• “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
  • «Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования»




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet267/539
    Sana27.06.2024
    Hajmi6,55 Mb.
    #265996
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   539
    Bog'liq
    Maqola 3 (207-211-bet)

     
     
    Hozirda jahon miqyosida oliy ta’lim tizimida talabalar ijodiga va ijodiy 
    faolligi xususiyatlarini tadqiq qilish hamda mustahkamlash masalalariga alohida 
    e’tibor qaratilmoqda. YUNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro 
    ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim ijodiy tafakkurni va bilimni rag‘batlantiradi, 
    savodxonlik va hisob malakalari asoslarini, shuningdek, tahlil qilish, muammolarni 
    hal qilish, fikrlash hamda boshqa shaxslararo va ijtimoiy munosabat 
    ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash”[1] ga alohida e’tibor berilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 


    “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
    amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

     
     
    295 
    “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
    Harakatlar strategiyasining 4.5 bandidagi “jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan 
    rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga 
    ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik 
    jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”[2] 
    borasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya ishi 
    muayyan darajada xizmat qiladi. 
    Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining 
    muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib 
    tarbiyalashdir. Albatta barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan etuk, o‘z 
    vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek, 
    jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, qo‘shish ishtiyoqida 
    yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi.
    Bugungi kunda respublikamizda bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
    tarbiyalashning mukammal milliy tizimi shakllantirildi. Bu uzluksiz ta’lim
    tizimining barcha bo‘g‘inlarida iste’dodlarni tarbiyalashda o‘z samarasini 
    bermoqda. Inson ijodkorligi ko‘p qirrali murakkab bir hodisa bo‘lib, unda 
    ijodkorlikni o‘rganish yondashuvi Y. L. Yakovleva tomonidan tahliliy deb 
    belgilanadi.Y. N. Yakovleva ijodiy salohiyatni o‘rganishda va rivojlantirishda 
    o‘ziga xos yondashuvni ilgari surib, ijodkorlik shaxsiy xarakteristika sifatida 
    tushuniladi, inson tomonidan o‘z shaxsiyligini anglash, ijodiy harakatdir. 
    Ijodkorlikning xarakteristikalari jiddiy emas, balki protsessualdir, chunki ijodkorlik
    o‘z shaxsiyligini aniqlash jarayonidir. Ijodkorlikning rivojlanishiga kelsak, Y. 
    L.Yakovleva hissiy mazmun bilan shug‘ullanish zarur deb hisoblaydi: “Ijodiy
    salohiyatni rivojlantirishning asosiy printsipi sifatida biz kognitiv tarkibni 
    hissiyotga aylantirish tamoyilini ilgari suramiz” [5]. deya e`tirof etadi. Yuqorida 
    keltirilgan ta`riflarga qo`shilgan holda yana shuni ham aytib o`tish joizki bizning 
    fikrimizcha ijodkorlikda nafaqat kognitiv tarkibni, hissiy tarkibga aylantirish, 
    balki, shaxs faollik motivatsiyasiga aylantirish bu jaroyonni yanada yaxshiroq 
    natijalarga olib keladi deb hisoblaymiz.
    Qadimgi mutafakkirlar (Demokrit, Platon va boshq.) intuitsiyani ichki 
    ko‘rish xususiyati, aqlning oliy qobiliyati sifatida ko‘rib chiqishgan. Intuitsiya 
    fenomenini o‘rganishda asos soluvchi g‘oyalarni B. Spinoza, R. Dekart, I. Kant, 
    V.F. Asmus, A. Bergson va boshqalar yaratgan. Intuitsiya muammosini bilishning 
    falsafiy nazariyasida ko‘ndalang qo‘yilgan bo‘lib, odatda, bilishning ikki turini 



    Download 6,55 Mb.
    1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   539




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования»

    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish