|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 311/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовыйTAHLIL VA NATIJALAR.
Tijorat banklarining likvidliligini mustahkamlash va likvidlilik
riskini samarali boshqarish, ularning bank tizimini rivojlantirishdagi ro’lini qayta ko’rib chiqish
zaruratini taqozo etmoqda. Misol uchun, professor H.U.Rahmatovning soʻzlariga koʻra, bugungi
kunda mamlakatimiz bank tizimi faoliyatini uygʻunlashtirish, bank tizimining huquqiy asoslarini
mustahkamlash, oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash maqsadida milliy iqtisodiy va
jahon moliya bozori tajribasidan kelib chiqqan holda qator tizimli chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. A.Y.Abdullayevning fikricha esa, jahon iqtisodiyotidagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tijorat banklarining likvidligining zaiflashishiga, aktivlar bilan
ta’minlanmagan katta miqdordagi pul mablag‘larining muomalaga kirishishiga, to'lov balansining
yomonlashishi va natijada milliy iqtisodiyotlarning tanazzulga yuz tutishi yomonlashuviga olib
keladi.
Mustaqillik yillarida bank aktivlari samaradorligini mustahkamlash borasida amalga
oshirilgan islohotlarni besh bosqichga ajratish maqsadga muvofiq bo’lardi.
Birinchi bosqich
. Bu bosqich 1991-1993 yillar oralig’ini o’z ichiga oladi. Bu davrda
respublikamizda ikki bosqichli bank tizimini shakllantirish bilan bog’liq islohotlar olib borildi. Ya’ni
1991-yil 15 fevralida ‘Banklar va bank faoliyati tog’risidagi ’qonun qabul qilindi. Hamda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni
ta’minlovchi, bank nazoratini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar tashkil qilindi.
Ikkinchi bosqich.
Bu bosqich esa 1994-2000 yillar oralig’ini qamrab olib, ushbu davrda
banklararo to’lovlarni amalga oshirishning yangi dasturiy tizimini joriy etildi . Qolaversa, ish
jarayonida barcha hisob-kitoblarni o’tkazish yangi texnalogiyalarni qo’llagan holda to’liq
avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshira boshlandi. 1998 yilda bank nazorati bo'yicha Bazel
qo'mitasining tavsiyalari va xalqaro tajriba asosida tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi
me'yoriy hujjatlar to'plami qabul qilindi. Tijorat banklaridagi muammoli aktivlarni erta aniqlash, bank
kapitali va likvidligi yomonlashishini kutmasdan ogohlantirish choralarini ko‘rish mazkur huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqishda muhim mezon sifatida tanlandi. 2000-yilda banklar kredit portfelining 50
foizdan ortig‘i tashqi kreditlar hisobidan shakllantirilgan bo‘lsa, 2009-yil yakuniga ko‘ra banklar
kredit portfelining 80 foizdan ortig‘i ichki manbalar hisobidan shakllantirildi.
|
| |