Рис.1. Ключевые направления развития человеческого капитала
Основные цели всех этих усилий связаны с устранением дефицита компетенций,
необходимых для обеспечения устойчивого экономического роста, а также ослаблением
барьеров циркуляции знаний и развитием образования на всех уровнях. Таким образом,
совокупность указанных мер должна способствовать повышению эффективности
1
•
Развитие актуальных навыков
(поддержание стабильного количественного и качественного
предложения необходимых компетенций – ориентация на спрос работодателей);
2
•
Увеличение/улучшение предложения труда
(упрощение процесса поиска работы; контроль над
обеспечением нормированных условий труда; повышение пенсионного возраста; различные
формы социальной защиты отдельных групп населения – женщин, многодетных семей, людей с
ограниченными возможностями);
3
•
Эффективное применение навыков:
•- постоянный мониторинг спроса на различные компетенции;
•- учет региональной специфики;
•- мотивация применения полученных знаний на практике;
•- государственная оценка качества образования на всех уровнях;
•- обеспечение равного доступа к образованию всех слоев населения;
•- мотивирование работодателей инвестировать в дополнительное обучение сотрудников т. д.
94
использования человеческого капитала с целью ускорения инновационного развития
Узбекистана.
Raxmatova Ma’suda Gaybullayevna,
TDTU “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD .,
G’ofurov Shamshod Nosirjon o’g’li, TDTU talabasi
NEFT VA GAZ KORXONALARIDA KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
Jahonda iqtisodiy va texnologik taraqqiyoting yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘lgan
innovatsion inqilob sharoitida neft va gaz sanoati ishlab chiqarish samaradorligini innovatsion va
raqamli texnologiyalar asosida oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahon bankining
ma’lumotlariga ko‘ra (2020-y) “Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
60 foizga yetishi, aynan innovatsion yangiliklarni sanoat tarmoqlariga keng qo‘llash va samarali
foydalanish hisobiga yaratilmoqda” . Bugungi kunda jahonda sanoat ishlab chiqarish rivojlanish
tendensiyalariga ko‘ra, jumladan neft va gaz sanoatini resurslardan samarali foydalanish,
raqobatbardoshlikni ustuvor darajada innovatsion va raqamli texnologiyalar, ishlab chiqarishni
optimal tashkil qilish, mehnat unumdorligini oshirish, munosib ish joylarini tashkil qilish asosida
rivojlantirish dolzarb muammolar sifatida qaratilmoqda. Jahonda sanoat korxonalarida innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash asosida samaradorlik oshirishda belgilangan parametrlarga ko‘ra ishlab
chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish (takomillashtirish), raqamli texnologiyalar,
jumladan «big data» (ulkan ma’lumotlar) va «artificial intelligence» (sun’iy intellekt)ni soha
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llashning uslubiy-dasturiy asoslarini taokmillashtirish kabi
yo‘nalishdagi tadqiqotlarga alohida e’tibor qratilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar tarkibida
neft va gaz ishlab chiqarish bo‘yinlarining texnik-texnologik jihatdan uyg‘un sxemasiga ko‘ra
samaradorligini oshirish, sun’iy intellekt hisobiga raqamlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish,
sohada mehnatni ratsional tashkil qilish kabi mavzular yo‘nalishidagi tadqiqotlar ustuvor darajada
bajarilmoqda.
Yangilanib borayotgan O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish tarmog‘ini jadal sur’atlar bilan
sifat jihatdan rivojlantirish, ishlab chiqarishga innovatsion yangiliklar va texnologiyalarni keng
qo‘llagan holda texnik-texnologik darajasini ilg‘or jahon amliyotiga muvofiqlashtirish kabi
yo‘nalishlarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. «... Iqtisodiyotning barcha sohalarini
innovatsiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Yangi O‘zbekiston iqtisodiyot milliy
konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti yalpi ichki mahsulotni
kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro
tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda^1...» . Bu borada ishlab chiqarish bo‘g‘inlari,
jumladan siquv kompressor stansiya-lari faoliyatini dastuiy integratsiyalashning uslubiy asoslarini
takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini raqamli infratuzilmalarni muqobillashtirish,
mehnat unumdorligiga ko‘ra ishlab chiqarishning istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha tavsilarni asoslash
kabi yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadga muvofiq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Harakatlar
strategiyasi”da “…mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini
liberllashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni
liberallashtirish va rivojlatirishning ustuvor yo’nalishlarida milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’I
bo’lgan sanoat sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshliligini oshirish masalasi turadi”, deb sanoat sohasining respublikamiz uchun naqadar
muhim roli bor ekanini aytgan edi. Аmalga oshirilgan tadqiqotlar va o‘rganishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning
investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda
95
milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika
byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda.
Korporativ boshqaruvni isloh qilish orqali sanoat korxonalariga to‘gʼridan-to‘gʼri xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratish, kompaniya samaradorligini oshirish,
korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarni joriy etish, korporativ boshqaruv, strategik
boshqarishda tajribali rahbarlar rolini mustahkamlash, kompaniyalar iqtisodiyotining barqaror
o‘sishini taʼminlashlashga xizmat qilishi kerak.
Korporativ boshqaruvni yanada rivojlantirish zarurati, uning yordamida ijobiy natijalarga
erishish mumkinligi bilan bog'liq:
-kompaniyaning investitsiya jozibadorligini oshirish;
-moliyaviy resurslarni uzoq muddatli sarmoyalashga tayyor investorlarni jalb qilish;
-faoliyat samaradorligini oshirish;
-bank kreditlarini olish xarajatlarini kamaytirish;
-korxonaning bozor qiymatini oshirish;
-kapital bozorlariga kirishni osonlashtirish;
-kompaniyaning obro'si va obro'sini yaxshilash.
Ushbu maqola mavzusi bo'yicha izlanishlar olib borish jarayonida turli usullardan
foydalanilgan. Ma'lumot yig'ish, saralashda ayirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida
olingan natijalar induksiya usuli orqali yakuniy xulosa sifatida chiqarildi. Moliyaviy va moliyaviy
bo'lmagan ma'lumotlarni taqqoslash va tadqiqot natijalarini olish uchun statistika keng qo'llanildi.
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar olib borishda tahlil qilish usuli orqali korporativ boshqaruv va
tashkiliy xatti-harakatlar o'rtasidagi munosabatlar o'rganildi Muhokamani umumlashtirishni
hisoblash uchun sintez usuli ishlatilgan.
Yuqoridagi uslublarni amalda sinagan holda quyidagi mexanizmlarni sanoat korxonasida
korporativ boshqaruvni yaxshilovchi sifatida aytib o’tamiz: -tashkiliy va iqtisodiy boshqaruv
mexanizmi – uning muxim elementi barqaror turg’unlik darajasini saqlab qolish uchunatrof
muhitning ta’sirini bartraf etish va monitoringini o’tkazishdan iborat;
-davlat tomonidan tartibga solish – ushbu mexanizmni ishlab chiqsh iqtisodiyotni tartibga
solishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda sanoat korxonasining turli parametrlariga
davlat ta’sirini shakllantirishning iqtisodiy-ijtimoiy usullari asosida boshqaruv munosabatlari
shakllanish tizimini ifodalaydi;
-byudjet-soliq – to’g’ridan to’g’ri xo’jalik yuritishni tartibga solishbyudjet asosida tartibga
solish hisoblanadi. Korporativ boshqaruvng sanoat korxonasida tartiblashda davlat xarajatlarini
qoplash uchunmoliyaviy mablag’lar bilan ta’minlovchi vosita soliq hisoblanadi.
Mamlakatimizda sanoat korxonalarini to’g’ri va samarali boshqarishga doir ilmiy fanlar
tarixiy ildizlarga asoslangan holda barqaror rivojlanishni va o’zgarishni boshidan kechirmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida T.P. Karpova, O.E. Nikolayeva, T.V Shishkovalar
tomonidan ushbu sohaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Korporativ boshqaruv bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olim A.Berlining
tadqiqotlarida korporatsiyalarni boshqarishda strategiyani tanlash va korxona menejmentini
rivojlantirish, investitsion faoliyatni boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Mahalliy iqtisodchi
olimlardan S.S.Gulyamov, D.N.Rahimova, N.M.Rasulov, M.S.Saidov, D.X,Suyunovlarning tadqiqot
ishlari korporativ boshqaruv jarayonlarini ilmiy-nazariy asoslarini yaratishga qaratilgan. Ularning
ilmiy izlanishlarida, mulk shakllari transformatsiyasi, korporativ boshqarish modellarini
mukammallashtirish, aksiyadorlik korxonalarnir ivojlantirish jarayonidagi masalalarda o‘z ifodasini
topgan. Jumladan, A.A.Xashimovning tadqiqotlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish sharoitida korporativ tuzilmalarni boshqarishni rivojlantirishning ilmiy-
metodologik jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. R.I.Yaushevning ilmiyizlanishlari integratsion
korporativ tuzilmalar va ta’sischilar kapitalida davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish
muammolariga bag‘ishlangan. M.B.Xamidulin fond bozorini rivojlanishi, aksiyadorlik jamiyatlarida
Kuzatuv kengashining roli va ahamiyati masalalari ustida fikr yuritgan. O‘zbekistonda aksiyadorlik
96
jamiyatlarini xususiylashtirish masalalari B.Yu.Xodiyev,B.B.Berkinov kabi olimlarning ilmiy
tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan.
Jahonda sanoat korxonalarida korporativ boshqaruvga bo‘lgan munosabat XX asrning 90-
yillaridan yanada ortib, bu korxonalarda samarali korporativ tuzilmalarni shakllantirishga turli
darajalarda taraqqiy etgan davlatlar alohida e’tibor qarata boshladilar. Bu davrga kelib, korporativ
boshqaruv tamoyillari joriy etilib, xalqaro global transmilliy korporatsiyalar tashkil topdi, korporativ
boshqaruv modellari joriy etildi. Negaki, olimlar resurslar cheklangan va texnikaning karrasiga
rivojlanayotgan bir sharoitda sanoatda to’g’ri tashkil etilmagan boshqaruv bilan uzoq muddatli
barqarorlikka erishib bo’lmasligini tushunib yetishdi. Xususan, jahon amaliyotida korporativ
boshqaruv tizimining o‘ziga xos bir-biridan ajralib turadigan 3 ta turi: ingliz-amerika, germaniya va
yapon modellari keng qo‘llanib kelinmoqda. O’zbekistonda zamonaviy sanoat korxonasining
korporativ boshqaruv tizimida bir qator o’zgartirish va yangiliklar kiritilgan bo’lib, buni esa “Sho’rtan
neft va gaz qazib chiqarish” UShK korxonasi misolida ko’rib chiqamiz. Sho’rtan neft va gaz qazib
chiqarish boshqarmasi O’zbekistonda neft va gaz sohasida yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridan
hisoblanadi. Boshqarma 1980-yil tashkil etilgan bo’lib, 40 yildan ortiq vaqt mobaynida gaz qazib
chjiqarish, gaz, gaz kondensati va tabiiy gaz tayyorlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib kelmoqda.
Sho‘rtan neft va gaz qazib olish boshqarmasi davlat ahamiyatiga ega korxonalardan biri, ishlab
chiqarish sanoat giganti bo‘lib, 1219 gektar maydonni egallaydi. Kompaniya mahsulotlariga
quyidagilar kiradi: tabiiy gaz (26,9%), gaz kondensati (27,7%), suyultirilgan gaz (30,1%), oltingugurt
(1,54%).
“Sho’rtanneftgaz” UShK “O’zbekneftgaz” MXKning “O’zneftgazqazibchikarish” Akstioner
Kompaniyasining strukturaviy bo’linmasi xisoblanadi. Korxonaning asosiy faoliyati quyidagilardan
iborat: neft va gaz qazib chiqarish, Sho’rtan konlar guruhi, Chigil konlar guruhi, QK MChJ
“LUKOYL-Uzbekistan Opereyting Kompanii”, QK MChJ “Gissarneftegaz” tomonidan qazib
olinayotgan gazni qayta ishlash, suyultirilgan gaz va unsuriy oltingugurt ishlab chiqarish.
“Sho’rtanneftegaz” UShK O’zbekistonda turbodetander yordamida past xaroratli kondensastiyani
ajratish texnologiyasini qo’llagan birinchi korxona bo’lgan. Korxonada dunyodagi eng katta gaz
tozalash qurilmasi ishlatiladi. Korxona Respublika gazining 25,2 foizini, gaz kondensatining 20,8
foizini, suyultirilgan gaz maxsulotining taxminan 23,9 foizini etkazib beradi. Tabiiy gazning asosiy
xaridori “Uztransgaz” AK hisoblanadi. Neft konlaridan qazib olinayotgan neft va dastlabki
tayyoorlovdan o’tgan kondensat “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” UK ga yuboriladi.
Suyultirilgan gaz maxsulotining ichki bozordagi asosiy xaridori xususiy gaz quyish shaxobchalari
xisoblanadi, bundan tashqari, axoliga suyultirilgan gazni tarqatish “Uztransgaz” AK ning xududiy
korxonalari orqali amalga oshiriladi. “Sho’rtanneftgaz” UShK gazni tayyoorlash va qayta ishlash,
saqlash va yuklash bo'yicha bir necha tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi, ularning ichida KQ MChJ
«Gissarneftegaz» , KQ MChJ «Shurtangazmaxsulot», MChJ «LUKOYL Uzbekistan Opereyting
Kompani» MChJ «Uz GazOyl». 2021- yilda korxonada ISO 9001 SMT bo’yicha audit o’tkazilgan
va shu tizim bo’yicha sertifikat olingan. Mexnat muxofazasi, sanoat va yong'in xavfsizligini
boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2020- yildan boshlab OHSAS 18001:1999 standarti
asosida mexnat xavfsizligi va sog'lik menedjmenti tizimi tatbiq etilgan.
Kelajakda, sarmoya dasturlariga asosan quyidagilar amalga oshirilishi kutilmoqda:
-sho’rtan konidan gaz qazib chiqarishni DKS-2 navbati yordamida ko’paytirish;
-gazning ichki extiyojlarga ketayotgan xajmini gaz xaydovchi agregatlarda issiqlikni
utilizastiya qilish xisobiga kamaytirish;
-neft konlarida past bosimli gazlarni utilizastiya qilish;
-2024-yil 1-mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2024-yil yakuniga qadar
“O‘zbekneftgaz” AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49
foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi
davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash.
Bugungi kunda korporativ boshqaruv sharoitida modernizatsiyalash jarayonlarining nisbatan
samarali amalga oshirilishiga imkon yaratuvchi omillar mavjud:
97
1.Modernizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish uchun taqozo etiluvchi katta hajmdagi
moliyaviy mablag‘larni jamlash va safarbar etish imkoniyati.
2.Eskirgan texnika va texnologiyani zamonaviy, yangi ishlab chiqarish vositalari bilan
bosqichma-bosqich almashtirib borish da korporativ tuzilmaning ichki ishlab chiqarish va texnologik
aloqalaridan foydalanish.
3.Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning ko‘p bosqichli texnologik jarayonlariga ega bo‘lgan
korporativ tuzilmalarda diversifikatsiyalash imkoniyatlarining kengligi.
4.Ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash va boshqaruv
uslublarining yangi turlarini yaratuvchi ilmiy laboratoriyalar va tajriba konstruktorlik ishlarini
moliyalashtirish va ular faoliyatini ta’minlash imkoniyatlarining kengligi va hokazolar. Shuningdek,
xo‘jalik faoliyatini korporativ tashkil etish va boshqarishning keng imkoniyatlari korporatsiyalarning
ustunliklaridan foydalanishga asoslanib, ularni tuzishning ko‘plab variantlaridan foydalangan holda
firmalararo munosabatlarni modellashtirish imkonini beradi.
Shunday qilib, tahlillarimizdan xulosa qilish mumkinki, IXXT tamoyillariga to‘liq mos
keladigan neft va gaz korxonalaru tomonidan korporativ boshqaruv tizimining samarali faoliyat
ko‘rsatishi, shuningdek, korporativ boshqaruv samarali amalga oshirilishi uchun O‘zbekistonda
yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq O‘zbekiston korporativ boshqaruvidagi ayrim zaif
tomonlarni aniqladik, bu yerda ayrim korporativ boshqaruvning global tamoyillaridan qisman amalga
oshiriladi yoki umuman amalga oshirilmaydi. Shuni inobatga olib, tavsiya va takliflar ishlab chiqdik
va yanada takomillashtirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlarni ham amalga oshirish lozim, deb
hisoblaymiz.
|