Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Nabiyeva Saidaxon Abduvaxabovna
TDTU, PhD dotsenti
SANOAT KORXONALARIGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNI 
RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI 
Bizga ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan 
yuksak natijalar, ya’ni, yangidan-yangi zamonaviy sanoat korxonalari hamda ishlab chiqarish 
quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida respublikamiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli 
darajada ortib ketayotgani, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari ortib, 
sifatning tubdan yaxshilanib borishi, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib 
borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri baholanganligi, shuningdek, amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan va xalqimizning fidokorona 
mehnati bugungi kunda eng muhim omil bo‘lib hisoblanmoqda. 
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarini rivojlantirishning asosiy 
omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: maqsadli dasturlarni joriy etish; infratuzilmani 
tashkil etish (suv, gaz, elektr energiyasi, transport va boshqalar); xalq iste’moli tovarlarini ishlab 
chiqarish va ular bilan bozorni to‘la ta’minlash; neft gaz sohasini rivojlantirish; sanoat korxonalarini 
rivojlantirishda qo‘shma korxonalarning ulushini oshirish; ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti 
ko‘lamini kengaytirish, kichik korxonalar mahsulotlarini eksportga yo‘naltirilishini yo‘lga quyish 
ishlarini amalga oshirish lozim. Hozirgi kunda modernizatsiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan 
bir paytda, sanoat korxonalarini rivojlantirish, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish va 
barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tibor muhim ahamiyat kasb etayotganligi tanlangan mavzuning 
dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu 
borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz 
iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish orqali rivojlantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 


91 
Mamlakatimizda asosan investitsiya loyixalari, avvalo ustivor tarmoqlarga, ya’ni neft va 
kimyo sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, 
telekomunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishga, va ularni keng 
qayta ishlashga, turizm soxasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Mustaqil taraqqiyotimiz davrida neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining 
lokomotivlaridan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur soha rivojiga 
qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tufayli ko‘plab zamonaviy 
majmua va yirik korxonalar foydalanishga topshirildiki, bu tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish, uni chuqur 
qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkonini bermoqda.
Neft va gaz sanoati, neft va gaz konlarini qidirish, burg‘ulash, qazib chiqarish
uglevodorodlarni qayta ishlash, neft maxsulotlarini ishlab chiqarish, neftkimyo va kimyo uskunalarini 
ishlab chiqarish va istemolchilarni neft maxsulotlari bilan ta’minlashgacha bo‘lgan barcha neft va gaz 
operatsiyalarini qamrab oladi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, sohani rivojlanishi uchun uzoq 
muddatli, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay ijtimoiy 
va investitsiya muhitini shakllantirilishini tashkil etish lozim. 
Xulosa o‘rnida aytganda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida neft-gaz sanoatini -
modernizatsiya qilish bo‘yicha boy tajriba to‘pladi. Bu esa xorijiy kompaniyalarda katta qiziqish 
uyg‘otib, sohaga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirishga katta turtki 
bo‘layapti. Natijada jahon neft-gaz jabhasida yuz berayotgan murakkab vaziyatga qaramasdan, 
yurtimiz uglevodorodlar bozorida egallab turgan mavqeini tobora mustahkamlab, eksport hajmini yil 
sayin ko‘paytirib bormoqda. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish