354
sezilarli darajada kamaytirishi, emissiya, energiya tuzilishini moslashtirishi va iqlimni
barqarorlashtirishda asosiy bo’g’in hisoblanadi.
Jumladan, ohirgi yillarda Buyuk Britaniya davlatida har bir
iqtisodiy sektorida yashil
investitsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar yaratildi. Yillik investitsiyalar past uglerodli
sektorlarda so'nggi besh yil ichida real ko'rinishda ikki baravardan ko'proq oshdi. Birgina 2021 va
2022 yillar davomida yangi investitsiyalar Buyuk Britaniyadiga uglerodni qisqartirish sektorlariga
50 milliard funt sterlinglik miqdorda kiritildi.
Biroq mutahassislar ta’kidlashicha, “yashil loyihalar” ga jalb etilayotgan davlat va xususiy
investitsiyalar nisbati: nisbatda bo’lishi zarur. Xitoyda- esa ichki “yashil loyihalar” ni
moliyalashtirishda 10-15% davlat byudjeti mablag’lari va 85-90% xususiy mablag’lardan
foydalanish qoidasiga amal qilinadi. Shu sababli, “yashil loyihalar” ga xususiy investitsiyalarni jalb
etishdagi risklarni an’anaviy loyihalarni moliyalashtirishda kuzatiladigan risklar darajasiga qadar
kamaytirishni talab etadi. Xususiy investitsiyalarni “yashil loyihalar” ga jalb etishni
rag’batlantirishning turli usul va dastaklari foydalaniladi(1-jadval).