113
- byudjet investitsiyalari tomonidan ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni
moliyalashtirishning etarli emasligi;
- investitsion loyihalarning tenderlardagi raqobatbardoshligining rivojlanmaganligi.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan iqtisodiy va moliyaviy muammolardan tashqari investitsion
faoliyatning faolligini oshirishda quyidagi omillarning ta’sir qilishini kuchaytirish:
-
siyosiy barqarorlik, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini tartibga solish va demonopolizatsiya
qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-
inflyasiya darajasini ushlab turish bo‘yicha
tadbirlar, bunda qayta moliyalashtirish
stavkasining elastikligi. Asosiy vaziyat sifatida kredit resurslarini tashkilotlar uchun stavkani
pasaytirish;
-
investitsiyalar bo‘yicha yagona normativ-xuquqiy me’yorlarni shakllantirish va
mavjudlarini takomillashtirish;
-
oltin-valyuta zahiralarini yuqori darajada ushlab turish
va bu orqali milliy valyuta
ishonchliligini ta’minlash;
-
bozor infratuzilmasidagi asosiy ishtirokchilar ya’ni banklar, birjalar, fondlar, konsalting va
sug‘urta kompaniyalarining faoliyatini takomillashtirish, chunki ular investitsion resurslarning
mobilligini va bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa kapitalning tezroq borishini ta’minlaydi, shu bilan
birga investitsion loyihalarni tijorat risklaridan sug‘urtalashni ham yo‘lga qo‘yish;
-
aniq investitsion maqsadlarga mablag‘ini yo‘naltirayotgan tashkilotlar uchun umumiy
soliq yukini kamaytirish tizimini ishlab chiqish;
-
axborot texnologiyalarini rivojlantirish orqali xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlik
munosabatlarining faolligini oshirish;
-
ta’lim tizimida menejment, investitsiyalar,
marketing, biznes rejalashtirish kabi
yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali yuqori darajali kadrlar tayyorlashni ta’minlash zarur.
Ushbu omillarning ta’sirini me’yorlashtirish orqali mamlaktimizdagi investitsion faoliyatdagi
mavjud muammolarni bartaraf etish imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotimizdagi
mavjud tarmoqlarga investitsiyalar oqimini kengaytirib, yalpi ichki mahsulot miqdorining
ko‘payishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga hamda aholi farovonligining ortishiga olib keladi.
SHu orqali biz amaliyotda investitsiyalarni jalb qilish va boshqarish bo‘yicha o‘ziga xos
xususiyatlarni
yoritib berdik, hamda undagi mavjud ustunliklar va kamchiliklarni ochib berishga
harakat qildik. Ulardagi imkoniyatlardan mamlakatimiz iqtisodiyotida keng foydalanish mumkin.