Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Axmedova Aziza Xabibullaevna 
O‘zR Savdo - sanoat palatasi Olmazor tuman bo‘limi bosh mutaxassisi 
Samanov Abdurashid Andamovich, ToshDTU dotsenti
INNOVATSION INVESTITSIYALAR MILLIY IQTISODIYOTNI 
RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILI SIFATIDA 
Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning jadal sur’atlar 
bilan rivojlanishini va raqobatbardoshligini ta’minlash, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni 
va nufuzini yanada oshirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda har 
bir davlat o‘z iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash, aholi farovonligini oshirishda innovatsiya 
imkoniyatlaridan keng foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda. 
Shu maqsadda respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish 
va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va 
jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy 
qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan. Innovatsiya loyihalarini 
amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb 
etish imkonini beradi.
Shu sababli mamlakatimizda innovatsiya siyosatini olib borishda investitsiyalarning samarali 
ishtirokini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqdaki, buning natijasida milliy iqtisodiyotga 
jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi, ular yordamida ishlab chiqarishga joriy etilayotgan zamonaviy 
va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan loyihalarning sonining yil sayin ortib borishini, shuningdek, 
yalpi ichki mahsulotning yuqori su’ratlar bilan o‘sishini ta’minlamoqda. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy 
xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan 
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat 
berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. 
Biroq, bugungi tezkor o‘zgarish va yangilanishlar davrida mazkur yutuqlar bilan cheklanib 
qolmasdan, yangidan-yangi, bugungi hayotimiz talabiga asoslangan innovatsiya loyihalarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu masalalar 
yuzasidan tadqiqotlar olib borish va ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarbligicha 


98 
qolmoqda.
Innovatsiya faoliyati, uni tashkil etish, innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va 
moliyalashtirish, boshqarish hamda u bilan bog‘liq xorij tajrbalari yuzasidan xorijlik iqtisodchi-
olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, Y.Shumpeter, I.T.Balabanov, A.B.Borisov, 
V.G.Medinskiy, V.V.Glushchenko, I.I. Glushchenko, V.L.Popova, A.N.Folomev, V.V.Glushchenko, 
I.I.Glushchenko, V.F.Baynev, V.V.Saevichlar ilmiy-tadqiqotlari bilan bir qatorda innovatsiya 
loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning nazariy asoslari, uni moliyalashtirishning 
ahamiyati, milliy xususiyatlari va amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi-olimlaridan 
F.M.Matmurodov, 
B.E.Toshmurodova, 
N.Jiyanova, 
D.X.Suyunov, 
M.N.Ravshanov, 
M.SH.Butabaev, E. Egamberdiev, X.Xo‘jaqulov, D.G‘.G‘ozibekov, AE.I.Nosirov, A.M.Kadirov, 
A.T.Axmedova, B.Mamatov, D.Xo‘jamqulovlarning ilmiy ishlari va asarlarida tadqiq etilgan va keng 
yoritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy 
maqsadlaridan biri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. 
Buning uchun bazaviy sohalarda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangi va zamonaviy 
texnologiyalarni faol joriy qilish va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va 
hududlarda tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va 
mutanosiblikni ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirish lozimdir. Bunda mazkur maqsadga erishishda, xususan, bugungi kunning ilm-fan 
yutuqlaridan keng va samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg‘or va so‘nggi avlod 
texnologiyalarini joriy etish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida innovatsiyalarning 
rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan 
yangiliklar va tajribalarga suyanib, ularni o‘z iqtisodiyotimizga ko‘chirib olib kelish bilan 
chegaralanib qolmasdan, balki, milliy amaliyot va yutuqlarimiz bilan yuqori darajalarga erishish, 
buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatlarimizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy innovatsiya loyihalari, odatda, katta 
investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo‘lavermasligini hisobga olish zarur. SHuning 
uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur 
loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo‘ladi. Bu holatda asosiysi 
moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo‘yicha to‘lovlar darajasi va hokazodir. Bu 
holatda investor o‘ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, 
va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab 
etiladi.
Innovatsiya loyihasi etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‘lajak investor loyiha bilan 
tanishganda mo‘ljallanayotgan dastur haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi va uning maqsadlarini 
tushunishi lozim. 
Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari va qulay biznes muhitining 
yaratilganligi, ochiq raqobat sharoiti va yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka erishish imkoniyatlari 
tadbirkorlarning o‘z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va o‘zgartirishlarida innovatsiya 
loyihalarini joriy etishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda 
innovatsiyaning mazmun-mohiyatini kengroq o‘rganish, innovatsiya faoliyatini tashkil etish va 
moliyalashtirishga bo‘lgan munosabatlarning rivojlanishiga olib kelmoqda. 
Shunday ekan, innovatsiyaning o‘zi nima, degan savolga to‘liq javob topish unga bo‘lgan 
munosabatni to‘g‘ri belgilash va tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Innovatsiya tushunchasi birinchi marta XX asr boshlarida xorijlik madaniyatshunoslar ilmiy 
tadqiqotlarida paydo bo‘lgan va qo‘llanilgan bo‘lib, bir madaniyatning ayrim elementlarining 
boshqasiga joriy etilishini bildirgan. 
Innovatsiya atamasi lotincha “innovato” so‘zidan olingan bo‘lib, yangilash va yaxshilash 
degan ma’noni anglatadi. Umumiy mazmunda mazkur atama odamlar tomonidan, asosan, ayni paytda 
va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati 
sifatida tushunilgan. Innovatsiya atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida 


99 
qo‘llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatilgan. 
Mazkur atamaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki, har qanday 
kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish), 
o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash 
jarayonini bildiradi va yangilikning tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat 
innovatsiya (yangilikni joriy etish)ga aylanadi. Innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, 
boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. 
Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush-tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini 
oshirishda katta imkoniyatlrani taqdim etadi. shu munosabat bilan Innovatsiyalardan keng va samarali 
foydalanish O‘zbekiston davlati uchun bugungi kunda o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va rivojlantirish, xususan, korxonalar darajasida zamonaviy texnika-
texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yishda uning ahamiyati yanada 
yuqori baholanadi. Hozirgi globallushuv zamonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati 
samaradorligini xarakterlovchi muhim mezonlardan biri eksportga tovar chiqarish imkoniyatidir. 
Buning uchun modernizatsiya qilish orqali korxonalarga yangi texnologiyalar olib kirilishi zarur 
bo‘ladi.
Innovatsiyalarni davlat tomonidan bilvosita rag‘batlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri 
bu maqsadli nobyudjet fondlar mablag‘larini mobilizatsiyasidir. Innovatsiya faoliyatini boshqarish 
(tartibga solish) sohasida muhim masala bo‘lib, innovatsion infratuzilmani shakllantirishda davlat 
ishtiroki hisoblanadi. 
Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, innovatsion investitsiya faoliyatini 
oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni, barcha shart-sharoitlarni hisobga 
olgan holda jalb qilish milliy iqtisodiyotni kelajagini belgilaydi. 
O‘zbekiston halqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bilan jaxonda o‘zaro ishonchga 
asoslangan yangi siyosiy iqlim yaratmoqda. Bu faol tashqi iqtisodiy siyosat dunyodagi etakchi 
davlatlar va xalqaro siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga olib 
kelmoqda. 
Mazkur faollik halqaro do‘stlik, hamkorlikka asoslangan iqtisodiy jadal taraqqiyot 
belgilarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda yaratilagn innovatsion investitsion qulay muhit milliy 
iqtisodiyotning jadal rivojlanishida omil sifatida hizmat qiladi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish