Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Beshinchi bosqich . 
2017 yildan boshlab bank tizimida tub islohotlar amalga oshirildi. Shu 
munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi mamlakatni 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi dasturida “Makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, bank 
tizimini isloh qilish bank tizimini mustahkamlash ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan 
vositalardan foydalangan holda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini 
ta’minlash, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish (banklarning depozit bazasini 
kapitallashtirishni chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, iqtisodiyotga zamonaviy bozor 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish) valyuta kursini tartibga solish, milliy valyuta 
barqarorligini ta’minlash, tijorat banklari kapitali yetarlilik darajasi va likvidlik darajasini bank 
nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talablariga muvofiq qo‘llab-quvvatlash zarurligi” alohida 
ta’kidlandi. 
XULOSA.
Yuqoridagilarning barchasini sarhisob qilsak, bank aktivlarini diversifikatsiya 
qilish bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar evolyutsiyasini o‘rganish respublikamizda bank faoliyatini 
rivojlantirishning nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu bilan birga tijorat 
banklarining aktivlarni diversifikatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlari tahlili natijalari shuni 
ko‘rsatdiki,birinchidan, tijorat banklari aktivlarini boshqarishda asosiy e’tiborni guruhlash va tarkibiy 
tahlil qilishga qaratish,ikkinchidan, bank aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 
yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (videobankingni rivojlantirish, aloqa kanallarini 
yangi texnologiyalar bilan jihozlash, onlayn-banking texnologiyasini takomillashtirish, bank 
xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish), avtomatlashtirilgan hisob-kitob markazlari 


459 
faoliyatini foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur, uchinchidan, tijorat banklarining aktivlarini 
boshqarish samaradorligini ta’minlashda moliyaviy innovatsiyalarga e’tibor qaratish zarur.Bu 
jarayonda kredit tavakkalchiligini baholashga standartlashtirilgan yondashuv, aktivlar rentabelligi, 
daromad va xarajat ko‘rsatkichlarini qiyosiy o‘rganish orqali natijalar asosida xulosalar chiqarish 
katta ahamiyatga ega. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish