• “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
  • «Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования»




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet264/539
    Sana27.06.2024
    Hajmi6,55 Mb.
    #265996
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   539
    Bog'liq
    Maqola 3 (207-211-bet)

    Pedagogik 
    maqsad 
    pedagog 
    va 
    talabaning 
    hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. 
    An’anaviy 
    didaktikada ham ko‘pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., 
    Galperin P.D, Lerner I.Ya., Kraevskiy V.V., Maxmutov M.I., Talizina N.F. va 
    b.) o‘quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari 
    bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan va bu masalalar bo‘yicha ma’lum 
    tajriba ham to‘plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta’lim berish, 
    tarbiyalash va talaba shaxsini rivojlantirish maqsadlarini aniqlash hamda 
    ularga erishish yo‘llari bo‘yicha ma’lum darajada nazariy va amaliy 
    ma’lumotlar mavjud. Lekin, o‘qituvchi qanday natijaga erishishni xohlaydi? Bir 
    qarashda bu savolga javob berish osonga o‘xshaydi. Biror fan yoki uning bo‘limini 
    o‘qitishda o‘qituvchi o‘z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunining 
    o‘zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qo‘llay olishlariga 
    erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Lekin, “tushunish”, “o‘zlashtirish”, 
    “anglash”, “qo‘llash” degani nimani bildiradi? Qo‘yilgan maqsadga 
    erishilganligini o‘qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo‘yilgan 
    maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo‘lsa, 
    o‘qituvchi qo‘llagan uslublarining to‘g’riligiga, o‘z mehnati samarasiga 


    “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
    amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

     
     
    291 
    ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi haqida ishonchli 
    ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Ta’lim texnologiyasi 
    tarafdorlari aynan mana shu holat – an’anaviy o‘qitish jarayoni maqsadlari 
    noaniq bo‘lib, o‘qitish natijalarini yaqqol o‘lchab bo‘lmasligini qattiq tanqid 
    ostiga olgan edilar. 
    Biroq, an’anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid 
    ham birdaniga o‘zgartira olmaydi, chunki o‘quv yurti (u bilan birga 
    o‘qituvchi ham) ijtimoiy talabni o‘ta umumlashgan holda oladi. Demak, 
    jamiyat ta’lim tizimiga umumiy tarzdagi talab qo‘yar ekan, undan kelib 
    chiqadigan o‘quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o‘quv 
    maqsadlari ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. Shuni ta’kidlash 
    lozimki, O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g’inlari ta’lim 
    standartlarining 
    joriy 
    qilinishi, 
    ularda 
    tayyorlanayotgan 
    kadrlarga 
    qo‘yiladigan 
    yagona 
    talablarning 
    aks 
    ettirilganligi 
    natijasida 
    o‘qitish maqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda. 
    Biz odatda fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o‘quv 
    maqsadlarini fan (kurs) va uning bo‘limlari darajasida aniqlashtirish bilan 
    chegaralanamiz. Chunki aynan mana shu joyda o‘quvjarayonini texnologik 
    usulda loyihalash bevosita namoyon bo‘ladi va aynan shu darajada 
    o‘qituvchi fan va uning bo‘limlari ustida ishlab, o‘quv maqsadlarini aniqlaydi 
    va ular asosida o‘quv jarayonini tashkil etadi. Endi, pedagogik amaliyotda 
    mustahkam o‘rin olgan o‘quv maqsadlarini aniqlashning quyidagi an’anaviy 
    usullari haqida to‘xtalamiz:
    1. Maqsadlarni o‘rganiladigan o‘quv materialining mazmuni orqali aniqlash. 
    Masalan: 
    “Rivojlantiruvchi 
    ta’lim 
    texnologiyalarini 
    o‘rganish”, 
    “Intellekt ko‘pligi nazariyasini o‘rganish”, yoki biror mavzu, bob 
    mazmunini, hodisalar, qonun-qoidalar, ta’riflar va hokazolarni o‘rganish. 
    Xo‘sh, maqsadni bunday belgilash nima beradi? Bu faqat bitta dars yoki bir 
    necha darslarda o‘tiladigan materialni o‘rgatishga ishora qilish xolos, unda 
    o‘quv jarayonini tashkil etish uchun aniq bir yo‘nalish yo‘q. Shuningdek, 
    agar ma’lum darajada reproduktiv o‘zlashtirishni hisobga olmasa, bunday 
    shaklda ifodalangan maqsadlarga erishilganlik yoki erishilmaganlikni ham 
    aniqlab bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bunday usulda belgilangan 
    o‘quv maqsadlari o‘quv jarayonini tashkil etishning amaliy (amalga 
    oshiruvchi) qismi ham bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham pedagogik 
    texnologiya tarafdorlari bunday o‘quv maqsadlarini o‘ta noaniq deb 
    hisoblab, tanqid qilganlar. 



    Download 6,55 Mb.
    1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   539




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования»

    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish