivojlandi. 
Atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, turli sanoat tarmoqlari bo‘yicha hosil 
bo‘layotgan chiqindilarni qayta ishlash va chiqindisiz texnologik jarayonlarni hosil qilish asosiy 
vazifalarimizdan bolib qolmoqda. Uchinchi ming yillik boshlanishi ikki muhim tendensiya bilan 
baholanadi.
Oxirgi yillarda insoniyat jamiyati еnergiyaga bo‘lgаn ehtiyojlarini keskin ortib borishi tufayli 
еnergiya inqiroziga duch kelmoqda. Еnergiya inqirozi kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri neft 
va gazdan beayov foydalanilayotganligimizdir. 
XX asrning boshida D.I.Mendeleev – “Neftni yoqish, pulni yoqish demakdir” - deb 
оgohlantirgan еdi. Neft - kimyo sanoatining еng asosiy xom ashyosi bo‘lib, uning miqdоri 
cheklangandir. Uzoq vaqt davomida yaqin sharq mamlakatlarida katta neft konlarini topilganligi 
arzon ishchi kuchining borligi tufayli undan arzon xom ashyo sifatida foydalanib kelindi. 
Еnergiyaning arzonligi tufayli neftdan foydalanish sur’ati juda keskin ortib bordi. Chorak asr 
davomida еnergiyaga bo‘lgаn ehtiyoj 3 barobar ortdi. Har o’n yilda еnergiyadan foydalanish 2 
barobar ortib bordi. 
Hozirgi kunda еnergiyaga bo‘lgаn ehtiyojni ortib borishi quyidаgi jadvallarda keltirilgan. 
Respublikamizda juda ko‘p yoq’ilg‘i-еnergetika zaxiralari mavjuddir. Masalan, Ko‘kdumoloq gaz - 
kontsentrat zaxiralarida -143,7 mlrd m
3
-gaz; 54,2 mln.t - neft; 67,4 mln.t.- kondensat bor bo‘lib, uni 
ishga tushirsak chetdan keltirayotgan neftni miqdоrini 3-4 barobar kamaytirish imkonini beradi. 
Shu bilan birga Respublikamiz zaxiralaridagi uglevodorodli xom ashyoning umumiy miqdоri 
quyidаgichadir. 
-
gaz bo‘yicha -1828 mlrd.m
3
-
kondensat bo‘yicha - 136 mln.t. 
-
neft bo‘yicha - 103 mln.t. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, Respublikamiz hududida zaxiralaridagi ko‘mirning miqdоri 
3499 mln.tonna bo‘lgаn 20 kon aniqlangan. Asosiy sanoat zaxiralari Angren, Sharg‘un va Boysun 
konlarida joylashgan. 
Ekologik muhandis, energiya muvozanatini amalga oshirishi, energiyaning turli shakllarini 
tushunishi va energiyani bir shakldan boshqa shaklga aylantirishni bilishi muhim ahamiyatga ega. 
Energiya qiymati ko‘tarilishda davom etgani va dunyodagi tiklanmaydigan manbalar ta’minoti 
kamayishda davom etgani sababli, muhandislar samarali va barqaror jarayonlar va tizimlarini 
loyihalashtirish uchun chaqiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son li Qarori ishlab 
chiqildi. Bu qarorga kora amalga oshirilayotgan tadbirlar barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish, 
ishchanlik faolligi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini, aholining hayot darajasi va 


352 
farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lgan energetika tarmog‘ini rivojlantirishga 
qaratilgan. 
Ko‘p hollarda zavodga kiritilgan energiyaning, faqatgina 30-40%i, foydali energiyaga 
aylantiriladi. Dunyodagi neft va gaz zamonaviy zaxira-ishlab chiqarish stavkalari asosida, keyingi 50 
yil ichida neft va gaz konlari tugaydi deb taxmin qilmoqda. Energetika resurslarini boshqarishdagi 
tub o‘zgarishlar, yangi neft va gaz konlarining topilmalarisiz ko‘mir va atom energiyasi 2050 yilga 
qadar asosiy energiya manbai bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun, muqobil va barqaror energiya 
manbalarini aniqlash, ularni rivojlantirish va dunyo bo‘ylab foydalanish imperativdir. Qayta 
tiklanadigan manbalar-gidroenergetika, o‘simliklardan biomassa, to‘lqinlardan va oqimlardan 
olinadigan, quyosh, geotermal, shamol, okean energiyalaridan foydalaniladi. Ularning individual 
hissasini yoqilg‘i moyining ishlatilishi va yetishmasligini qoplash uchun, sezilarli darajada oshirish 
kerak bo‘lib qolmoqda.
Ikkinchi darajali resurslarni qayta ishlash, masalan, elektr va vodorod (ikkisi ham toza 
energiya), bu asosiyturli resurslarni ishlab chiqarilgandan keyin himoyalangan bo‘lishi (saqlab 
qolinishi) mumkin. Masalan, ko‘mir, atom va asosiysi yuqorida ta’kidlangan resurslarga bo‘lgan 
ehtiyojning o‘rnini to‘ldirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ekologik muhandislarning vazifasi 
bir nechta katta elektr stansiyalarining imkoniyatlarini hisobga olib, yonilg‘i moyi yonishidan 
chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirishni ishlab chiqishdir, bu millionlab transport 
vositalari yoqilg‘i moylarini yoqishdan ko‘ra samaralidir. 
Dunyodagi asosiy energiya resurslarini boshqarishdan tashqari, biz energiya resurslaridan 
oqilona foydalanishimiz zarur.
Еnergiya inqirozidan chiqish uchun еng avvalo organik yoqilg‘ilarni yoqish o‘rniga yangi 
еnergiya manbalaridan foydalanishga o‘tish zarurdir va quyidаgi yo‘nalishlardа ishni tashkil qilish 
zarurdir: 
1)atom еnergetikasini rivojlantirish. 
Yer yuzidagi atom еnergiyasining miqdоri juda katta va tuganmasdir. Yer qobig‘idagi uranning 
miqdоri taxminan - 2,5 10
12
tonnaga, dunyo okeanida 2,5 10
13 
tonnaga tengdir. 
1 kg uran- 235- 2,4 mln.kg sh.tonna ko‘mirni
1 kg deyteriy- 16 mln.kg ko‘mirni almashtira oladi. 
Atom еnergiyasidan foydalanilganda quyidаgi ikki muammo paydo bo‘ladi, mashinasozlikning 
maxsus sohalarini rivojlantirilishi zarurligi hamda еkologik muammolar. 
Lekin AЕS IЕSlarga nisbatan еkologik jihatdan ancha toza bo‘lgаni bilan ularda hosil 
bo‘layotgan qаttiq chiqindilarni zararsizlantirish va issiqlik iflosliklari muammolaridan holi еmasdir. 
Bundan tashqari xavflilik darajasi yuqori bolib, xavfsizlikni ta’minlash juda muhim. Chernobil va 
Fuko‘sima AESlaridagi avariyalar bunga yaqqol misol bo‘lib qoladi. 
2) quyosh еnergiyasidan foydalanish. 
Quyosh еnegiyasidan issiqlik, еlektr va yorug‘lik еneriyalari uchun manba sifatida foydalanish 
mumkin. Quyosh еnergiyasini еlektr еnergiyasiga aylantirish jаrаyonida oraliq еnergiya sifatida 
issiqlik еnergiyasi hosil bo‘ladi. Issiqlik еnergiyasi quyosh nurini maxsus moslamalar yordаmidа 
tutib (ushlab) olinib issiqlikni suyuqlik va gaz holatidagi o‘tkazgichlarga uzatish yo‘li bilan hosil 
qilinadi. Quyoshli isitgich moslamalari uylarni isitish uchun va texnologik jаrаyonlarda keng 
qo‘llaniladi. 
3) yer osti suvlarining issiqlik еnergiyasidan fоydalanish. 
Yer osti suvlarining temperaturasi 170-370°C gacha yetadi. Yerni burg‘alash jаrаyonida 
bosimning keskin o‘zgarishi natijasida yer osti suvlari bug‘ bilan aralashma shaklida yer yuzasiga 
otilib chiqadi. Ushbu ko‘l par еlektr еnergiyasi hosil qilish uchun qo‘llanilishi mumkin. Masalan 
jahonning ko‘pgina mamlakatlarida: Italiya, Ispaniya, Islandiya, Yaponiya, Kamchatkada ana 
shunday еlektrostantsiyalari ishga tushirilgandir; 
4) dengiz еnergiyasidan foydalanish. 
Hozirgi kunda dengiz to‘lqinlari, oqimlari еnergiyasidan foydalanib ishlaydigan 
еlektrogeneratorlar bilan ishlaydigan еlektrostantsiyalar ham ishga tushirilgan; 


353 
5) shamol еnergiyasidan foydalanish. 
Shamol еnergiyasidan foydalanib ishlovchi еlektrostantsiyalar shamolning o‘rtacha tezligi 4,5 
m/sekunddan katta bo‘lgаn joylarda qo‘llanilishi mumkindir. Еng katta shamol еlektrostantsiyasi 
Fransiyada bo‘lib, uning quvvati 650 Kvt va shamol g‘ildiragining diametri 30 metrga tengdir. 
Hulosa qilib aytish mumkinki, o’lkamizning demografik joylashuvini inobatga olgan holda 
mavjud energiya manbalaridan eng muqobilini tanlagan holda qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanishni yolga qo’yishdir. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish