102
ularga erishish vositalari, resurslari, usullari bo‘yicha ichki nomuvofiqliklar va faoliyatni tashkil etish
va ularga erishish uchun boshqarish maqsadlaridagi qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi.
Tashqi omillar korxona faoliyatiga bog‘liq emas, shuning sababli ularni nazorat qilish qiyin
va boshqarish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ammo bu omillar guruhi, o‘z navbatida, sanoat
korxonalarining faoliyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Tashqi iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy va boshqa
sharoitlar ko‘p jihatdan sanoat korxonasining samaradorligiga bog‘liq.
Tashqi omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta’sir etish darajasi mavjud. Sanoat
korxonasining faoliyati va rivojlanishiga bevosita ta’sir etadigan omillarining yig‘indisi ob’ektiv
tashqi omillar deb ataladi. Bu omillar guruhiga moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va resurslarni
etkazib beruvchilar, shuningdek, iste’molchilar, hamkorlar va raqobatchilar kiradi. Shuningdek,
ushbu guruhga korxona faoliyati samaradorligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadigan muayyan qonunlar va
qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham kiradi.
Tashqi omillarning yana bir guruhi - bu korxona faoliyatiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan
omillar majmuasini ifodalovchi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Iqtisodiyotning holati, tabiiy, ijtimoiy-
siyosiy omillar va boshqalar. korxonalarning samaradorligi va barqarorligini oshiradigan yoki
kamaytiradigan qo‘shimcha omillar rolini o‘ynaydi.
Shunday qilib, samaradorlik boshqaruv qarorlarining optimalligini
aniqlashda miqdoriy
mezonlarni qurish uchun asosdir. Samaradorlik korxonaning moddiy va tarkibiy, funksional va
tizimli xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Korxonaning dinamikligi, yaxlitligi, ko‘p qirraliligi va turli
tomonlarning o‘zaro bog‘liqligi kabi eng muhim parametrlari samaradorlik orqali namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham samaradorlikni tahlil qilish va baholash iqtisodiy tahlilning asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Samaradorlikka ta’sir qiluvchi eng muhim omillarni tahlil qilgandan so‘ng,
bozor sub’ektlarini xo‘jalik yuritishning iqtisodiy tizimini har bir alohida elementi ushbu sub’ektlarga
ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi, bu esa korxonani boshqarish tizimida hisobga olinishi kerak.
Samaradorlik - iste’molchilar o‘rtasida xaridorgir bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) ishlab
chiqarishda mehnat, kapital, xomashyo, vaqt, energiya, axborot va boshqa resurslardan foydalanish
natijadorligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Samaradorlikni tahlil qilish korxonaning joriy faoliyatini
yaxshilashga va mehnat unumdorligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Sanoat korxonasi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning ko‘plab tasniflari, ichki va tashqi
turlarga bo‘linishi muhim ahamiyatga ega. Ichki omillar bevosita korxonaning tashkiliy jarayoniga
bog‘liq, korxona tashqi o‘zgarishlarga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Bu omillarni batafsil ko‘rib chiqishda, tashqi omillarni 4 guruhga ajratish va ular:
-
Siyosiy va huquqiy omillar. Sanoat korxonasi faoliyatidagi mavjud imkoniyatlar va risklar
darajasiga davlat hamda undagi qonunchilik xarakteridagi turli omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
-
Iqtisodiy omillar. Sanoat korxonasining rentabelligini saqlab qolish qobiliyatiga mamlakat
iqtisodiyotining umumiy holati va barqarorligi, iqtisodiy siklning qaysi
bosqichda rivojlanishi
bevosita ta’sir qiladi. Umuman makroiqtisodiy shart-sharoitlar sanoat korxonalarining iqtisodiy
maqsadlarga erishish darajasini belgilaydi.
-
Jamiyat manfaatlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy va madaniy omillar: aholining
turmush tarzi, mehnati, iste’moliga va deyarli barcha sanoat korxonalariga sezilarli darajada ta’sir
qiladi.
-
Texnologik omillar. XXI asrning inqilobiy texnologik rivojlanishi va ixtirolari, masalan,
kundalik hayotda kompyuterlar, yangi aloqa turlari, transport, qurollar, robotlar ishlab chiqarish va
boshqa ko‘p narsalarning paydo bo‘lishi sanoat korxonalarining boshqaruvchilari uchun yangi
imkoniyatlar va jiddiy risklarni taklif qilmoqda.
Sanoat korxonasi faoliyatining samarali rivojlanishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
bo‘lgan talab alohida ahamiyatga ega, chunki u foydaning barqarorligini belgilaydi. Samarali talab,
o‘z navbatida, iste’molchilarning daromadlari darajasiga, shuningdek,
sanoat korxonasining
mahsulotlaridagi narxga bog‘liq. Mamlakat iqtisodiyotidagi iqtisodiy siklning bosqichi moliyaviy
barqarorlikka sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.
103
Shuni ham ta’kidlash kerakki, bugungi kunda O‘zbekistonda temir yo‘l transporti
korxonalarning moliyaviy holatini beqarorlashtiradigan eng keng ko‘lamli salbiy tashqi omillardan
biri bu inflyasiya hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligini ko‘rib chiqishda davlatning
tadbirkorlikka munosabati, iste’molchilar va tadbirkorlarni himoya qilish choralari, iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solish tamoyillari, xususan, uning taqiqlovchi yoki rag‘batlantiruvchanlik
xususiyati, mulkiy munosabatlar, er islohoti tamoyillari hisobga olinmaydi.
Ichki omillarning temir yo‘l transporti korxonasi faoliyatiga birgalikda ta’sir qilish darajasi
nafaqat
ularning nisbatiga, balki korxona hozirda joylashgan ishlab chiqarish siklining bosqichiga
bog‘liq bo‘lib, undagi boshqarvchilarning malakasi va professionalligi muhim rol o‘ynaydi.
Temir yo‘l sanoati korxonasi faoliyatining rivojlanishidagi muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi ko‘p jihatdan mahsulot (bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar), uning
tuzilishi va tarkibini tanlashga bog‘liqdir. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun nafaqat
nima ishlab chiqarishni oldindan aniqlash, balki ishlab chiqarish modelini to‘g‘ri tanlash kerak.
Ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini qanday texnologiyalar, qanday usullar bilan qo‘llash
mumkinligini o‘rganish va chuqur taxlil qilish talab etiladi. Temir yo‘l sanoati korxonasining samarali
faoliyat yuritishini ta’minlash uchun nafaqat xarajatlarning umumiy miqdori, balki doimiy va
o‘zgaruvchan xarajatlar nisbati ham muhim ahamiyatga ega.
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga mutanosib bo‘lib, ular xom ashyo, energiya,
mahsulotlarni tashish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Doimiy xarajatlar, masalan, asbob-uskunalar
va binolarni sotib olish yoki ijaraga olish, boshqaruv, xodimlarning ish haqi, amortizasiya, reklama,
kredit bo‘yicha bank foizlarini to‘lash va boshqalar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq emas.
Temir yo‘l sanoati korxonasining moliyaviy barqarorligida
mahsulot turlari va ishlab
chiqarish texnologiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim omil mavjud - bu
mablag‘larning tuzilishi va ularning optimal tarkibi, shuningdek, boshqaruv strategiyasini oqilona
belgilashdir. Temir yo‘l sanoati korxonasining barqarorligi va samaradorligi ko‘p jihatdan aylanma
mablag‘larning sifatini boshqarishga, aylanma mablag‘larning qanday va qancha qismi jalb
qilinganligiga, naqd puldagi aktivlarning hajmiga bog‘liq.
SHuni ham unutmaslik kerakki, temir yo‘l sanoati korxonasida tovar-moddiy zaxiralar
hajmini va likvidlikni kamaytirish orqali ishlab chiqarishda ko‘proq kapital ishlatishi va shu bilan
ko‘proq foyda olishga intilish mumkin. Temir yo‘l sanoati korxonasining aylanma mablag‘larini
boshqarishdagi mukammalligi faqat korxonaning joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan
minimal pul miqdorini saqlab qolishdir.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida temir yo‘l sanoati
korxonasining resurslardan
foydalanish samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillarning yig‘indisini aks
ettiruvchi istiqbolli tasnifini ko‘rish mumkin. Omillar bozor va ishlab chiqarish, tashqi va ichki
guruhlarga bo‘linadi. Birlashtirish usulidan foydalanib, omillar davlat, xodimlar va ish beruvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasiga qarab “ta’sir zonasi” bo‘yicha uchta guruhga birlashtiriladi.
Ularga: davlat, bozor va korporativ guruhlar kiradi. Bunday guruhlash ijtimoiy va iqtisodiy
munosabatlarda bo‘lgan sub’ektlarning o‘zaro munosabatlarida unumdorligini tartibga solish va o‘z-
o‘zini tartibga solish uchun muhimdir.
Bizning fikrimiz yuqoridagi omillar ta’sirini chuqur tahlil qilish zarurligiga ishora qiladi.
Shunday qilib, sanoat korxonasida iqtisodiy samaradorlikning nisbatan past darajasi bilan
olingan foydada ifodalangan sezilarli iqtisodiy samaraga erishgan vaziyat bo‘lishi mumkin.
Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish
va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga etkazish mo‘ljallangan. Buning natijasida 2026 yilga kelib
temir yo‘l infratuzilmasi rivojlantiriladi va tranzit yuklarni tashish hajmi oshiriladi. Bu maqsadga
erishishda quyidagilar ham qo‘shimcha sifatida kiritilgan. Xususan:
-
“O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy” temir yo‘l liniyasini
qurish loyihasini
jadallashtirish;
-
loyihani amalga oshirish bo‘yicha ko‘ptomonlama (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy va
boshqalar) uchrashuvlarni tashkillashtirish va ularning yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga