|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 268/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
296
dixotomiyasi sifatida talqin etilgan: intuitiv, bevosita, isbotga tayanmagan va
ratsional, bilvositalashgan dalil bilan bog‘langan [6.7.8]. Intuitsiya muammosini
bunday talqini, psixologiyada asosiy hisoblanadi.
Intuitsiya (ijodiy faollikni tarkibiy qismi bo‘lib) va ijodiy tafakkur qoidalar
tizimida ifoda etilmagan. Umuman intuitsiyaga natijalarni olishda anglanmaganlik
holati, jarayonni bexosligi va tezligi, muammoni hissiy-shaklda hal etish xos emas.
Intuitsiya (in-tuitio – g‘oyani paydo bo‘lishi) avvalgi malakaga tayanib, haqiqatni
bevosita mantiqiy asoslanishsiz anglash hisoblanadi. Intuitsiya bilishning o‘ziga
xos usuli sifatida ko‘rilganda, haqiqat o‘sha zahoti muhokamalarsiz anglanadi[10].
Ushbu yondoshuvda yuqoridagi yondoshuvlardan farqli o`laroq intuitsiya ijodiy
faollikning tarkibiy qismi sifatida ifodalangan va intuitsiyani hissiy anglash emas
g`oya paydo bo`lish jarayoni sifatida izohlangan.
Kreativlik – individning ijodiy qobliyatlari bo‘lib, noodatiy g‘oyalar,
tafakkurni an’anaviy tizimlaridan chekinishi, muammoli vaziyatlarni tez hal qilish
iqtidori hisoblanadi. Tamoyilan yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga tayyor turishlik
iqtidorning tuzilmasiga mustaqil omil sifatida kiradi.
Dj. Gilford birinchilardan tafakkur kabi tushunchani shakllantirishga harakat qildi.
Uning fikricha, “ijodiy” tafakkur unda to‘rt xususiyatni dominanta bo‘lishi bilan
bog‘liq:
1. Original, didli, g‘oyalarni noodatiy taqdim etish, yaqqol namoyon bo‘ladigan
intellektual yangilikka intilish. Ijodiy inson har doim va har erda o‘zinikini,
o‘zgalardan farq qiluvchi echimni topishga intiladi.
2. Semantik egiluvchanlik, ya’ni ob’ektni yangi nuqtai nazardan ko‘rish, uning
yangicha foydalanish usullarini aniqlash va amaliyotda funksional foydalanishni
kengaytirish.
3. Obrazli moslashuvchi egiluvchanlik, ya’ni ob’ektni idrok etishni shunday yo‘l
bilan o‘zgartiradiki, uning chetdan kuzatilganda yangi yashirilgan, tomonlarini
ko‘ra olishidir.
4. Semantik, to‘satdan vujudga keladigan egiluvchanlik, ya’ni noma’lum
vaziyatda xususan ushbu g‘oyalarga taaluqli bo‘lmagan mo‘ljallarni,turli hil
g‘oyalarni navbatma-navbat sinab ko‘rish [9] Dj. Gilford Y. N. Yakovlevadan
farqli o‘laroq ijod fenomenini kognitiv jarayonlar bilan bevosita bog‘liq
xususiyatlarini tadqiq etadi.
Keyinchalik ham ijodiy tafakkurga ta’riflar berish urinishlari bo‘lgan, biroq
ular Dj.Gilford tomonidan taklif etilgan tushuncha doirasiga ko‘p yangilik kirita
olmadilar. Ijodiy tafakkurni tadqiq etish jarayonida ijodiy masalani echimini tez
topishga yoki to‘siqlik qiluvchi , quyidagicha shart-sharoitlar aniqlangan.
|
| |