Kariyeva Latofat Saidakramovna TDTU dotsenti




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

Kariyeva Latofat Saidakramovna TDTU dotsenti 
SANOAT KORXONALARINING RIVOJLANISHIDA MEHNAT 
 RESURSLARINING TUTGAN O‘RNI 
O‘zbekistonda 
olib 
borilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
bozor 
munosabatlari 
shakllanishi 
mamlakat 
iqtisodiyoti 
tarmoqlari 
rivojlanishi 
va 
mavqeini 
tubdan 
o‘zgartirmoqda. Turli xil mulk, hajmi va faoliyati turlicha bo‘lgan korxonalarning 
mavjud bo‘lishi yangi iqtisodiy, va huquqiy munosabatlar shakllanishiga sabab 
bo‘lmoqda. 
Bu 
holat 
insonlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarga 
ham 
o‘z 
ta’sirini 
ko‘rsatmoqda, ularning mulkka, olinayotgan natija va uning samaradorligiga bo‘lgan 
qarashi tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu jarayonlar aholini ish bilan ta’minlash va bu 
orqali 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga 
erishish, 
eng 
avvalo, 
mavjud 
mehnat 
resurslaridan samarali foydalanishga bog‘liq.
Mustaqillik 
yillarida 
to‘plangan tajriba va oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida uning obyektiv qonuniyatlarini tadqiq 
qilish, shulardan kelib chiqqan holda aniq xulosalar chiqarish hamda amaliy tadbirlar 
belgilash 
mumkin. 
Vaholanki, 
barqaror 
rivojlanib 
boruvchi 
mehnat 
resurslaridan 
samarali foydalanish tom ma’noda o‘ziga xos tamoyillarga asoslangan mehnat 
resurslarini 
hududiy 
taqsimlash, 
tabiat 
bilan 
jamiyatning 
qonun 
va 
qonuniyatlarini 
anglash, ushbu jarayonlarni chuqur tahlil qilish, ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish va 
ularni amaliyotga qo‘llashni nazarda tutadi.


100 
Iqtisodiy kategoriya sifatida mehnat ishlab chiqarish omillaridan biri bo‘lib, 
undan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanishning bilvosita ifodasi 
mavjud 
mehnat 
resurslaridan 
foydalanish 
hisoblanadi. 
Mehnat 
resurslarini 
ikkita 
asosiy 
jihatda 
ko‘rib chiqish mumkin: a) milliy iqtisodiyot tizimining mehnat 
resurslari; b) korxona ishchi kuchi.
Umumiy iqtisodiy 
mazmun 
jihatidan: 
mehnat 
resurslari 

bu, eng avvalo, 
mehnatga layoqatli yoshdagi aholini o‘z ichiga olgan qonun hujjatlariga muvofiq 
mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar yig‘indisidir. Mehnat resurslari samarali 
mehnat (qarorlar, harakatlar) orqali samarali natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan 
xodimlarning kasbiy va malakasini aks ettiradi.
Mehnat resurslari faoliyatning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi, chunki ular 
natija beradi. Mehnat resurslari deb, o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab 
chiqarishda 
ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to‘plamiga aytiladi. Bu 
ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o‘ziga iqtisodiyotda mehnat 
bilan band bo‘lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo‘lmasa ham mehnat qilishlari 
mumkin bo‘lgan kishilarni ham qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari 
haqiqiy (real) va potensial xodimlardir. Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli 
yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar, 60 
yoshgacha bo‘lgan erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi.
Korxonaning mehnat resurslari korxona resurslarining boshqa turlaridan shunisi bilan farq 
qiladiki, har bir xodim o‘ziga taklif qilingan shartlardan voz kechishi va mehnat sharoitlarini 
o‘zgartirishni talab qilishi va nihoyat o‘z xohishi bilan korxonani tark etishi mumkin. Shuning uchun 
korxonaning mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish va baholash korxonaning 
iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning asosiy masalalaridan biridir.
Sanoat 
korxonalarining 
mehnat 
resurslari 

bu 
korxonada 
shtat 
jadvaliga 
muvofiq ish bilan ta’minlangan va turli kasb-hunar va malaka guruhlariga mansub, 
ushbu 
korxonada 
ish 
haqi 
oladigan 
xodimlarning 
umumiy 
yig‘indisi. 
Ushbu 
yondashuv 
korxonaning 
mehnat 
resurslarini 
eng 
keng 
qamrovli 
talqin 
qilishni 
nazarda 
tutadi, 
unga 
ko‘ra 
ular 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlarning 
eng 
muhim 
elementlaridan 
biri 
bo‘lib, 
ishlab 
chiqarish 
va 
mehnat 
unumdorligining 
o‘sish 
sur’atlarini, mahsulot sifatini va korxonaning muvaffaqiyatli ishlashini belgilaydi. 
Sanoat 
korxonalarining 
mehnat 
resurslari 
uning 
potensial 
ishlab 
chiqarish 
va 
iqtisodiy samaradorligini tavsiflaydi va moddiy ne’matlar va xizmatlar yaratish 
mehnat jarayonidan tashqarida amalga oshirilmaydigan jismoniy, aqliy va ma’naviy 
qobiliyatlarning kombinatsiyasiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchilar sonida 
ifodalanadi. Shunday qilib, mehnat resurslari korxonalar salohiyatining juda ko‘p 
qirrali elementi hisoblanadi, chunki ular fan va ishlab chiqarish texnologiyalarining 
hozirgi rivojlanish darajasida foydalanish mumkin bo‘lgan mehnat miqdori va sifatini 
belgilaydi. 
Umuman 
olganda, 
korxonaning 
mehnat 
resurslari 
birinchi 
navbatda 
sanoat 
va 
sanoat bo‘lmagan xodimlarga bo‘linadi.

Download 9,47 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kariyeva Latofat Saidakramovna TDTU dotsenti

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish